Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan shahar 1-sonli IMI
884 subscribers
9.62K photos
699 videos
43 files
1.17K links
Download Telegram
Dunyoni bilimlilar boshqaradi, kelajakni iste’dodlilar yaratadi. Bu haqiqatni Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi jarayonlarini kuzata turib yana bir bor teranroq his qildim.

Yevropa va Osiyo qit’asidagi 18 ta davlat o‘quvchi-yoshlari ishtirok etgan ushbu bahs jarayonlari o‘tgan vaqt davomida chinakam ma’nodagi katta bilimlar bellashuviga aylanib ketdi. 120 nafarga yaqin dunyo yoshlarini bir nuqtaga jamlagan ushbu olimpiada bahslarining qizg‘in va murosasiz kechganligini ishtirokchi o‘quvchilarning taassurotlaridan ham anglash qiyin emas.

Albatta, O‘rta asr sharq ilm-fani va madaniyatiga katta hissa qo‘shgan bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino ilmiy me’rosi va katta hayot yo‘li dunyoning deyarli barcha davlatlarida hozirga qadar chuqur o‘rganib kelinadi. Va uning tabobatga doir asarlari va tavsiyalari dunyo tibbiyotida keng qo‘llaniladi.

Buxoro ana shu buyuk vatandoshimiz nomi bilan ataluvchi katta bir tadbirga mezbonlik qildi. Bunda bilimlar bahs olib borsada, o‘zaro hurmat va do‘stlik yetakchilik qildi. Bu do‘stona kayfiyat ayniqsa yoshlarning Buxorodagi turli tarixiy va madaniy maskanlarga qilgan sayohatlarida yaqqol namoyon bo‘ldi, deyishimiz mumkin.

Bir so‘z bilan aytganda, bugun yakunlangan ushbu xalqaro olimpiada bahslari O‘zbekiston yoshlari uchun ham bir maktab bo‘lishi qatorida, kelgusidagi muhim musobaqalar oldidan katta tayyorlov vazifasini o‘tagani aniq.

Men mazkur olimpiadaning barcha ishtirokchilariga kelajakda bundanda katta omadlar tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#test_namunalari
#3_dars

🔔 5-SINFLAR UCHUN MANTIQIY FIKRLASH DARSI

❗️Prezident maktablariga kirish imtihonlarining namunaviy savollari asosida misollar ishlashni oʻrgatamiz.

Telegram | X
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
Prezident maktablariga,
Ijod maktablariga,
Ixtisoslashtirilgan maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjat topshirish mudddati tugashiga 5 kun qoldi.

📶
ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha
video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Qadrli hamkasblar,
hurmatli pedagoglar!


Avvalo barchangizni chinakam insoniylik, ezgu qadriyatlar, o‘zaro hurmat, mehr-saxovat ayyomi — Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.

Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda Uchinchi Renesans davrining poydevori aynan ta’lim islohotlari asosida qurilayotganligi va bu jarayonda siz aziz hamkasblarimiz sidqidildan ishtirok etayotganingiz tizim yetakchisi sifatida meni juda xursand qiladi. Bu jarayonlarda sizlar bilan bir safda yelkama-yelka turib xizmat qilish men uchun ham faxr, ham ulkan mas’uliyatdir.

Shuni unutmasligimiz kerakki, ta’lim sohasi millatimiz yuksalishi hamda uning kelajak rivojida muhim rol o‘ynaydi. Bu haqiqatni barchangiz teran anglagansiz. Shu boisdan sizlarni hech ikkilanmay ana shu savobli ishlarning mohir muhandislari, deb atasam, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Aziz do‘stlar, muhtaram ustozlar!

Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor muborakbod etaman. Oilangizga xotirjamlik, baxt va omad hamisha hamroh bo‘lishini tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#qabul_2024
#eslatma

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!


📶 Qurbon hayiti munosabati bilan eʼlon qilingan dam olish kunlarida ham ariza.piima.uz sayti ish faoliyatida boʻladi.

‼️ Shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablarda qabul yuzasidan tashkil etilgan ISHCHI GURUHLAR ham soat 09:00dan 18:00gacha tasdiqlangan grafik asosida navbat bilan faoliyat olib boradi.

☎️ Qolaversa, 1206 qisqa raqamli Call-markaz 09:00dan 19:00gacha xizmat ko’rsatadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Аssalomu alaykum Aziz yurtdoshim. Muqaddas Qurbon Hayit ayyomi Barchangizga muborak boʻlsin. Xonadoningizga fayzu baraka, oilangizga tinchlik xotirjamlik tilayman. Doimo sogʻ-omon boʻlinglar. Doimo yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin. Hurmat bilan Nozimjon Kuchkarov.
💚💚💚💚💚💚💚💚💚💚💚

💚💚💚💚💚 💚💚💚💚

Наманган шаҳар 1-сон ихтисослаштирилган мактаб-интернатида 2024-2025 ўқув йили учун қуйидаги синфлар кесимида ўқувчилар қабул қилади:🆕

💚💡Аниқ фанлар

5-синф
8-синф
10-синф

💉🚑Табиий фанлар

7-синф
10-синф

Нима учун бу ерни танлаш керак?

Вилоятдаги ЯГОНА мактаб-интернат
Салоҳиятли устозлар
Бепул ётоқхона
Бепул 5 маҳал овқат


🟢Бундан ташқари асосий ва 🌏халқаро олимпиадаларга юқори🏆савияда тайёрланиш имконияти


Қандай ҳужжатлар керак:
❗️https://t.iss.one/Namangan_1_imi_qabul_2024/20?single

🔵Ҳужжатлар ariza.piima.uz платформаси орқали қабул қилинмоқда

ҲУЖЖАТЛАР 20 ИЮНГА ҚАДАР ҚАБУЛ ҚИЛИНАДИ

Манзил: Наманган шаҳар, Даштбоғ МФЙ, Саноат кўча, 101-уй

Қабул ҳақида маълумотлар


😌@Namangan_1_imi_qabul_2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

Bugun 19-iyun chorshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌍Xalqaro piknik (tabiat qo‘yniga chiqish, sayr) kuni.
🌍Xalqaro vahimaga qarshi kurash kuni.
🇺🇳BMT – Barqaror oziq-ovqat mahsulotlari (gastronomiya) kuni.
🇺🇳Xalqaro nafratga qarshi kurash kuni
🇦🇩Moldova – Tarixchilar kuni.

#muhim_voqealar
🔵1037 – Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino vafot etdi.
🔵1583 – Londonda ilk marotaba inson hayoti sug‘urta qilindi.
🔵1928 – Amelia Earhart samolyotda Atlantika okeanini oshib o’tgan birinchi ayol uchuvchi bo’ldi. Earhart bu parvozni 20 soat 40 daqiqada yakunladi.
🔵1946 – Italiya respublika deb e’lon qilindi.
🔵1989 – O‘zbekistonda Davlat tili to‘g‘risidagi qonun loyihasi matbuotda e’lon qilindi.

#tavalludlar
🔴1914 – Se Tyan (Se Xunkun) (2003) – aktyor, rejissyor, xitoy kinosi asoschilaridan.
🔴1946 – Nuriddin Hamroqulov – xonanda, O’zbekiston xalq artisti (1987).
🔴1976 – Maksim Galkin – rossiyalik estrada artisti, paridiyachi, teleboshlovchi, qo‘shiqchi.
Forwarded from Umidjon Ishmukhamedov
Шогирдларимиз хайрли ишга қўл уришибди, бунга сабабчи бўлиб қолайлик деб ушбу постни улашишга қарор қилдим. StudentHunter сайтида рўйхатдан ўтиб, инглиз тили фанидан олимпиадага қатнашиш орқали  фарзандларингиз ўзларининг инглиз тили даражаларини синаб кўриш билан биргаликда IELTS ва SAT имтиҳонини бепулга топширишлари мумкин.

Агар кўпроқ маълумот олмоқчи бўлсангиз @studenthunter каналига қўшилиб олишингиз мумкин.
🔵TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETIDA YOZGI LAGER

Diqqat, ota-onalar!
Bu yoz farzandingiz uchun unutilmas bo'lishini xohlaysizmi? Unda Inha universitetidagi YOZGI LAGERga keling!🔝

Bizning qiziqarli dasturimiz quyidagi tadbirlarni o'z ichiga oladi:
✔️Qiziqarli matematika
✔️Ingliz tili
✔️Scratch dasturlash
✔️Robotexnika

Guruhlar: 7-10 yosh va 11-14 yosh
🖥Davomiyligi: 2 hafta (10 kun), dushanbadan jumagacha
Vaqt: 9:00 - 18:00

Shuningdek, bolalarni ekskursiyalar, sport va intellektual o'yinlar, tanlovlar, turnirlar, ijodiy mahorat darslari va boshqalar kutmoqda.

Farzandingiz unutilmas taassurotlar va yangi bilimlarni olishdan xursand bo'ladi!

✉️Ma'lumot uchun telefon:
+998 71 289 99 95

🔵ЛЕТНИЙ ЛАГЕРЬ В УНИВЕРСИТЕТЕ ИНХА В ТАШКЕНТЕ

Внимание, родители!
Хотите, чтобы это лето стало для вашего ребенка незабываемым? Присоединяйтесь к нам в ЛЕТНИЙ ЛАГЕРЬ ОТ УНИВЕРСИТЕТА ИНХА! 🔝

Наша увлекательная программа включает такие занятия как:
✔️Занимательная математика
✔️Английский язык
✔️Scratch программирование
✔️Робототехника

Группы для детей: 7-10 лет и 11-14 лет
🖥Длительность: 2 недели (10 дней), с понедельника по пятницу
Время: 9:00 - 18:00

Также детей будут ждать экскурсии, спортивные и интеллектуальные игры, творческие мастер классы и многое другое.

Ваш ребенок будет в восторге от незабываемых впечатлений и новых знаний!

✉️Контакты +998 71 2899995
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchilar_qurultoyi

⚡️ BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDI

Bugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi.

📍Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi.

✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

📆 Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal