Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.7K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.4K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education ta'lim platformasi bosh direktori Jefri Alfonso boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida vazirlik faoliyati hamda Alef education haqida ikki tomonlama taqdimotlar bo’lib o’tdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar o’zaro hamkorlik, xususan Alef ta'lim platformasini O'zbekiston sharoitiga moslashtirish rejalari kabi masalalarni muhokama qilishdi.

✔️ Ta’kidlash joiz, Alef education ta’lim platformasi:

🔹 O‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹 аniq va tabiiy fanlar, shuningdek xorijiy tillar yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma hisoblanadi.

❗️ Uchrashuv doirasida mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent shahridagi Prezident va Olmazor tuman 22-sonli umumta'lim maktablari bo'ylab kampus-tur tashkil etildi.

📆 Ma’lumot o’rnida, Alef ta'lim platformasi rahbariyati bilan uchrashuvlar 12-aprelga qadar davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#Maktab_maslahatchilari
#Seminar_trening

Bugungi kunda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, darsdan tashqari, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish maqsadida maktab maslahatchisi lovozimi joriy qilingan.

Batafsil:
1. https://uza.uz/uz/posts/maktabdagi-maslahatchining-vazifasi-nima_471282

2. https://uza.uz/uz/posts/termizda-ixtisoslashtirilgan-maktab-va-maktab-internatlari-maslahatchilari-malaka-oshirdi_471637

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

DIYOR YANGILIKLARI | Maktab maslahatchilarining malakasini oshirish va faoliyatini samarali olib borish bo‘yicha seminar-treninglar

#buxoromtrk

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Arxiv
#Onlayn_dars
#4_dars

5-SINFLAR UCHUN MANTIQIY FIKRLASH DARSI


A'zo boling:
🚀 https://t.iss.one/J_Jangirov

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Dildora Norqulova: Prezident bilan muloqot menga katta kuch, shijoat bag‘ishladi

📍Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi.

🌐 https://uza.uz/posts/471929

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: "Barcha rahbarlar bir narsani bilib olsin: ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yoshlar bilan ishlash – biz uchun hayot-mamot masalasi! Biz yoshlarga bugundanoq sharoit qilib bermasak, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inqilobiy tashabbuslarni ilgari surmasak, Yangi O‘zbekistonni qanday barpo qilamiz?".

Prezident raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Ijod_maktablari

🗓 Shu yilning 10-11-aprel kunlari Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan "Zamonaviy va loyihaga asoslangan taʼlim" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

⚡️Unda ijod maktabining ona tili va adabiyot, tarix, tarbiya fani o'qituvchilari ishtirok etdi.

📍Keyingi manzil: Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
#Xalqaro_maktablar_kengashi_CIS

⚡️Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari Nukus shahridagi Prezident maktabida bo‘lib, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, ta'lim jarayonining sifatli tashkil etilgani va maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi masalalar bilan tanishdi.

💡Ma'lumot uchun, shu yilning 3-aprelidan boshlab bir oy davomida Xalqaro maktablar kengashi vakillari Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shaharlaridagi Prezident maktablarining faoliyatini o‘rganishadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Live
#JICA_loyihasi
#ixtisoslashtirilgan_maktab_internat

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICAning O'zbekistondagi vakolatxonasi o'rtasida imzolangan kelishuviga ko'ra, joriy yilning 8-28-aprel kunlari Yaponiyada yagona davlat imtihonlarini amalga oshiruvchi "KEI Advanced" tashkiloti tomonidan 8-10-sinf o'quvchilarining matematika fanidan bilimlarini sinovdan o'tkazish belgilangan edi.

📌 Ushbu loyihaning 4-bosqichida Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati tanlab olingan bo'lib, bugun o'quvchilarning matematik savodxonligini aniqlash xalqaro tadqiqoti bo'yicha JICA loyihasi ishchi guruhi a'zosi M.Hakimjonov tomonidan 8-10-sinf o'quvchilarining matematika fanidan bilimlari sinovdan o'tkazilmoqda.

🔖 Test natijalari may oyining 15-sanasidan keyin e'lon qilinadi. O'tish ballini qo'lga kiritgan o'quvchilarga maxsus sertifikatlar beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube