Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.61K subscribers
16.3K photos
1.35K videos
52 files
4.48K links
Download Telegram
#A_level
#Mock_imtihonlar

⚡️PREZIDENT MAKTABLARIDA A-LEVEL MOCK IMTIHONLARI BO'LIB O‘TMOQDA!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro A-level mock imtihonlariga start berildi.

📍Imtihonlar Cambridge Assessmant International Education akkreditatsiyasidan o'tgan 4 ta - Nukus, Namangan, Xiva va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tmoqda. Jarayonlar Agentlik mas'ullari nazoratida tashkil etilgan.

Xalqaro A-level mock imtihonlarini tashkil etishdan asosiy maqsad:

▶️o'quvchilarni may-iyun oyida bo‘lib o'tadigan A-level imtihonlariga tayyorlash hamda
▶️ularning xalqaro ta'lim dasturlarini o'zlashtirish bo‘yicha sifat ko‘rsatkichini sinovdan o'tkazish hisoblanadi.

📌Imtihonlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan tanlov fanlari - kompyuter ta'limi, biologiya, matematika, fizika va kimyo fanlaridan bo‘lib o‘tmoqda.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Buxoro shahridagi Prezident maktabi.

⚡️Buxoro shahridagi Prezident maktabida 14,18-mart kunlari imtixonlar haftaligi (exam week) munosabati bilan yakuniy nazoratlar olinmoqda.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook |Instagram |Youtube |Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | 11-синф ўқувчиси 9 та хорижий университетдан бирини танлаш имконига эга
#14mar #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#Tanlov

⚡️ PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI O'QUVCHILAR ITALIYAGA BORADI!

✔️Prezident ta’lim muassasalari agentligi, O’zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi va Italiyaning “Global Action” tashkiloti bilan hamkorlikda Prezident maktablari o’quvchilari uchun “Diplomacy Education” dasturi tashkil etilmoqda.

❗️Mazkur dasturda ishtirok etish uchun tanlov jarayonlarining saralash bosqichiga start berildi.

Unda Prezident maktablarining 9-10-sinf o’quvchilari ishtirok etishadi.

👉
Tanlov bosqichlari va talablari haqida batafsil saytimizda o’qing.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Olimpiada_natijalari

⚡️PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI OLIMPIADASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

1️⃣ -o 'rin
- Namangan shahridagi Prezident maktabi - 6 ta oltin, 6 ta kumush, 5 ta bronza medali - jami 17 ta medal;

2️⃣ - o'rin - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab - 4 ta oltin, 9 ta kumush, 4 ta bronza medali - jami 17 ta medal;

3️⃣- o'rin - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab - 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medali - jami 15 ta medal.

👉G'oliblar bilan saytimizda tanishing.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Inklyuziv_laboratoriya

Prezident taʼlim muassasalari agentligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan “Raqamli avlod” o‘quv-tadqiqot inklyuziv laboratoriyasi joriy etildi.

Mazkur laboratoriya doirasida ayni paytda metodologiya dasturlari ustida ish olib borilmoqda.

✔️Hozirda Toshkent shahridagi 102- va 106- sonli eshitishi qobiliyati zaif bolalar maktab-internati o‘quvchilari uchun robototexnika va raqamli dizayn darslari tashkil etilgan va dars mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda.

✔️Tez kunlarda zamonaviy kasblarning boshqa turlari, jumladan media, grafik dizayn va SMM darslari ham yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
📢 «Assalom, Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!» shiori ostida TANLOV eʼlon qilindi!

〰️〰️〰️

Tashkilotchilar?

● Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

● Yoshlar ishlari agentligi

● O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

〰️〰️〰️

Tanlov nominatsiyalari?

● «Eng yaxshi ijtimoiy rolik»

● «Eng yaxshi sheʼr ijrosi» (video material shaklida)

● «Eng yaxshi fotosuratlar»

〰️〰️〰️

Kimlar qatnashishi mumkin?

● 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari

〰️〰️〰️

Talablar?

● ijtimoiy rolik va sheʼr ijrolari 3-5 daqiqadan oshmasligi, FullHD (1920x1080) formatida bo‘lishi

● fotosuratlar 5 tadan kam bo‘lmasligi, 4Mp (2272x1704) dan katta bo‘lishi kerak

〰️〰️〰️

Ijodiy ishlarni qayerga va qachongacha jo‘natish kerak?

Taqdim etiladigan ishlar @Navruz2022tanlovbot telegram-boti orqali 2022 yil 25 martgacha qabul qilinadi.

〰️〰️〰️

Ijodiy ishlar qanday mezonlar asosida baholanadi? Pul mukofotlarining miqdori qancha?

BATAFSIL
Prezident taʼlim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga bordi.

✔️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga keltirilgan yangi laboratoriya jihozlari hamda taʼmirdan chiqqan laboratoriya xonalari bilan tanishdi. Mutaxassislar bilan suhbatda undan oqilona foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube