Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.62K subscribers
16.3K photos
1.35K videos
52 files
4.47K links
Download Telegram
#bizning_faxrimiz
#Lider_ustozimiz

Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, o'z ustida muntazam ishlab, natijalarini yangilab turadigan, tirishqoq ustoz, tadqiqotchi o'qituvchi Qo‘chqorova Sadoqat To'lisovna kechagina
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida agentlik tizimidagi maktablarning fizika, biologiya va informatika fanlari oʻqituvchilari oʻrtasida tashkil qilingan “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining respublika bosqichida faxrli II o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Bu muvaffaqiyat bilan ustozimizni chin qalbdan tabriklaymiz.
Ertaga, 20-aprel kuni soat 12:00da Agentlik tizimidagi Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida mazkur olimpiadaning gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
🔥6👍21🎉1😍1
#7_kun
🌍 Exciting Workshop Alert! 🌍
English teachers from Bukhara region participated in a dynamic training session on the push and pull factors of migration, along with engaging speaking activity development. Led by the talented Global Perspectives educators, Frank Ford and Kristina Mailova, the workshop was both enlightening and practical.
Participants gained valuable insights for their classrooms. The session also explored innovative ways to develop speaking activities that enhance student understanding and engagement.
A big thank you to Frank Ford and Kristina Mailova for their expertise and guidance! The workshop was a fantastic opportunity to enhance participants’ teaching skills and create more impactful learning experiences for their students.

📌Navbatdagi seminar-trening Ingliz tili fan o’qituvchilari tomonidan Ingliz tili o’qituvchilar uchun olib boriladi.
22.04.2024


Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
👍7🔥2🎉1
#taqdirlash
#Lider_oʻqituvchilar

“Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblari Koreya davlatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi

Bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Akademik, O‘zbekiston qahramoni Shavkat Ayupov hamda ustozlar ishtirok etishdi.

❗️Ushbu olimpida fizika, biologiya va informatika fanlaridan o'tkazildi.


🧲 Fizika fanidan olimpiada natijalari:

🥇Shirin Baratov - Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Saidjon Xamroqulov - Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Orifxon Vaqqosov - Forish tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 3-o‘rinni egalladi.

🔬Biologiya fanidan olimpiada natijalari:

🥇Abdimannon Rashidov - Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Sadoqat Qo‘chqorova - Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Albina Aliyeva - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

⌨️ Informatika fanidan olimpiada natijalari:

🥇Shoxrux Sadullayev - Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Davron Avlakulov - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Askar Aldebayev - Ellikqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

⚡️ Shuningdek, har bir fan bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan 10 nafardan o‘qituvchi ushbu fanlarning Fan kengashi a’zoligi sertifikatiga ham ega bo‘lishdi.

Qolaversa, "Lider o‘qituvchilar" olimpiadasining matematika, kimyo, fizika, biologiya va informatika fanlaridan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar Koreya davlatiga ta'lim sayohati yo‘llanmasi sohibi bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3