Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.55K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.91K links
Download Telegram
#seminar_trening

Buxoro shahar Prezident maktabi oʻqituvchilari bilan "Zamonaviy o'qituvchi qanday boʻlishi kerak" mavzusida amaliy mashg'ulot olib borildi.

Mashg'ulot davomida o'qituvchida boʻlishi kerak boʻlgan barcha shaxsiy va kasbiy fazilatlatlar haqida toʻxtalib o'tildi.Shu bilan birga, ijobiy va salbiy tuyg'ularning inson salomatligida qanchalik ta'sir qilishi haqida ma'lumotlar aytildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Forwarded from Zakovat: Buxoro
🔥 Buxoroda, viloyat miqiyosida maktab o'quvchilari uchun Intellektual olimpiada tashkillashtiriladi!

🔔 Intellektual olimpiadada, joriy yilning maktab o'quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining tuman (shahar) bosqichida birinchi o'rinni egallagan 13 ta maktab jamoalari va o'quvchilar ligasining kuzgi mavsum o'yinlari yakuniga ko'ra eng yaxshi natija ko'rsatgan 12 ta maktab jamoalari ishtirok etishadi.

✔️ Intellektual olimpiada faqatgina umumta'lim maktablari jamoalari o'rtasida o'tqaziladi.

☄️Olimpiada ishtirokchilari quyidagi 6 turdagi o‘yinda bellashadi:

"Zakovat";
Breyn-ring;
Shaxsiy o‘yin;
Erudit-kvartet;
Shaxmat;
Shashka.


‼️ Olimpiadada har bir maktab jamoasidan 12 nafar ishtirokchi (7 nafari - "Zakovat", breyn-ring, shaxsiy o‘yin, erudit-kvartet uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shashka uchun; 1 nafar jamoa murabbiyi) qatnashadi.

📌 Jamoalar o'z tarkiblari @Erkin1787 manziliga ariza ko'rinishida 15-yanvarga qadar yo‘llashi lozim.

💯⚡️ Ma'lumot uchun, musobaqa doirasida yuqoridagi 6 ta o‘yinning har birida, g'olib jamoa va bilimdonlar qimmat baho sovrinlar bilan taqdirlanishadi.

Telegram | Facebook | Instagram |TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
❇️BUXORODAGI 28 TA MAKTABDA CHORAKLIK SUMMATIV BAHOLASH IMTIHONLARI BO’LIB O’TMOQDA

Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yo‘lga qo‘yilgan o‘quvchilarning bilimini formativ va summativ baholash tizimi ijobiy samara berganligi tufayli mazkur baholash tizimini umumta’lim maktablarida ham joriy etish belgilangan edi.

🔹2023-2024-o‘quv yilida Buxoro viloyatidagi 28 ta umumta’lim maktabida ham yangicha tartibdagi baholash tizimini tajriba-sinov sifatida joriy etish yo’lga qo’yildi.

🔹Bugun, 26-dekabr kuni viloyatdagi barcha tajriba-sinov o‘tkaziladigan maktablarda choraklik summativ baholash (ChSB) imtihonlari bo’lib o’tmoqda.

🔹Ushbu jarayonga 17 143 nafar 5-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Zamin" fondi, MMTV, "O‘zsuvta’minot" AJ tomonidan YUNISEF ko‘magida amalga oshirilayotgan "Umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena" qo‘shma loyihasi doirasida 2021-yildan boshlab Buxoro viloyatidagi markazlashgan suv ta’minotiga ulanmagan maktablarda suv ta’minoti tizimlari barpo qilinmoqda.

O‘tgan davrda loyihada ishtirok etayotgan maktablar joylashgan mahallalardagi 100 ming nafardan ziyod aholi xavfsiz ichimlik suvidan bahramand bo‘ldi.

Maktablarda YUNISEF bilan birgalikda sanitariya va gigiyenaga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ularning maqsadi Markaziy Osiyodagi eng qimmatbaho ne’matlardan biri — Suvga hurmat munosabatini tarbiyalashdan iborat.

Suvni tejash — tabiat va ekologiyaga g‘amxo‘rlik qilish demakdir. Bu kelajakka e’tibor hamdir.

Ushbu lavhani tomosha qiling. Nima deb o‘ylaysiz, siz suvni tejash uchun nima qila olasiz?

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalarining 3-qabuli uchun mashg‘ulotlar yakunlandi. Nukus, Qarshi, Andijon va Toshkentlik bolalar o‘z yutuqlari bilan o‘rtoqlashish, o‘rganganlarini namoyish etish uchun ota-onalari va do‘stlarini taklif qilishdi.

Bir necha oy davomida ular mediasavodxonlik, dizayn va teatr san’ati asoslarini o‘rganishdi. Videolavhalar yaratish, 3D formatda dizayn loyihalarini ishlab chiqish va sahnada chiqish qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.

"Yolg‘iz kemacha", "Kichkina farishta", "Yerning orzulari", "Imkoniyat". Bitiruvchilarimizning teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari shunday nomlanadi... Ularga yana bir bor e’tibor qaratsangiz, “Zamin Creative” loyihasining asosiy maqsadi — bola orzusini ro‘yobga chiqarish uchun birlashish va imkoniyatlar yaratish haqida qisqacha hikoyani o‘qigandek bo‘lasiz.

“Zamin Creative” studiyasiga 4-qabul yanvar oyida boshlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube