#Xorijiy_hamkorlik
IKKI VAZIR UCHRASHUVI: BAA BILAN PEDAGOGLAR MALAKASINI OSHIRISH VA O’QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISH SOHALARIDA HAMKORLIK QILINADI
✅ Ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida tashrif bilan bo’lib turgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova BAA Ta’lim vaziri, Doktor Ahmad Belhul Al Falasi bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida O‘zbekiston va BAA ta'lim sohalarida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va islohotlar haqida so‘z bordi.
❗️Uchrashuv doirasida tomonlar:
▶️ BAA va O‘zbekiston ta’lim tizimlarini o‘rganish va hamkorlikda qo’shma loyihalar tashkil etish,
▶️ O‘zbekistonda xorijiy til sifatida arab tili o‘qitiladigan maktablar uchun o‘quv-metodik majmualarni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish,
▶️ pedagoglarning malakasini oshirish, ular faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha tajriba almashish hamda
▶️ maktab o‘quvchilarini kasbga yo'naltirish kabi masalalarni muhokama qilishdi.
✔️ Uchrashuv so‘ngida tomonlar barcha yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik o‘rnatish borasida kelishib olishdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
IKKI VAZIR UCHRASHUVI: BAA BILAN PEDAGOGLAR MALAKASINI OSHIRISH VA O’QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISH SOHALARIDA HAMKORLIK QILINADI
✅ Ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida tashrif bilan bo’lib turgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova BAA Ta’lim vaziri, Doktor Ahmad Belhul Al Falasi bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida O‘zbekiston va BAA ta'lim sohalarida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va islohotlar haqida so‘z bordi.
❗️Uchrashuv doirasida tomonlar:
▶️ BAA va O‘zbekiston ta’lim tizimlarini o‘rganish va hamkorlikda qo’shma loyihalar tashkil etish,
▶️ O‘zbekistonda xorijiy til sifatida arab tili o‘qitiladigan maktablar uchun o‘quv-metodik majmualarni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish,
▶️ pedagoglarning malakasini oshirish, ular faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha tajriba almashish hamda
▶️ maktab o‘quvchilarini kasbga yo'naltirish kabi masalalarni muhokama qilishdi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring
🗂 Mazkur telegram kanallarida Ijod maktablaridagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.
📝 IJOD MAKTABLARI:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
🗂 Mazkur telegram kanallarida Ijod maktablaridagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.
📝 IJOD MAKTABLARI:
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hilola Umarova “Vazirga murojaat” portaliga qabul qilinayotgan murojaatlar va ularning yechimi haqida
Maktabgacha va maktab ta’limiga oid soha yetakchisi sifatida ish boshlagan ilk kunimdan ta’lim fidoyilari — o‘qituvchilar va pedagog xodimlarning bugungi muammolari va tizimni yanada rivojlantirishga doir takliflari bilan qiziqdim. Va yuz minglab auditoriyaga ega bu ulkan jamoa bilan muloqot davrasini tashkil etish uchun “Vazirga murojaat” portalini ishlab chiqishni boshladik.
Maqsadimiz ezgu — mavjud muammolarni faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning o‘zlaridan kelib tushgan murojaat va takliflar orqali o‘rganib, keyingi faoliyat istiqbollarini belgilash.
Joriy yilning mart oyining ilk kunlarida ishga tushgan ushbu portalga (ilk 10 kunlik davomida) hozirga qadar 1200 dan ortiq murojaatlarni qabul qildik. Quvonarlisi, ushbu platformaga soha xodimlaridan tashqari yurtimizdagi har bir fuqaro — ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ta’limni rivojlantirishga doir o‘z takliflarini yuborishmoqda. Va bu murojaatlarning har biri chuqur tahlil qilinib, manzilli o‘rganilmoqda.
Dastlabki xulosalarimiz va tahlillarimizni sizlar bilan bo‘lishsam:
Ayni vaqtda murojaatlarning soni bo‘yicha Toshkent shahri, Qashqadaryo hamda Toshkent viloyati yetakchilik qilmoqda. Murojaatlarning:
21 foizdan ortig‘i ta’lim tizimi bo‘yicha takliflar;
12 foizi ish haqi, ustamalar;
7 foizi malaka toifasi uchun attestatsiya hamda sertifikatsiyalash;
9 foizi maktablarning moddiy-texnik bazasi, infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq masalalardir.
Eng achinarli jihati, murojaatlarda hududlardagi rahbar kadrlar faoliyatiga doir norozilik, maktablardagi nosog‘lom muhit bilan bog‘liq masalalar ham talaygina.
Bilamizki, sohadagi eng ko‘p tanqidlar ta’lim muassasalaridagi nosog‘lom muhit bilan bog‘liq, shu bois vazirlikning birinchi galdagi vazifasi va maqsadi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirishdan iboratdir.
Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, bola xavfsiz va sog‘lom muhitdagina sifatli ta’lim ololadi. Bu muhitni yaratish esa zamonaviy rahbar va malakali o‘qituvchilar qo‘lida. Shunday ekan, yangi vazirlik tizimidagi ta’lim tashkilotlariga zamonga moslasha oladigan, sohada innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy kadrlarni tayinlash bo‘yicha ish olib borilmoqda.
Shu o‘rinda maktablar infratuzilmasiga oid ko‘pgina so‘rovlarga ham javob berib o‘tsam. 2023-yilda yurtimizda:
57 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
24 ta maktab;
6 ta ixtisoslashtirilgan maktab binolari yangidan quriladi.
111 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
206 ta umumta’lim maktablari
3 ta ixtisoslashtirilgan maktablar rekonstruksiya qilinadi.
2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
9 ta maktabning bino va inshootlari mukammal ta’mirlanadi.
Bu faqat aniq rejalarimiz. Ammo yil davomida bog‘chalardagi tarbiyalanuvchi va maktablardagi o‘quvchi o‘rinlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish ustida ishlar davom etmoqda.
“Vazirga murojaat” portaliga kelib tushayotgan taklif va murojaatlar bizni quvontirmoqda. Buning uchun ustozlarimiz, ota-onalarimiz va faol jamoatchilik vakillariga ta’lim sifatini yanada oshirishga doir kuyunchaklik bilan bildirayotgan takliflari uchun minnatdorlik bildiramiz va ularni albatta inobatga olishimizni aytib o‘tishni istardim.
Shuningdek mazkur portalga kelib tushayotgan eng aktual savollarga vazirligimiz tomonidan javoblar tayyorlanib, videobayonot tarzida berib borilishi yo‘lga qo‘yilganini ham aytib o‘tmoqchi edim.
Portalga murojaatlar qabuli davom etadi, ushbu manzil orqali o‘z takliflaringizni yuborishingiz mumkin.

#Infografika
#ixtisoslashtirilgan_maktab_va_maktab_internatlar
✅ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant o‘rinlarga o‘qituvchilardan 15-mart sanasiga ko‘ra kelib tushgan arizalar soni
⏳ Ayni damda job.piima.uz sayti orqali arizalar qabuli davom etmoqda.
🔴 Shu bilan birga сall-markaz ham faoliyat olib bormoqda. Call-markaz faoliyatini jonli efir orqali ko‘rishingiz mumkin.

#Zulfiyaxonim_izdoshlari
Erkin Vohidov ijod maktabida oʻqishning oʻzi katta mas’uliyat
Prezidentimiz tashabbusi bilan Margʻilon shahrida tashkil etilgan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Nilufar Ergasheva Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Bunday ragʻbat yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash yoʻlidagi ezgu ishlarning ifodasi boʻldi, desak yanglishmaymiz.
– Soʻzning qudratini hech narsa bilan ta’riflab bo‘lmaydi, – deydi Nilufar. – Ayniqsa, she’riy misralarda. She’riyat – bu hayrat. Erkin Vohidov ijod maktabida oʻqiyotganimning oʻzi menga katta mas’uliyat yuklaydi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti esa hayotimda muhim voqea boʻldi. Endi ularga munosib boʻlishim uchun ham yanada koʻproq harakat qilishim kerak.

✅ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant o‘rinlarga o‘qituvchilardan 16-mart sanasiga ko‘ra kelib tushgan arizalar soni
⏳ Ayni damda job.piima.uz sayti orqali arizalar qabuli davom etmoqda.
❗️ESLATMA: Hujjat topshirishning oxirgi kuni 2023-yil 18-mart soat 12:00
🔴 Shu bilan birga сall-markaz ham faoliyat olib bormoqda. Call-markaz faoliyatini jonli efir orqali ko‘rishingiz mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#ixtisoslashtirilgan_maktab_va_maktab_internatlar
✅ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant o‘rinlarga o‘qituvchilardan 16-mart sanasiga ko‘ra kelib tushgan arizalar soni
⏳ Ayni damda job.piima.uz sayti orqali arizalar qabuli davom etmoqda.
❗️ESLATMA: Hujjat topshirishning oxirgi kuni 2023-yil 18-mart soat 12:00
🔴 Shu bilan birga сall-markaz ham faoliyat olib bormoqda. Call-markaz faoliyatini jonli efir orqali ko‘rishingiz mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
ALEF RAQAMLI TA’LIM PLATFORMASI, BIG DATA, SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI HAMDA YANGICHA BAHOLASH…
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education tashkiloti bosh ofisida bo‘lishdi.
Delagatsiya tashkilot Bosh direktori Jefri Alonso va kompaniya vakillari tomonidan kutib olindi.
❗️Uchrashuv avvalida Alef Education rahbariyati vazirlik delegatsiyasi uchun Alef raqamli ta’lim platformasining imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimot qilishdi.
O‘zaro uchrashuvlar davomida:
▶️ Alef ta’lim platformasini O‘zbekistonda mahalliy sharoitga moslashtirilgan holda joriy etish,
▶️ katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim boshqaruvida eng optimal qaror qabul qilish bo‘yicha Respublikamiz hududida tajriba-sinov loyihasini ishga tushirish,
▶️ formativ va summativ baholash mexanizmini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
___
❓Alif raqamli ta’lim platformasi nima?
❕ Mazkur platforma:
🔹 o‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tizimdagi ma’lumotlar tahlili asosida prognozlash,
🔹 arab tilini chet tili sifatida o‘qitish hamda STEAM yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma hisoblanadi.

⚡️Rossiya Federatsiyasi Delegatsiyasi Toshkent shahridagi Prezident maktabida
Joriy yilning 17-mart kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Rossiya Federatsiyasi davlatlararo madaniyat ishlari Boshqarmasi boshligʻi I.V.Maslov, Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari A.L.Ribakov, Boshqarma referenti A.V.Vlasov va Departament boshligʻi V.A.Balobayev tashrif buyurdi.
Dastur davomida mehmonlar:
▪️ maktab kampusi;
▪️ unda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar;
▪️ oʻquvchilar erishgan yutuqlar bilan tanishdi.
Mehmonlar maktab faoliyati, maktab oʻqituvchilarining salohiyati, oʻquvchilarining bilimi va isteʼdodini alohida eʼtirof etishdi.