Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.54K subscribers
13.5K photos
1.18K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi

Yaqinda Buxoro shahridagi Prezident maktabi 5-sinf o’quvchilari bir yil davomida darsdan tashqari paytlarda , to’garaklarda o’rgangan sahna ko’rinishlari, qo’shiq, raqs va she’rlarini ustozlariga, ota-onalariga taqdim qildilar hamda maktabda “Olam nurga to’lsin sen bilan Navro’z” nomli tadbir bo’lib o’tdi.

👉Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali

🟢Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivalida Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasi ham faol ishtirok etdi.

🔹Jamoa tomonidan taqdim etilgan “O‘zbekiston buyuk daholar yurti” spektakli yuqori baholanib, “Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

👉Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#4_kun

Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan ilmiy-amaliy
treninglar haftaligi qizgʻin davom etmoqda.

Bugun Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari uchun maktabda samarali boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, taʼlimning zamonaviy shakllarini olib kirish, oʻquvchilar va oʻqituvchilar jamoalari oʻrtasida sogʻlom va ijobiy ta’lim muhitini yaratish, maktablarga tajribali kadrlarni jalb qilish va ularning doimiy kasbiy rivojlanishini taʼminlab borish maqsadida o’quv seminari tashkil etildi.

Maʼlumot uchun, mazkur trening mashgʻulotlari Kembrij universitetining 12 nafar professorlari tomonidan olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#16_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Somoniylar" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda ilk o‘rta asrlarda Somoniylar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu yilgi “Raqamli avlod qizlari” IT-tadbirida 3000 dan ortiq qizlar qatnashib, o'z ishlarini taqdim etmoqda.

Ushbu IT-loyiha qizlarning professional intilishlarini to'g'ri yo'naltirishga, ularga nafaqat foydalanuvchi, balki raqamli yechimlar muallifi sifatida o'zlarini namoyon qilishga yordam beradi.

-

В этом году в IT-мероприятии «Девочки цифрового поколения» принимают участие более 3000 девушек, где они представили презентации своих работ.
 
Этот IT-проект помогает изменить профессиональные устремления девочек, стать не только пользователями, но и авторами цифровых решений.
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident maktabi | Buxoro shahri
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi. #Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari eng birinchi vazifa etib belgilangan. Shunga muvofiq, bu soha ham umumiy, ham ixtisoslashtirilgan tarzda rivojlantirilmoqda. Jumladan, yurtimizda 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi va 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritmoqda.

O‘tgan yillardagi tajriba va hayot talabidan kelib chiqib, ulardagi yo‘nalishlarni takomillashtirish nazarda tutilmoqda. 

Xususan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlikda, tajriba tariqasida, muhandislik dasturlarini joriy qilish taklif etilmoqda. Bu dastur “Yangi O‘zbekiston” universiteti dasturi bilan integratsiya qilinadi.

Yuqori malakali pedagoglar imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida jamoatchilik asosida “Fan kengashlari” tuziladi. Bu kengashlar ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, baholash tizimini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga jalb qilinadi.

Kelgusi o‘quv yilidan 14 ta maktabda fanlarni ingliz tilida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, 2025-2026-yillarda 8 ta yangi ixtisoslashgan maktab qurish rejalari ham bayon etildi.

Ijod maktablari bo‘yicha ham takliflar bor. Jumladan, ularda taniqli adiblar va jamoat arboblari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi. O‘quvchilarning ijodiy ishlarini Yozuvchilar uyushmasi hisobidan nashr etish yo‘lga qo‘yiladi. Turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish orqali iqtidorli yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda

25-27-mart kunlari poytaxtimizda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida ilk bor oʻtkazilgan Teatr festivali ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi:


✔️https://uza.uz/posts/582415

✔️https://t.iss.one/Rasmiy_xabarlar_Official/42925

✔️https://t.iss.one/Bukunuz_Rasmiy/756

✔️https://t.iss.one/daryo_live/99673

✔️https://t.iss.one/mtrkuzofficial/198618

✔️https://t.iss.one/mtrkuzofficial/198603

✔️https://t.iss.one/Yangidavr_rasmiy/17754

✔️https://t.iss.one/Yangidavr_rasmiy/17747

✔️https://t.iss.one/mtrkuzofficial/198925

✔️https://t.iss.one/PSinKhiva/7679

✔️https://t.iss.one/hududtv/26511

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM