Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.52K subscribers
13.5K photos
1.19K videos
49 files
3.95K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#Navoiy_tavalludining_583_yilligi

Gʻazal mulkining sultoni sifatida barcha turkiy xalqlar orasida yuksak qadrladigan buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodi chinakam ma’noda o‘zbek adabiyotining ulkan xazinasidir.

❗️Navoiy o‘z davrida ikki — turkiy va forsiy tillarda birdek ijod qilgan kam sonli ijodkorlardan. Uning barcha asarlarida inson va borliq, uning ichki kechinmalari va tuyg‘ulari, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-falsafiy yo‘nalishlarga doir dolzab mavzular katta badiiy mahorat bilan tasvirlangan.

⚡️Yoshlarni ilm olishga undovchi, Vatanga sadoqat hamda ota-ona va yaqinlarni qadrlash ruhida tarbiyalaydigan nazmiy asarlari necha asrlarki xalqimiz tomonidan sevib mutolaa qilinadi.

Alisher Navoiy — o‘zbek adabiyoti va tarixining buyuk shaxslaridan biridir.
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi

ALISHER NAVOIY ILMNI ULUG'LAGAN


Nizomiddin Mir Alisher 1441-yilning 9-fevralida Hirotda, temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan davlat xizmatchisi Gʻiyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan.

Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to‘rt devonga jamlangan. Turkiy tildagi ilk “Xamsa" ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. Navoiy adabiy merosi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida, umuminsoniy gʻoyalar asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Mutafakkir ilmga muhabbat insonning eng goʻzal va zarur fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi bilim olishdir, deb hisoblagan. Shu boisdan maorif masalalariga katta ahamiyat bergan, maktab, madrasalar qurdirishda tashabbus ko'rsatgan. Hirot shahrida bunyod ettirgan “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga homiylik qilgan.

Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi

"IKKI DAHO - IKKI BUYUK QADRIYAT"

Qariyb olti asrdan buyon xalqimizning ma'naviy dunyosini boyitishda o'zining ulkan hissasini qo'shgan ikki buyuk siymo, Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosi butun dunyoni hayratga solib kelmoqda.

Buxoro shahar Prezident maktabida bobokalonlarimizning tavallud ayyomlari munosabati bilan tashkil etilgan "Ikki daho - ikki buyuk qadriyat" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda o'quvchilar Navoiy va Bobur shaxsiyati hamda ularning boy ijodiy merosini ko'rsatuvchi sahnalar bilan tomoshabinlarga katta zavq bag'ishladi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_day

🌿 Buxoro shahridagi Prezident maktabi 7-sinf oʻquvchilarining buyuk mutafakkir, yetuk shoir, din va davlat homiysi Alisher Navoiy ijodi asosida tayyorlagan videotaqdimoti.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram