Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan shahar 1-sonli IMI
871 subscribers
10.2K photos
724 videos
43 files
1.26K links
Download Telegram


🔴 Shundan so‘ng, vazir Hilola Umarova boshchiligida yig‘ilishning ikkinchi qismi boshlandi.

Unda har bir hududdan maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas’ullarining tizimni yanada rivojlantirish, bolalarni tarbiyalashdagi yangi metodikalarga doir taklif va mulohazalari tinglanmoqda.

Shuningdek, berilgan savollarga vazir tomonidan atroflicha javob berib o‘tilmoqda.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazir Hilola Umarova:

Hurmatli yig`ilish ishtirokchilari!


Barchamiz vatan taraqqiyoti, el-yurt farovonligi uchun javobgar bo‘lgan kelajak avlodni tarbiyalashdek sharafli maqsad uchun birlashganmiz. Shuni hamma anglab, tushunib olishi kerak.

Chunki, ta’limda faoliyat olib borishning o‘z mashaqqati va mas’uliyati bor. Ta’lim davlat yoki xususiy sektorda bo‘lishi mumkin, lekin har qanday holatda bu bolalar bizning farzandlarimiz hisoblanadi, shuni yodda saqlashingizni so‘rayman.

Bu siyosatni to‘g‘ri tushunmagan, bunga amal qilmagan har qanday xodim tizimdan butunlay chetlatiladi, har qanday tadbirkor bilan hamkorlikni to‘xtatishga majbur bo‘lamiz. Litsenziya talablariga hamda oilaviy bog‘chalarning bitimlariga bunday holatlar bo‘yicha qat’iy talablar kiritiladi.

Biz har bir bola o‘zini bog‘chasida erkin, xavfsiz va quvnoq his qilishini, unga barcha sharoitlar yaratilishini xohlaymiz. Har bir bola uchun bog‘chalarda “xavfsiz va qulay muhit” bo‘lishini talab qilamiz.

Zero, ertangi kunimiz, Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek oliyjanob maqsadlarimizga yetishish, eng avvalo farzandlarimizga to‘g‘ri va sifatli ta’lim-tarbiya berishimizga bog‘liq. Buni har birimiz doimo yodda saqlashimiz zarur va shart.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#muloqot

Bugun maktabgacha taʼlimga masʼullar bilan keng masshtabda yigʻilish oʻtkazdik. Muloqotimizda markaziy va hududiy studiyalardan respublikamizdagi 38 mingdan ortiq davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Muloqotda MTTdagi holatlar, muammolar, ularni oldini olish haqida gaplashdik.

Soʻnggi yillarda maktabgacha taʼlim sohasiga berilgan katta eʼtibor natijasida bogʻchalar soni 8 barobarga oshib, 38 mingdan ortdi va bolalarning qamrov darajasi 2017-yildagi 27 foizdan 77 foizga yetkazildi. Tashkil etilgan bogʻchalarning qariyb 7 mingtasi davlat bogʻchasi boʻlsa, qolgan 31 mingdan ortigʻi nodavlat bogʻchalar hisoblanadi. Nodavlat bogʻchalarda hozirda qariyb 1 millionga yaqin bolalarimiz tarbiyalanmoqda.

Afsuski, muammolar ham yoʻq emas. Kunora ijtimoiy tarmoqlarda bogʻchalarda ayrim tarbiyachilar tomonidan bolajonlarga nisbatan ishlatilgan qoʻpollik, tarbiyasizlik holatlari aks etgan videolavha va turli xabarlar tarqatilmoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida ayni shu masalada vazirlikka yuzlab murojaatlar kelib tushgan. Biz bunday vaziyatlarni tizimli oʻrganib, nazoratga olyapmiz. Aslo befarq emasmiz. Oʻrganishlar natijasida 32 nafar rahbar va tarbiyachi lavozimidan ozod etildi, 3 nafari javobgarlikka tortildi, 15 nafariga intizomiy chora koʻrildi, 15 ta xususiy bogʻchaga berilgan litsenziya bekor qilindi.

Yigʻilishda aytilganidek, bir muhim jihatni unutmaylik: biz kelajagimizni bilimli, dunyoqarashi keng va mustaqil fikrlaydigan yoshlar bilan tasavvur qilamiz. Bola bilan munosabatda boʻlayotgan har bir mutaxassis mana shu masʼuliyatni his qilishi lozim. Har bir bolaning sogʻlom va barkamol voyaga yetishiga davlat kafil! Bu xususiymi, davlat va xususiy sheriklikmi yoki oilaviy bogʻcha boʻladimi, qonun talabi, tartiblar hamma uchun bir!

Taʼlim-tarbiya kuch ishlatishdan holi boʻlishi lozim. Bolalarga nisbatan qoʻpollik qilgan yoki shafqatsizlarcha munosabatda boʻlgan tarbiyachi, pedagogga qonun doirasida chora koʻriladi. Uzr, ogohlantirishlar bilan qutilib qolish yoʻq, bu oʻrinda MTT rahbariyatining shaxsiy javobgarligini ham kuchaytiramiz. Buni tizimda ishlayotgan har bir rahbar, pedagog, tarbiyachi va yordamchi xodimlar birdek tushunishi, shu tartibga rioya etishlari shart!

Yigʻilishda faol rahbarlar tomonidan bildirilgan har bir muammo, takliflarni yozib oldik, muammolarni hal etish, tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha ishni esa allaqachon boshladik. Biz bunday formatdagi uchrashuvlarni yana tashkil etib boramiz. Jamoamiz taklif va muammolarni eshitishga hamisha tayyor.

@hilola_umarova