Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.3K subscribers
17.1K photos
2.21K videos
70 files
6.41K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Alisher_Navoiy_tavalludining_582_yilligi
#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag'ishlab ochiq dars va tadbirlar tashkil etilmoqda.
________
✔️Fotolavhalarda Halima Xudoyberdiyeva va Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktablari hamda Samarqand shahridagi Prezident maktabi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Alisher_Navoiy_tavalludining_582_yilligi

ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODI HAQIDA QISQACHA

✔️Nizomiddin Mir Alisher 1441-yilning 9-fevralida Hirotning Bog‘i Davlatxona mavzeyida, temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan davlat xizmatchisi Gʻiyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan.

✔️Navoiyning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi erta uyg‘onib, 4 yoshida maktabda ta’lim ola boshlagan.

✔️Tarixchi Mirxond “Ravzat us-safo” asarida yozishicha, Amir Alisherning bobosi Amir Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh bo‘lgan.

✔️Navoiy hazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asarini yoddan bilganlar.

✔️7 yoshli Nizomiddin Mir Alisher buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan.

✔️Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g‘azallar yoza boshlagan.

✔️Turkiy tilni qayta tiriltirgani Navoiyning ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas», — deb yozsa, Husayn Boyqaro «Mir Alisher turk tilining o‘lik jasadig‘a Masih nafasi ila jon ato etdi» deb ta’kidlagan.

✔️Alisher Navoiy o‘n besh-o‘n olti yoshlarida ham turkiy, ham forsiyda ijod qiladigan “ikki tilli” shoir sifatida tanilgan.

✔️Alisher Navoiy o‘smirlik yillarida o‘zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq she’rlarini yod bilgan.

✔️Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi.Shoirning forsiy she’rlar to‘plami “Devoni Foniy” deb nomlangan.

✔️Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan.

✔️Alisher Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan.

✔️Navoiy turkiy tilidagi ilk “Xamsa" ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tilga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq.

✔️Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to‘rt devon (1491—1498)ga jamlangan.

✔️Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi
#Alisher_Navoiy_tavalludining_582_yilligi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan "Tarix qa'rida ikki yulduz" nomli bayram tadbiridan video-lavha.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube