Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.62K subscribers
16K photos
1.34K videos
52 files
4.41K links
Download Telegram
#Наврўз

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Agentlik xodimlari o‘rtasida 25-26-mart kunlari sport musobaqalari tashkillashtirildi.

Unda sportning shaxmat, mini futbol, stol tennisi turlari bo‘yicha xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

G‘oliblar esdalik sovg‘alari va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Nottingham_Trent_university

SEMINAR-TRENINGLARNING OFFLAYN QISMI YAKUNLANDI

⚡️Nottingham Trent universiteti professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro-seminar treninglarning offlayn qismi o'z nihoyasiga yetdi.

Unda Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ingliz tili o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Seminar-treninglar doirasida bugun:

✔️ingliz tili darslarida formativ baholash,
✔️ingliz tili o'qituvchilari uchun onlayn kurslarni tashkil etish mavzularida darslar bo'lib o'tdi.

Shuningdek, Macmillan nashriyot uyi tomonidan ingliz tilidagi kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi va o'qituvchilar uchun kitoblar taqdim etildi.

❗️Mashg'ulotlarning onlayn qismi yana 8 hafta davom etadi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Bugun, 26-mart kuni soat 20:00 da “Boʻzatov FEST” Yoshlar ovozi an’anaviy tanlovi boʻyicha ovozli suhbat oʻtkazamiz.

Bunda respublikamizdagi musiqa fani oʻqituvchilari, madaniyat va san’at muassasalari xodimlari, yoshlar yetakchilari hamda festivalga qiziqqan barcha yoshlar ishtirok etib (majburiy emas), koʻproq ma’lumot olishlari, savollariga javob topishlari mumkin.

Festival haqida koʻproq ma’lumotlarni va oʻtgan yilgi festivalda yoshlarning chiqishlarini ushbu havola orqali koʻrishingiz mumkin.

Eslatib oʻtaman, Gʻolib boʻlgan iste’dodli yoshlar: 1-oʻrin 50 000 000 soʻm, 2-oʻrin 30 000 000 soʻm, 3-oʻrin 20 000 000 soʻm va respublika bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilar 10 000 000 soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Roʻyxtadan oʻting: @YoshOvozBot

Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Prezident_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabining 2 nafar o'quvchisi 1 449 000 million AQSH dollari miqdorida grantni qo‘lga kiritishdi.

✔️ Husniddin Tursunov 12 ta xorijiy universitetga o‘qishga qabul qilindi. U jami 876 000$ miqdoridagi grantga ega bo'lgan.

✔️ Rustam Aminov 6 ta xorijiy universitetga o‘qishga qabul qilindi. U jami 573 700$ miqdoridagi grantga ega bo'lgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Buxoro shahar Prezident maktabida o'qituvchilarning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, ulardagi hissiy zo'riqishlarni oldini olish va jamoada ma'naviy-ruhiy muhit barqarorligini taʼminlash maqsadida psixologik trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Mashgʻulot davomida o'qituvchilar tomonidan hissiy zo'riqishni yumshatuvchi va kayfiyatni koʻtaruvchi harakatli oʻyinlar bajarildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook |Instagram |Youtube |Telegram
Buxoro shahar Prezident maktabida navbatdagi "Quvnoq startlar" sport musoboqasi o'tkazildi.

Unda maktabda faoliyat olib borayotgan o'qituvchilar, ishchi xodimlar ishtirok etdilar va turli qiziqarli shartlarda bellashdilar.

Sport musoboqasi qizg'in va ko'tarinki ruhda o'tdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook |Instagram |Youtube |Telegram