Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#olimpiada #saralash

🔹Bugun,18-aprel kuni fizika, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Xalqaro fan olimpiadalariga saralashning II bosqichiga start berildi.

Ishtirokchilarga topshiriqlarni bajarishlari uchun fizika, biologiya fanlari uchun 4 soat, Informatika va axborot texnologiyalari fani uchun 5 soat vaqt beriladi. O 'quvchilarning yozgan ishlari hakamlar hay'ati tomonidan tekshiriladi va natijalar shu kunning o‘zidayoq e'lon qilinadi.

🧑🏻‍💻👩🏻‍💻Ushbu saralash bosqichiga Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablardan 13 nafar o'quvchi ishtirok etmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#olimpiada #faxr

Bugun Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti qoshidagi akademik litseyda ixtisoslashtirilgan maktablar va akademik litseylar oʻquvchilari oʻrtasida matematika fanidan olimpiada oʻtkazildi.

Olimpiadada 100 dan ortiq iqtidorli oʻquvchilar ishtirok etib, quyidagi oʻquvchilar gʻolib boʻldi:

🥇Madjidov Muhammadrizo - Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi

🥈Keldiyorov Fatxulla - S.H.Sirojiddinov nomidagi Respublika tabiiy va aniq fanlar akademik litseyi 2-bosqich oʻquvchisi

🥉Maqsudov Bekzod - Urganch shahridagi 6-IMI ning 9-sinf oʻquvchisi.

Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi!


⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#olimpiada #faxr

🌍 55-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida O'zbekistondan ishtirok etgan 7 nafar o'quvchining barchasi g'olib bo'ldi

🏢G'oliblarning 3 nafari Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari!

🏆55-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi 2021-yil 20-26 aprel kunlari Avstriya, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Isroil, Xorvatiya, Vengriya kabi 28 ta davlat o'quvchilari o'rtasida pandemiya sabab onlayn tarzda o'tkazildi.

🔬55-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida sovrindor o'rinlarni qo'lga kiritgan Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilari:

🥈Kumush medal
Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari:

Azimjon Jamolov

Durdona Muxtarxo'jaeva

🥉Bronza medal
Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi:

Ikromiddin Boymahammadov
.

Batafsil👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada #PIIMA_PRESS

⚡️Xalqaro Kavkaz Matematika olimpiadasi hamda 55-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi g'oliblari bo'lgan o'quvchilarimiz bilan tanishing!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Olimpiada

“Agentlik Ingliz tili olimpiadasi"ga start berildi

Oʻzbekison Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida 2021-yil chet tillarini oʻqitishni rivojlantirish ustuvor yoʻnalish sifatida tanlandi.

👩🏻‍💻🧑🏻‍💻Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik direktorining buyrugʻi asosida Agentlik tizimidagi maktablar uchun ikki bosqichli “Agentlik Ingliz tili olimpiadasi”ni tashkil etish belgilandi. Olimpiada 6-7, 8-9 va 10-11 sinf oʻquvchilari uchun oʻtkaziladi.

Bugun olimpiadaning 1-bosqichi onlayn tarzda test.piima.uz platformasida oʻtkazildi. 1-bosqichda har bir maktabdan 9 tadan, jami 144 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Natijalarga koʻra, har bir yosh toifasida eng yaxshi 10 tadan, jami 30 oʻquvchi finalga yoʻllanma oladi.

🥇Har bir yosh toifasida gʻoliblar mos ravishda smartfon (3-oʻrin), televizor (2-oʻrin) va noutbuk (1-oʻrin) bilan taqdirlanadi.
#Olimpiada_natijalari

⚡️PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI OLIMPIADASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

1️⃣ -o 'rin
- Namangan shahridagi Prezident maktabi - 6 ta oltin, 6 ta kumush, 5 ta bronza medali - jami 17 ta medal;

2️⃣ - o'rin - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab - 4 ta oltin, 9 ta kumush, 4 ta bronza medali - jami 17 ta medal;

3️⃣- o'rin - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab - 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medali - jami 15 ta medal.

👉G'oliblar bilan saytimizda tanishing.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Hisobot
#Fakt
#Olimpiada_natijalari
#Inson_qadri_uchun

⚡️PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLAR O‘QUVCHILARINING 2021-2022-O‘QUV YILIDAGI XALQARO, MINTAQAVIY VA MAHALLIY FAN OLIMPIADALARIDA ERISHGAN YUTUQLARI

2022-Mintaqaviy xalqaro olimpiada g‘oliblari 10 nafar
- 56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi – 7 ta medal
- 18-IJSO olimpiadasi – 3 ta medal

Nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari 3 nafar
- 54-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO-2022) – 3 ta medal

Asosiy fan olimpiadasi IV (Respublika) bosqichi g‘oliblari 2 nafar
- Ona tili va adabiyoti – 1 ta medal
- Matematika – 1 ta medal

Onlayn olimpiadalar g'oliblari 237 nafar
- Xalqaro XVI Biologiya olimpiadasi
- MDH Biologiya Olimpiadasi
- AMC/AMO Amerika matematika musobqasi
- VANDA Xalqaro Science musobaqasi va boshqalar.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
#Olimpiada
#Rivojlanish

🌟Har doim turli tanlovlar, olimpiadalarga o'quvchilarni jalb qilishga harakat qilamiz. Chunki bu kabi sog'lom raqobat bolalarimizni o'sishiga, o'z ustida ishlashiga, rivojlanishiga katta turtki beradi🔥

⚡️Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilarining bir guruhi "Qorako'l olimpiadasi"🏆dagi ishtiroki va g'alabasi uchun taqdirlanishdi.

Ko'zi yonib turgan, intiluvchan yoshlar - bizning kelajagimiz!✨️

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Olimpiada

🔰Joriy yilning 3-9-noyabr kunlari respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu olimpiadalarda respublika bo‘yicha jami 15 937 nafar o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shulardan 10 053 nafari Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilarini tashkil etadi.

📌Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha o‘quvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishlari belgilangan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Olimpiada

AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARNING 66 NAFAR 10-SINF O‘QUVCHILARI OLIMPIADADA G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITISHDI

🔰Xabaringiz bor, joriy yilning 3-9-noyabr kunlari respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

📆5-6--noyabr kunlarida 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida olimpiada o‘tkazilib, natijalar e‘lon qilindi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra Agentlik tizimidagi maktablarning jami 66 nafar 10-sinf o‘quvchilari g‘oliblikni (I, II, III-o‘rin) qo‘lga kiritishdi.

Hududlar kesimida:
Surxondaryo 7
Namangan 7
Farg’ona 7
Xorazm 6
Toshkent shahar 5
Qashqadaryo 5
Andijon 5
Toshkent viloyati 4
Sirdaryo 4
Navoiy 4
Buxoro 4
Samarqand 3
Qoraqalpog’iston 3
Jizzax 2

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube