Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.53K subscribers
14.1K photos
1.22K videos
52 files
4.03K links
Download Telegram
#Buxoro_Prezident_maktabi
#eco_haftalik

Buxoro Prezident maktabi “Eco-haftalik” davom etyapti.

Ushbu taqdimotda o’quvchilarni loyihalari bilan tanishishingiz mumkin.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Mening tasavvurimdagi ekologik toza shahar “ mavzusida rasmlar tanlovi e’lon qilindi.

Andijon shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchilari IELTS imtihonidan yuqori natijalarni qo‘ga kiritdi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabi xodimlarining huquqiy savodxonligi oshirildi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari "Sir David Attenborough" uslubida qisqa metrajli hujjatli film suratga oldi.

Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabda "Tabiatga doʻstona munosabat" shiori ostida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5-8-sinflar oʻrtasida "Robofest-2024" olimpiadasi boʻlib oʻtdi.

Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilariga "Vatan tayanchi" otryadi ko‘krak nishonlari topshirildi.

Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Bo‘zqir arsloni - Jaloliddin” nomli spektakl namoyish etildi.

Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Jarqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari IELTS, SAT, Common App kabi xalqaro dasturlar bo’yicha ma’lumot olishdi.

G‘allaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Kitobxonlik" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Bag‘dod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Buyuk ajdodlarimiz yodi mangu barhayot” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oliy Majlisi Senati, Ichki ishlar vazirligi va tuman hokimligi mas'ullari bo‘lib, ta’lim maskani faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "Zakovat" intellektual o‘yinining navbatdagi turi bo‘lib o‘tdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ekologiya mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Farangiz Abdusalomovaning ijodiy ishlari xorij matbuotida chop etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#eco_zakovat

ECO-ZAKOVAT

Buxoro shahridagi prezident maktabida eco-haftalik
davom etyapti.

📌O’quvchilar o’rtasida navbatdagi “eco-zakovat” bo’lib o’tdi.
Ushbu o’yinda maktabning 9 nafar faol jamoalari ishtirok etishdi.

Kuchli uchlik jamoalari:

1️⃣”Yengilmas to’rtlik”
2️⃣”Elysian”
3️⃣”Interstellar”

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
📣📣📣E'LON!
Hurmatli ota-onalar!

Buxoro Prezident maktabi oʻquvchilarning baxtli va faravon hayotini yanada yaxshilash maqsadida ota-onalar oʻrtasida "KELAJAKDA MENING FARZANDIM" nomli rasmlar tanlovini e'lon qiladi.
Rasmda har bir ota-ona farzandini kelajakda qanday tasavvur etishini tasvirlashi lozim.
Eng yaxshi ishlar Prezident maktabi rasmiy kanaliga yoritiladi va
1,2,3-oʻrinlar taqdirlanadi.
Tanlovda barcha ota-onalarning faol ishtirok etishini soʻrab qolamiz.


Tayyor rasmlarni @nigina_bobonazarovna ga yuboring.

Muddat: 25.02.2024
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"Bolalarimni o‘qitish uchun mardikorlik qilganman" — ota
#kun_uz

Bog‘dod tumani Bog‘ishamol qishlog‘ida oddiy oilaning ikki farzandi Farg‘ona shahridagi prezident maktabiga o‘qishga kirgan.

To‘ng‘ich o‘g‘li ta’lim dargohini tamomlab, Turkiya texnika universiteti talabasiga aylandi. Jonkuyar ota-ona farzandlari kamoli uchun tinmay mehnat qilishadi. Ota o‘zgalarning uyida ishlab topgan pulini o‘g‘illarining bilim olishiga sarflaydi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI KO‘RING

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Eʻlon

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, saralashning 3 - (yakuniy) bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ro'yxati e'lon qilindi.

📝Ushbu o'quvchilar ro'yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin

Eslatib o‘tamiz, saralashning 3 - (yakuniy) bosqichida har bir fan bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan:

biologiya fanidan – 4 nafar;

informatika va axborot texnologiyalari fanidan – 4 nafar;

kimyo fanidan – 4 nafar;

fizika fanidan – 5 nafar;

matematika fanidan – 6 nafar o‘quvchilar ishtirokida nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi shakllantiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Nukus shahridagi Prezident maktabida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti professori Alisher Sanettullaev va “Amazon” kompaniyasi yetakchi mutaxassisi Beknazar Abdikamalov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Andijon shahridagi Prezident maktabida o‘zbek va ingliz tilidagi “Foresight” jurnalining navbatdagi soni nashrdan chiqdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida ota-onalar oʻrtasida "Kelajakda mening farzandim” nomli rasmlar tanlovi e'lon qilindi.

Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi bosqichi ekologiya mavzusiga bag‘ishlandi.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida Xudoyberdi To‘xtaboyevning "Jannati odamlar" asari bo‘yicha adabiy bellashuv tashkil etildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabining IT sohasiga qiziquvchi o‘quvchilari uchun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialiga sayohat uyushtirildi.

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Matnazar Abdulhakim tavalludining 76 yilligi munosabati bilan shoir hayoti va ijodi yodga olindi.

Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabida harbiy qism bilan hamkorlikda ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Yangi O’zbekiston” universiteti professorlari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchi yoshlari bilan “Jadid adabiyoti namoyondalari”  mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari  "Kimyo" fanidan yuqori ball to’plab, Bilim va malakalarni baholash agentligi sertifikatlariga ega bo’ldi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi bosqichi yakunlandi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida shoir Matnazar Abdulhakim tavalludining 76 yilligi munosabati bilan "Vohaning mangu timsoli" nomli adabiy tadbir bo'lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#New_Uzbekistan_University

🏢 Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Yangi O‘zbekiston Universiteti” ma’ruzachisi Hayotov Muxammadali hamda Muhandislik maktabi Kimyo va Materialshunoslik muhandisligi departamenti dotsenti Malik Abdul Rehman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🗓 Mehmonlar bitiruvchilar bilan suhbat qurib, mazkur universitetning qabul jarayoni, yo‘nalishlari, fakultetlari, grantlar hamda u yerdagi imkoniyatlar haqida to‘liq ma’lumotlar berishdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram