Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
49K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Xushxabar
#Ijod_maktablari

⚡️⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o'quvchilari oliy ta'lim muassasalariga kirishda yuqori natijalar qayd etishdi.

Jumladan:

▶️️Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 2021-2022-o‘quv yilidagi 20 nafar bitiruvchisidan 13 nafari davlat granti asosida, 7 nafari to‘lov shartnomasi asosida oliy ta'lim muassasasiga o'qishga qabul qilindi.

▶️️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 2021-2022-o'quv yilidagi 21 nafar bitiruvchilari 100 foizlik natijani qayd etgan holda, ularning barchasi OTM talabalariga aylanishdi.

❗️O'quvchilarimizning barchasiga kelgusi ishlari va faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar
#Ijod_maktablari

⚡️⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari ham oliy ta'lim muassasalariga kirishda yuqori natijalar qayd etishdi.

❗️Jumladan, mazkur maktabni 2021-2022-o'quv yilida jami 19 nafar o'quvchi tugatgan bo'lib, ularning hammasi OTM talabasiga aylanishdi.

O'quvchilarimizning 10 nafari to'lov shartnoma, 9 nafari esa davlat granti asosida o'qishga qabul qilingan.

O'quvchilarimizning kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinflari uchun MATEMATIKA darsligi yaratildi.

Ushbu darslikda:

✔️ o‘quvchilarning olingan bilimni turli xil vaziyatlarda qo‘llash, masalani chuqur tahlil qilish, tadqiq qilish, muammoni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga urg‘u berilgan;
✔️ muammoli hayotiy vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ulushi oshirildi, loyiha ishlari, summativ baholash namunalari berildi.

Darslikda matnli masalalar guruhlarga ajratildi, jumladan:

▶️ Ishga oid masalalar;
▶️ Mantiqiy masalalar;
▶️ Iqtisodiy mazmundagi masalalar;
▶️ Harakatga oid masalalar;
▶️ Quyish va tortishga doir masalalar.

❗️Masalalar mazmuniga mos ravishda chizilgan rasm va chizmalar mavzuni chuqurroq anglashga, masalalarni idrok qilib ishlashga yordam beradi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar
#Olimpiada

🔰Toshkent Prezident maktabi o‘quvchisi robototexnika yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi

Xabaringiz bor, Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan “STEM Olimpiadasi – taʼlimda innovatsiyalar” xalqaro olimpiadasida ishtirok etishmoqda.

❇️Qozog‘iston STEM robototexnika olimpiyadasida 250 ta guruh qatnashishdi. Ular orasida Toshkent Prezident maktabi o‘quvchisi 1️⃣-o‘rinni egalladi.

❇️Andijon va Farg‘ona Prezident maktablari ishtirokchilari uchirgan samolyotlari esa rekord natija ko‘rsatdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube