Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.51K subscribers
13.8K photos
1.2K videos
52 files
3.99K links
Download Telegram
Buxoro shahridagi Prezident maktabi.

Yapon tili to’garagi o’quvchilari O’zbekiston-Yaponiya markaziga ekskursiya qilishdi. Yaponiya madaniyati namunasi origami darsida qatnashib harakatalanadigan turna yasashdi va Yaponiya haqida turli qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

Aprel oyida bo’lib o’tadigan O’zbekiston-Yaponiya markazi Buxoro bo’limining 15-yilligida Prezident maktabi o’quvchilarining ham qatnashishi rejalashtirildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook |Instagram |Youtube |Telegram
#Trenerlar_bilan_tanishtiramiz

NOTTINGHAM TRENT UNIVERSITETI PROFESSOR-O’QITUVCHILARI BILAN HAMKORLIKDA SEMINAR-TRENINGLAR TASHKIL ETILMOQDA

Xabar berganimizdek, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ingliz tili o’qituvchilari uchun xalqaro kasbiy rivojlanish seminar-treninglari tashkil etilmoqda.

❗️Mazkur seminar-treninglarda, jumladan ingliz tilini o’qitish bo’yicha yangi va zamonaviy yondashuvlar haqida ma’lumot beriladi.

Jarayonlarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali yoritib boramiz. Bizni kuzatib boring.

👉Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazining rasmiy sahifasi - https://t.iss.one/pmm_uz
☑️SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINDI

Joriy yilning 10-15 mart kunlari talabalarning Germaniyada qisqa muddatli amaliyoti uchun ilk saralash bosqichi bo'lib o'tgan edi. Unda quyidagi 5 ta jamoa ikkinchi (yakuniy) bosqichga yo'l oldilar:

✔️1. Firdavsbek Ismoilov boshchiligidagi jamoa.
Loyiha nomi: Ashcrete

✔️2. Boburjon Ataxanov boshchiligidagi jamoa. Loyiha nomi: Vertical farming

✔️3. Dovudxon Abduboqiyev boshchiligidagi jamoa.
Loyiha nomi: Green gas production

✔️4. Zuxriddin Faxriddinov boshchiligidagi jamoa.
Loyiha nomi: Al traffic lights

✔️5. Nursultan Dusenbayev boshchiligidagi jamoa.
Loyiha nomi: Next generation batteries

Universitet
professor-o'qituvchilaridan iborat hakamlar hay'ati tomonidan taqdimot ishini baholashda
1 taqdimot g'oyasi,
2 prezentatsiya ishi,
3 ishning sifati,
4 originallik
5 talabalar nutqining ravonligi kabi kriteriyalarga tayanildi. Har bir kriteriya 10 ballik tizim asosida baholandi.

📌 Ma'lumot o'rnida, saralashning yakuniy bosqichi 25-martda bo'lib o'tadi.
#Seminar_trening
#Nottingham_Trent_university

⚡️NOTTINGHAM TRENT UNIVERSITETI PROFESSORLARI O'ZBEKISTONDA!

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan ingliz tili o'qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etilmoqda.

❗️Nottingham Trent universiteti professor-o'qituvchilari - Martin Seviour va Jane Vickers Toshkentga yetib kelishdi.

📆Seminar-treninglarga ertaga, 24-mart kuni start beriladi.

👉Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazining rasmiy sahifasi - https://t.iss.one/pmm_uz
#Jonli_efir

🔴 Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan o'tkaziladigan xalqaro seminar-trening boshlanish arafasida.

👉Bizni
YouTube kanalimiz orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

📬Savollar uchun: @piimasavollar_bot
⚡️Президент Шавкат Мирзиёевнинг Тошкент халқаро инвестиция форумидаги нутқидан муҳим иқтибослар:

Коррупцияга қарши курашиш Ўзбекистонда давлат сиёсатининг энг устувор йўналишига айланди.

Ўзбекистонни қонун ва адолат мустаҳкам қарор топган демократик мамлакатга айлантириш, мустақил ва кучли суд-ҳуқуқ тизимини шакллантириш – энг олий мақсадларимиздан бири сифатида кун тартибига қўйилди”.
〰️〰️〰️

Оммавий ахборот воситаларини “тўртинчи ҳокимият”га айлантириш, давлат идораларининг жамият олдидаги ҳисоб́дорлигини ошириш борасида сезиларли натижаларга эришмоқдамиз.

Бу борадаги энг муҳим ютуғимиз шуки – биз жамиятимизда “ёпиқлик муҳити”дан қутулиб, Янги Ўзбекистон пойдеворини айнан эркинлик ва адолат тамойиллари асосида барпо этмоқдамиз.

Кўп йиллар давомида мамлакатимизни турли “қора рўйхат”ларга киритилиши учун сабаб бўлган мажбурий, жумладан, болалар меҳнатига тўлиқ барҳам берилди.
〰️〰️〰️

“Биз ислоҳотларимизнинг биринчи кунидан бошлаб таълим ва инсон капиталини ривожлантиришга алоҳида эътибор бериб келмоқдамиз.

Барча соҳаларда бўлгани каби соғлиқни сақлаш тизимида ҳам муҳим ислоҳотлар изчил олиб борилмоқда”.

Телеграм | Facebook | Instagram |Медиабанк
#Seminar_trening
#Nottingham_Trent_university

Bugun, 24-mart kuni ingliz tili o’qituvchilari uchun kasbiy rivojlanish xalqaro seminar-treninglarning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

✔️Tadbirni Markaz direktori Sherzod Yakubov ochib berdi:

- Sifatli ta’lim jamiyatni o’zgartira oladi. Bundagi hal qiluvchi kuch esa - malakali pedagoglardir. Nottingham Trent universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur trening bu yo’ldagi maqsadlarimizga erishishda yana bir qadam bo’lib xizmat qiladi.

✔️Nottingham Trent universitetining Akademik maqsadlarga yo’naltirilgan ingliz tili dasturi rahbari professor Martin Seviour:

- Men ilk bora O’zbekistonga 1994-yilda kelganman. Bugun bu yerdagi katta o’zgarishlarga, xususan ta’lim tizimidagi islohotlarga guvoh bo’lib turibman. Ushbu treninglar o’qituvchilarning kelgusi faoliyati uchun samarali bo’ladi, deb umid qilaman.

Seminar-treninglar davom etmoqda.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Buyuk Britaniyaning Nottingham Trent universiteti professorlari xalqaro seminar-treningni boshlashdi.

Ochilish marosimi yakunlangach, o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

✔️Martin Siver tomonidan "Ingliz tili darslarida o‘quvchiga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llash" va "Ingliz tili darsi jarayonlarida interaktiv mashg‘ulotlarni qo‘llash" mavzusida,

✔️Jeyn Vikkers tomonidan "Asosiy 4 ta ko‘nikmani rivojlantirish" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Trening qiziqarli va interaktiv o‘yinlarga boy bo‘ldi.

📌Seminar-treninglar 26-martga qadar davom etadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube