Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Ўзбек_тили_байрами
#Prezident_maktablari

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabida O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov ham ishtirok etdi.

❗️Tadbir so’ngida Minhojiddin Hojimatov maktab faoliyati va o’quvchilarning yutuqlari bilan tanishdi hamda ular bilan suhbatlashdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tanlov_natijasi

Qizg'in bahslarga sabab bo'lgan tanlov yakunlandi!


Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida 10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida tashkil etilgan "Men voizman" mavzusida o'tkazilgan tanlov natijalari e’lon qilindi.

❗️Mazkur tanlov o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

📚Mazkur tanlovda "Notiqlar" hamda "Voizlar" guruhlari quyidagi shartlar asosida o'zaro bellashishdi:

📙1-shart: Nutq savodxonligi va tartibiga rioya qilgan holda monolog o'qish;

📘2-shart: O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan go'zal tabrik nutqi tayyorlash;

📒3-shart: Jurnalistlik qobiliyatini namoyon etish (bunda guruh a'zolaridan ikki nafar ishtirokchi intervyu tashkil etishi kerak).

📝Guruhlarning ijodiy ishlari hakamlar hay'ati tomonidan xolis baholandi.

❗️Tanlovda eng yuqori ball to’plagan "Voizlar" guruhi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

O’quvchilarimizga keyingi faoliyatlarida ham omad tilaymiz!

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Тилим_байраминг_муборак

21-oktabr - O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
__
Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.

Belanchaging uzra Koshg‘ariy,
Kuylab o‘tdi qadim navoni.
Va navqiron yaproqlaringga,
Dil qonini berdi Navoiy.

Samarqanddan Bobur ketarkan,
Dilda bo‘g‘ib hasrat sasini,
Olib ketdi ona yurtidan,
Turkiy tilim, birgina seni.

Mashrabmas, sen osilding dorga,
Nodiramas, sensan so‘yilgan,
Hoziqningmas, sening, ey tilim,
Boshing ayru, ko‘zing o‘yilgan.

Ammo dushman o‘ldirgan botir,
Tirilgandek yana qasosga,
Mangu borsan va mangu qodir,
To‘ldirmoqqa yerni ovozga.

Vatan uchun baxsh etib jonni,
Kechib olov, kirib daryoga,
Farzandlaring to‘kkan har qonni,
Shimirding sen o‘xshab giyohga.

Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday,
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman.

Xurshid Davron

#Bayram_muborak #Ўзбек_тили_байрами

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi (Махмуда Юлдашева)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ўзбек_тили_байрами
#Ona_tilim_iftixorim
         
21-oktabr Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasining  tabrigi

❗️1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi.

Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.

https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_iftixorim
#Narpay_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

▶️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yillik shodiyona kuni bilan barchani tabriklaydi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim

Ona tili - bu millatning ruhidir....

♻️Prezident ta'lim muassasalari Navoiy viloyati hududiy bo'limi jamoasi barchani 21-oktabr "O'zbek tili bayrami" kuni bilan tabriklaydi.

📌Til- davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma'naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi tarixidir.

Ixtisoslashtirilgan maktablarda faoliyat yuritayotgan maktab direktorlari ona tilimizga bo'lgan hurmat va mehr-muhabbatlarini o'zbek tilida she'r o'qish orqali ifoda etdilar.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

https://👉t.iss.one/Navoiy_PTMA
Forwarded from Nókis Prezident mektebi
🇺🇿 Bugun Nukus shahridagi Prezident maktabida 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan "Til-millat ko'zgusi" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

🔴Unda o'quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan kuy-qo'shiqlar va sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

Ayniqsa, G'ofur G'ulomning “Shum bola” asari asosida teatrlashtirilgan sahna ko'rinishlari yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

🏆Shuningdek, tadbir davomida bayram munosabati bilan tashkillashtirilgan "Ona tili - millat ruhi" shiori ostidagi ommaviy diktant, insholar va esse yozish tanlovlarining g'oliblari faxriy yorliq va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

👉
Instagram | Facebook | Telegram | You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sen_millat_g'ururisan_ona_tilim
#Prezident_maktabi

🟢- Yurtimizning jajji o'g'loni sifatida men o'z yo'limni tanladim. Sizchi?

⚡️Prezident maktabi o'quvchi yoshlari xorijiy tillarni puxta o'rganish barobarida ona tili va adabiyot fanlarida olgan bilimlarini zamonaviy sohalar bilan integratsiya qilishmoqda.

Mualliflar: Media to‘garagi rahbari Shukrullo Toshpo‘latov hamda to'garak a'zolari.

🎥Videorolikni HD formatda ko‘rish.

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM