Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
66.3K subscribers
20.8K photos
2.62K videos
72 files
7.59K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik

ALEF RAQAMLI TA’LIM PLATFORMASI, BIG DATA, SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI HAMDA YANGICHA BAHOLASH…

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education tashkiloti bosh ofisida bo‘lishdi.

Delagatsiya tashkilot Bosh direktori Jefri Alonso va kompaniya vakillari tomonidan kutib olindi.

❗️Uchrashuv avvalida Alef Education rahbariyati vazirlik delegatsiyasi uchun Alef raqamli ta’lim platformasining imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimot qilishdi.

O‘zaro uchrashuvlar davomida:

▶️ Alef ta’lim platformasini O‘zbekistonda mahalliy sharoitga moslashtirilgan holda joriy etish,
▶️ katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim boshqaruvida eng optimal qaror qabul qilish bo‘yicha Respublikamiz hududida tajriba-sinov loyihasini ishga tushirish,
▶️ formativ va summativ baholash mexanizmini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
___
Alif raqamli ta’lim platformasi nima?

Mazkur platforma:

🔹 o‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tizimdagi ma’lumotlar tahlili asosida prognozlash,
🔹 arab tilini chet tili sifatida o‘qitish hamda STEAM yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma
hisoblanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
⚡️Rossiya Federatsiyasi Delegatsiyasi Toshkent shahridagi Prezident maktabida

Joriy yilning 17-mart kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Rossiya Federatsiyasi davlatlararo madaniyat ishlari Boshqarmasi boshligʻi I.V.Maslov, Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari A.L.Ribakov, Boshqarma referenti A.V.Vlasov va Departament boshligʻi V.A.Balobayev tashrif buyurdi.

Dastur davomida mehmonlar:
▪️ maktab kampusi;
▪️ unda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar;
▪️ oʻquvchilar erishgan yutuqlar bilan tanishdi.

Mehmonlar maktab faoliyati, maktab oʻqituvchilarining salohiyati, oʻquvchilarining bilimi va isteʼdodini alohida eʼtirof etishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Hashar

🌱HASHAR HAMJIHATLIK, OBODLIK VA YARATUVCHANLIK RAMZI

Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida umumxalq hashari bo‘lib o‘tmoqda. Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar ham faol ishtirok etmoqda:

📍 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
📍 Guliston shahridagi Prezident maktabi
📍 Nukus shahridagi Prezident maktabi
📍 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
📍 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
📍 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
📍 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
📍 Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Joylarda umumxalq hashari davom etmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Navro’z ayyomi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri boshlandi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Navro’z tadbiridan fotolavhalar

💬 Tadbir davom etmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM