Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#amaliy_mashgʻulot_darslari

HARBIY VATANPARVARLIK OYLIGI BOSHLANDI

🔰Xiva shahridagi Prezident maktabida CHQBT fanidan Milliy Gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda 11 - sinf o'quvchilariga amaliy mashg'ulot darslari bo'lib o'tdi.

O'quvchilar kamondan o'q otish bilan birga AK-74 qurolida dastlabki o'q otish mashqini bajarish tartibi va otish vaqtidagi xavfsizlik qoidalarini o'rganishdi hamda amaliyotda sinab ko'rishdi.

🔸🔸🔸

🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
RASMAN: Qishki ta’til kunlari uzaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadi.

2022-2023-o‘quv yilining III choragi 2023- yilning 18-yanvaridan boshlanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Nаvbаtdаn tаshqаri tа'til kunlаri dаvomidа tа'lim tаshkilotlаridа fаoliyat yuritаyotgаn xodimlаrning ish hаqi toʼliq toʼlаnаdi

SAVOL: Men maktabda oʼqituvchi boʼlib ishlayman. Qishki taʼtil kunlarining uzaytirilishi mening oylik ish haqimga taʼsir qilmaydimi?


Javob: Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yigʼilish bayoniga asosan, 2023-yil 10-18-yanvar kunlari beriladigan navbatdan tashqari taʼtil kunlari davomida taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar, tarbiyachilar, pedagoglar, professor oʼqituvchilar va boshqa xodimlar, jumladan, mehnatiga soatbay haq toʼlanadigan xodimlarga amaldagi ish haqi toʼlovlari saqlangan holda toʼlanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Xorazm

HUDUDLARDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA TRENINGLAR DAVOM ETMOQDA

🔴 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika, fizika va ingliz tili fanlari o‘qituvchilari uchun seminar-trening bo'lib o'tmoqda.

❗️Treninglar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi trener-o‘qituvchilari tomonidan chorak yakunlari bo‘yicha summativ baholash (CHSB) sinovlari natijalaridan kelib chiqib tashkil etildi.

📍Seminar-trening ayni paytda Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabida bo‘lib o‘tmoqda.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
#IT

PREZIDENT MAKTABIDA FACEBOOK VA AMAZON KOMPANIYALARIDA ISHLAGAN IT MUTAXASSISLARI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabida IT sohasida ko'plab yutuqlarga erishgan startaper Atabek Murtazaev, Aziz Murtazaev, Temur Maxsudov va Beknazar Abdikamalovlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

❗️Ular hozirgi kunda senior darajasidagi yetuk dasturchilar bo'lib, Facebook va Amazon kabi nufuzli kompaniyalarida dasturchi bo'lib faoliyat olib borgan.

✔️Mehmonlar o'quvchilar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berib, o'zlarining IT sohasiga oid bilim va tajribalari, olib borgan ish faoliyati hamda kelajakdagi rejalari bilan o'rtoqlashishdi.

📌Shuningdek, mehmonlar maktab hayoti va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Telegram I Instagram I Facebook I YouTube
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | «IELTS»дан 8 балл, «SAT» имтиҳонидан энг юқори натижа кўрсатган фарғоналик ўқувчи
#6jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarda seminar-treninglar bo’lib o’tmoqda

📍
Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda“Tabiiy fanlarni o‘qitishda ta’lim sifatini oshirish metodikasi” mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.

Unda Olmazor tumanidagi umumta’lim maktablarining jami 114 nafar biologiya va kimyo fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

❗️Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'qituvchilari uchun esa IB (International Baccalaureate) dasturi yuzasidan seminar-treninglar tashkil etildi.

📍Mazkur seminar-treningdan ko‘zlangan maqsad IB dasturi, uning afzalliklari hamda dasturda ko‘zda tutilgan yo‘nalishlar haqida ma'lumot berishdan iborat.

📆 Seminar-trening 2-kun davom etadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube