Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
❗️Agentligimiz tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Ijod bog‘i oqshomlari" loyihasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan she'rxonlik kechasida ustoz ijodkorlar va maktabimiz o‘quvchilari tomonidan biri-biridan go‘zal she'rlar aytildi, qiziqarli savol-javoblar bo‘ldi. Tadbir yakunida she'riyat kechasida faol ishtirok etgan ijodkor o‘quvchilarimiz esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktab_maslahatchisidan_tavsiyalar

📣 PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASINI BO‘LISHAMIZ: MAKTAB MASLAHATCHISIDAN TAVSIYALAR-4

Chet el universitetlariga topshirish mobaynida School Profile (maktab haqida umumiy ma'lumot) so‘ralishi va u qanday ko‘rinishda bo‘lishi kerakligini bilasizmi?

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Аxborot xizmati tomonidan yolga qoyilgan "Maktab maslahatchisidan tavsiyalar" ruknining navbatdagi sonida bu haqda batafsil ma'lumot berilmoqda.
____

👉Video Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabi tomonidan tayyorlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabida III Respublika Kitobxonlik haftaligi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Taniqli shoir va ijodkodlar maktab o‘quvchilariga o‘z ijod yo‘llari haqida so‘zlab, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

❗️Agentligimiz tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilari Gulsevar To'rayeva 372.000 hamda Marjona Norqulova 286.000 AQSH dollari miqdorida bir nechta nufuzli xorijiy universitetlarning grantini qo‘lga kiritishdi.

💫 Gulsevar va Marjonaning kelgusidagi o‘qish va ishlarida muvaffaqqiyat tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_maktablari
#Ijodiy_kecha

❗️Agentligimiz tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Respublikamizning taniqli ijodkorlari ishtirokida "Ma'naviyat karvoni" loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Ijodiy kechada she'ru shuur, teatr, sahna madaniyati, notiqlik san'ati mavzularidagi suhbat barchaga birdek manzur bo‘lishi bilan bir qataorda yodda qolarli tarzda o‘tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring

🗂 Mazkur telegram kanallarida Prezident maktablaridagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI:

🕊 Andijon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🕊 Guliston shahridagi Prezident maktabi
🕊 Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🕊 Qarshi shahridagi Prezident maktabi
🕊 Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🕊 Namangan shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nukus shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🕊 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
🕊 Xiva shahridagi Prezident maktabi
🕊 Termiz shahridagi Prezident maktabi
🕊 Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk allomalar izidan.” Fizika fanidan final bosqichi g'oliblari taqdirlanadi!

Olimpiadaning fizika fanidan o'tkazilayotgan final bosqichida joriy yilning 9-aprel kuni o'tkazilgan saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan 100 ga yaqin yoshlar ishtirok etishmoqda.

🔴 Olimpiadani quyidagi havola orqali jonli tarzda tomosha qilib borishongiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=SeIjkF2jCTM

📌 Eslatib o'tamiz, fizika fanidan final bosqichida g'olib bo'lganlar bugunning o'zida taqdirlanadi. Mutlaq g'olib 🥇 20 million so'm pul mukofoti, shuningdek, 10 nafar sovrindor esa 2 million so'mdan pul mukofotlari va "Yangi O'zbekiston" universitetida tahsil olish uchun 38 million so'mlik grant bilan hamda medal va boshqa qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi?

So‘nggi kunlarda maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq turli holatlarni kuzata turib, yurtimizdagi barcha ota-onalarga bir savol bilan murojaat qilishni istadim: bugun biz namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi? Namunali ota-ona kim o‘zi?

Ijtimoiy tarmoqlarda farzandlarimiz tarbiyasi, aniqrog‘i tarbiyasizligi bilan bog‘liq ko‘plab videolar tarqalmoqda. Birida o‘g‘il bola o‘quvchi hech tap tortmay ustozi va qiz bola sinfdoshlari oldida kurakda turmaydigan mavzuda gapirishga haddi sig‘ayotgan bo‘lsa, boshqasida bir-bir bilan mushtlashayotgan o‘g‘il-qizlarga guvoh bo‘lish mumkin. Afsuski, bunday holatlar kam emas.

Kelajagimizni ta’minlashda har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash, mustaqil fikrlaydigan, ezgu fazilatlarga ega yoshlarni voyaga yetkazish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.

Xo‘sh, bunda bugungi ota-onalarning o‘rni va xizmatlari qanday bo‘lyapti? Bugungi namunali ota-onalarning hayotiy mezonlari nimalardan iborat?

Qayd etish joizki Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “Namunali ota-ona” mezonlarida bu haqida quyidagicha muhim ta’riflar keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, o‘z farzandining ta’lim-tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanadigan, uni tinglash uchun doim vaqt topa oladigan, farzandida o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirib, unga motivatsiya beradigan ota-onalar bu borada yetakchilik qiladi.

Farzandi ongida ma’naviy qadriyatlarni shakllantira oladigan, uni umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda jamiyatdagi qonun va qoidalarga hurmat ruhida tarbiyalaydigan, bu borada o‘zi shaxsiy namuna bo‘la oladigan ota-onalar ham ushbu mezonga to‘la mosdir.

Farzandining bo‘sh vaqtini kimlar bilan va qanday o‘tkazayotganini doimiy nazorat qilib boradigan, uni ta’lim oladigan maktab jamoasiga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalayotgan insonlar namunali ota-onalardir.

Sababi, yuqorida keltirib o‘tilgan o‘quvchilar ishtirokidagi salbiy holatlarning tag zamirida ota-onalarning o‘z farzandi tarbiyasi, kelajak taqdiriga befarqligi va uning bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotgani bilan qiziqmasligi yotibdi.

Istardimki, ota-onalarimiz, mahalla-ko‘y va bobo-buvilarimiz bolalarimiz bilan ko‘proq suhbat olib borishsa, ularning hayot, odob-axloq, kelajak orzulari, qiziqishlari haqida bolaning o‘zi bilan muloqot olib borsa.

Farzand tarbiyasidagi muvaffaqiyat kaliti bu albatta unga bo‘lgan muhabbat, g‘amxo‘rlik va hurmatdir. Farzand har jihatda namunani ota-onasidan oladi. Namunali ota-ona bo‘lishning shartlari esa juda oddiy va shu bilan birga juda murakkabdir. Ammo uning mevasi shirin, bu – farzand kamoloti va baxtidir.

Shunday ekan, aziz ota-onalar! Zimmangizga yuksak va ma’suliyatli vazifa yuklatilgan, oilangizda o‘rnatilgan namunali tartib va ijobiy muhit nafaqat farzandingiz tarbiyasiga, balki sizning kelajagingizga bevosita ta’sir etishini unutmasligingizni so‘rab qolaman.


Suratda bugungi kunda ikki nafar farzandi Prezident maktabida tahsil olayotgan, ularning ta’lim-tarbiyasida barchaga namuna bo‘la oladigan ota-onalardan biri Abdulhay va Nargiza Jo‘raevlar oilasi.
#Prezident_maktablari
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

❗️Agentligimiz tizimidagi Buxoro shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Zamira Baratova IELTSdan 8 ballni qo‘lga kiritdi.

💫 Zamiraning kelgusidagi o‘qish va ishlarida muvaffaqqiyat tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube