Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.51K subscribers
13.8K photos
1.2K videos
52 files
3.99K links
Download Telegram
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#eco_master

ECO-MAHORAT DARSI

Buxoro shahridagi Prezident maktabi ustozlari eco-haftalik davomida o'quvchi qizlar bilan master-class tashkil etishdi.

Bunda o’quvchilar va ustozlar ishlatilgan mahsulot va buyumlarni qayta ishlash orqali yangi dizayndagi turli xil gul tuvaklarini yasashdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Buxoro shahridagi Prezident maktabi matematika fani o'qituvchilari Axtamova Ra'no va Mary Jane Reyes interfaol usullar va AKT vositalari imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda dars o'tib,o'quvchilarga bilim berib kelmoqda.

Ular 6-sinfda "Constuctions and bearings" mavzusida internetdagi Mathpad ilovasi yordamida uchburchaklar yasashni o'rgatishdi.
7-sinflarda esa "Angle sum theorems" mavzusini o'tishda interfaol "Detektiv" usulini qo'llashdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#eco_master

Buxoro shahridagi Prezident maktabida ustozlari va o’quvchilar eco-haftalik davomida qizlar bilan master-class tashkil etishdi.

📌Ushbu “eco mahorat-darsi ” dan videolavha.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#bizning_shunday_õquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

MAKTABIMIZ O‘QUVCHILARI IELTS SERTIFIKATLARINI QO‘LGA KIRITISHDA DAVOM ETISHMOQDA

Buxoro shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o'quvchisi Sunnatova Maryam IELTS imtihonida yuqori 8-ballni qo‘lga kiritib, sertifikat sohibi bo‘ldi👏

Fidoiy, jonkuyar ustozlari hamda mehribon, g'amxo'r ota-onalarini samimiy tabriklaymiz!

💫 O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Ertaga Xotin-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirining hududiy bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tadi!

O‘yinlar bo‘lib o‘tadigan manzillar haqida quyidagi havolalar orqali ma'lumotga ega bo‘lishingiz mumkin:

Andijon viloyati;
Buxoro viloyati;
Farg‘ona viloyati;
Jizzax viloyati;
Namangan viloyati;
Navoiy viloyati;
Qashqadaryo viloyati;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Samarqand viloyati;
Sirdaryo viloyati;
Surxondaryo viloyati;
Toshkent viloyati;
Toshkent shahri;
Xorazm viloyati.

❗️Hududiy bosqich o‘yinlari barcha hududda bir vaqtda - ertaga, 24-fevral kuni, soat 11:00 da boshlanadi. Soat 10:30 da jamoalarni ro‘yxatga olish boshlanadi. Ishtirokchi jamoalardan 10:30 dan kechikmasdan o‘z hududlaridagi manzilda hozir bo‘lishlari so‘raladi.

PS: O‘yin manzili o‘zgaradigan taqdirda ushbu kanallarda alohida xabar beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Yangi O‘zbekiston” universiteti Boshqaruv maktabi, Sanoat boshqaruvi departamenti boshlig‘i Azizbek Maraximov hamda Akademik rivojlanish markazi Umumiy fanlar departamenti dotsenti Gonsalo Pintolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Maryam Sunnatova  IELTS imtihonida yuqori natija –
8 ballni qo‘lga kiritdi.

Xiva shahridagi Prezident maktabida ota-onalar o‘rtasida
kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida “Besh tashabbus” doirasidagi sport musobaqalarining
final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan  "Menejerlik o‘quv kursi"ning navbatdagi tinglovchilari uchun
amaliy mashg‘ulot o'tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 21-fevral — Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan o‘qituvchilar va  pedagogik jamoa o‘rtasida “Savodxonlik diktanti“
tanlovi tashkil etildi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Sodiq Sayhun, Muhammad Vali, Ibrohim Mahkam kabi ijodkorlar bilan
uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Zamin Creative” loyihasi doirasida Farg‘ona shahridagi alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
inklyuziv ekskursiya tashkil etildi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Shuhrat" medali sohibasi Shahlo Ahrorova  ishtirokida
mahorat darsi o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❇️Buxoroda ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasidagi fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

🔹Kogon tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib o‘tayotgan mazkur olimpiadada matematika, informatika va science fanlari bo‘yicha jami 416 nafar o‘quvchilar ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

🔹Ma’lumot o‘rnida, Agentlik fan olimpiadasi viloyat bosqichlarida joriy yil yanvar oyida o‘tkazilgan maktab bosqichi g‘oliblari, shuningdek, 2023-2024-o‘quv yilidagi asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichi g‘oliblari ishtirok etadi. Shu bilan birga 2022-2023-o‘quv yilida tegishli tartibda tasdiqlangan xalqaro va mintaqaviy olimpiada g‘oliblari ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram