Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
“Yangi O‘zbekiston” universitetida Karyera markazi ochilishi hamda “Qishki maktab” loyihasi ishtirokchilarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti faol talabalari hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan Respublika miqyosidagi maktab o‘quvchilari uchun tashkil etilgan “Qishki maktab” loyihasi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

☑️ Shuningdek, universitetda Karyera markazining ham ochilish marosimi o‘tkazilib, markaz ochilishida bir necha xalqaro kompaniyalarda ish tajribasiga ega mutaxassis ekspert Alisher Rustamov ishtirok etdi.

📌 Ushbu Markaz talabalarni kelajakda ishga tayyorlash va ish bilan ta’minlashda xizmat qilishi rejalashtirilgan.

🔁 English

#Qishki_maktab #Karyera_markazi

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Prezident_maktablari

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining o'quvchilari xorijning yetakchi universitetlaridan grantlarni qo'lga kiritishda davom etishmoqda. Jumladan:

▶️Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Ahrorbek Nazarov:

🔹AQSHning Arizona universiteti,
🔹New York university Abu Dhabi kampusi,
🔹Rose Hulman University of Technology,
🔹Drexel university'dan jami 656 000 AQSH dollari miqdoridagi;

▶️ Guliston shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Sevinch Nishonqulova:

🔹 Wingate University
🔹University of Arizona
🔹King‘s Collage
🔹University of Colorado Denver
🔹 University of Nebraksa-Lincoln
🔹 Iowa State University
🔹Whitworth University
🔹 Colorado State University
🔹
University of Missouri
🔹Missouri University of Science and Technology
🔹 Quinnipiae University universitetlaridan jami 435 000 AQSH dollari miqdoridagi;

▶️ Fariza Karakulova esa University of Arizona va University of Minnesota Morries universitetlari uchun 150 000 AQSH dollari miqdoridagi grantni qo'lga kiritishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Art -galeriya

💫"Besh muhim tashabbus-kamolot sari yo'l!" mavzusida o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularning kreativ va innovatsion fikrlash qobiliyatini o'stirish maqsadida Andijon shahridagi Prezident maktabida rasmlar ko'rgazmasi tashkil etildi.

🎨Ko'rgazmada 18-son musiqa va san'at maktabi o'qituvchisi Ma'rufjon Xadjayevning ijodiy ishlari namoyish etildi. Art-galeriya ko'rgazmasi o'quvchilar va maktab jamoasiga birday manzur bo'ldi.

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
#Diqqat❗️
#A_level

⚡️A-LEVEL IMTIHONLARI UCHUN RO'YXATDAN O'TISH MUDDATI YAKUNLANMOQDA!

Shoshiling!

Xalqaro A-level imtihonlari uchun ariza topshirish muddati 10-fevralgacha (shu kuni ham) davom etadi.

❗️Imtihonlar uchun onlayn arizalar https://alevel.piima.uz/ sayti orqali qabul qilinmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muzrabot_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Harbiy_qismda_bir_kun

VATAN HIMOYASI — SHARAFLI VA MUQADDAS BURCH

🔰Ixtisoslashtirlgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari Harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara Qo'shinlari tasarrufidagi 9206-sonli harbiy qismda bo'lishdi.

❗️Mazkur tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad, yoshlarimizning ongu tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligini singdirish, ularda Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik hissini oshirishdan iborat.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi axborot xizmati

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
“Ютуқ пулини ота-онамга бердим, машина олишди” — Халқаро Менделеев олимпиадаси ғолиби билан суҳбат

Азимжон Жамолов – 56-Менделеев олимпиадасида олтин, Хитойда ўтказилган 54-Халқаро кимё олимпиадасида кумуш медални қўлга киритган. Ва шу ютуқлари сабаб ҳозир “Янги Ўзбекистон” университетига грант асосида ўқияпти. Бундан ташқари, Азимжон “Мард ўғлон” давлат мукофотини ҳам қўлга киритди.

📹 ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ
#Тўгараклар
#Ijod_maktablari
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tizimidagi maktablarda to‘garaklar faoliyati davom etmoqda.

O'quvchilar darsdan tashqari vaqtlarida to'garaklarda ishtirok etib, yangi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishmoqda
_____
📷
Fotolavhalarda ixtisoslashtirilgan va ijod maktablaridagi jarayonlar aks etgan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️BU VIDEONI FARZANDINGIZ ALBATTA KO‘RSIN!

Bolalar yomon niyatli odamlarni farqlay olishmaydi. Ular beg‘uborligi, kattalarga ishonuvchanligi sabab yovuz niyatlilarning qurboniga aylanib qolishlari mumkin.

Shu sabab, bolangizga:

Shubhali shaxslar bilan gaplashmaslikni,
ularning qo‘lidan sovg‘a olmaslikni,
tanimagan odamlarning mashinasiga o‘tirmaslikni tayinlashingiz lozim.

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun ogohlikni oshirish shart va zarurdir!

Mazkur video-rolikni farzandingiz bilan birgalikda tomosha qiling va unga begonalar bilan qanday muomala qilishni o'rgating.

Zero, bu oddiy qoidalar bolangizni xavf va xatardan asrab qolishi mumkin!

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tanlov
#Эълон

📣Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohining logotipini yaratish boʻyicha ijodiy tanlov eʼlon qilinadi!

Unda Prezident maktablari, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlar, ijod maktablari oʻqituvchilari va oʻquvchilari hamda “Yangi Oʻzbekiston” universitetining talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari:

✔️ Logotip “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohi faoliyati mohiyatini yoritib beruvchi ramziy xususiyatlarga, betakror badiiy yechimga, badiiy gʻoyaning izchilligiga ega boʻlishi;
✔️Oromgoh faoliyati yoʻnalishlariga mosligi, logotip iqtidorli yoshlar, sanʼat, sport, ilm-fan, mazmunli dam olish va sogʻlomlashtirishni ifodalashi, “Renessans” yozuvi boʻlishi, shuningdek, renessansni aks ettirishi;
✔️Logotipda davlat ramzlari shakllari hamda tasvirlaridan foydalanish mumkin emas;
✔️Logotipning qismlari yoki boshqa oromgohlarga tegishli logotiplar yoki dizaynning elementlari yoki qismlari boʻlmasligi zarur va tanlov oʻtkazilguniga qadar biror joyda namoyish etilmagan boʻlishi shart.

📆Ishlab chiqilgan logotip loyihalari 2023-yil 20-fevral soat 18:00 ga qadar [email protected] elektron manziliga yuborilishi lozim.

📞Qo'shimcha ma'lumot uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: 71 207 20 17 (292).

❗️Ijodiy tanlov natijalariga koʻra birinchi oʻrinni egallagan ishtirokchi Agentlikning estalik sovgʻasi bilan taqdirlanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Liderlar_hamjamiyati

“Bugun siz maktabni boshqarasiz, ertaga sizning o‘quvchilaringiz dunyoni boshqaradi!”

Vazirligimiz tomonidan maktab direktorlari uchun yangi loyiha - Liderlar hamjamiyatini tashkil etishni rejalashtirganmiz.

Ushbu hamjamiyatning maqsadi nimadan iboratligi ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa kerak.

Eng avvalo, maktab rahbarlarini zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor, jamoasini bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlar etib tayyorlashimiz lozim.

Shu maqsadda vazirligimiz tomonidan 7-10-fevral kunlari “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Butun Respublika bo‘ylab bo‘lib o‘tadigan ushbu loyihadan umidimiz katta.

Chunki ta'lim sifatini oshirishda maktab faoliyatining tizimli yo‘lga qo‘yilishi muhim o‘rin tutadi. Ish jarayonini sifatli tashkil etish esa avvalo rahbarga bog‘liq.
Диққат жамоатчилик муҳокамаси!

2022–2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини “Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили”да
амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони лойиҳаси кенг жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди.

"Тараққиёт стратегияси" маркази барча фуқаролардан 2023 йилги Давлат дастури лойиҳасининг муҳокамасида фаол иштирок этиб, мамлакатимиз тараққиётига хизмат қиладиган таклифларни Марказнинг махсус 2023.strategy.uz ҳамда davlatdasturi.uz порталлари ёки ижтимоий тармоқлардаги @dscuzbekistan ва @YangiTaraqqiyotStrategiyasi телеграмм каналлари орқали билдиришларини сўраб қолади.

МУҲОКАМАЛАР 2023 ЙИЛНИНГ 6 ФЕВРАЛИДАН 17 ФЕВРАЛИГАЧА ДАВОМ ЭТАДИ.

Каналимизга обуна бўлинг
👉🏻
https://t.iss.one/dscuzbekistan

Марказ расмий саҳифалари
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube