Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
🔰Agentlik tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga tanlovda ixtisoslik fanlaridan qatnashayotgan pedagog-kadrlar uchun tashkil etilayotgan seminar-treninglar boshlandi.

Ushbu mashg‘ulotlar "Zamonaviy trener" haftaligi davomida saralangan trenerlar tomonidan quyidagi hududlarda bo‘lmoqda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Xorazm viloyati
Navoiy viloyati
Buxoro viloyati
Qashqadaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Samarqand viloyati.

Pedagog kadrlar uchun:
📘 "O‘quvchilar bilan ijobiy muhit yaratish"
📘"Formativ va summativ baholash tamoyillari"
📘"STEAM yondashuvida tadqiqotga asoslangan taʼlim"
📘"Darslarda IT tatbiqi" mavzularida seminar mashg‘ulotlari tashkil qilindi.

📌Mashg‘ulotlarga Agentlik tizimidagi maktablarda faoliyat olib borayotgan mahalliy trener-pedagoglar va xalqaro o‘qituvchilar jalb qilingan.
Ushbu trening Cambridge metodikalari asosida o‘qituvchilar uchun bo‘lmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qabul_2022

📣📣DIQQAT, E'LON!

⚡️PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA QABUL E’LON QILINADI!

Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug'bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYULdan-20-IYULga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

⚡️Qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

⚡️Mazkur maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
❗️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga 5-sinfga;
❗️Mirzo Ulug'bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 7-sinfga qabul bo'ladi.

👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:

☎️Call-markaz raqami: 1206
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
Diqqat e'lon!

Ko'p sonli abituriyentlarning talab va istaklariga binoan Yangi O'zbekiston universitetida qabul jarayonlari yuzasidan kelib tushayotgan savollarga javob berish maqsadida ONLAYN VIDEO MULOQOT tashkil etishga qaror qildik.

⚡️ Video muloqot davomida o'zingizni qiziqtirgan har qanday savolga universitet mutaxassislaridan to'g'ridan-to'g'ri javob olishingiz mumkin.

📲 Video muloqot universitetning TELEGRAM tarmog'idagi sahifasida bo'lib o'tadi.

📆 28-Iyun (Seshanba)
Vaqt: 15:00
👉
Ulanish uchun

—————————————————

🏃 Shoshiling, arizalar joriy yilning 30-IYUN kuniga qadar https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.
#Mutaxassis_javob_beradi
#Pedagog_kadrlar

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga o'qituvchilarni saralab olish tanlovining suhbat bosqichi natijalari qachon e'lon qilinadi?

Suhbat jarayonlari joriy yilning 1-iyuliga qadar davom etadi. Jarayonlar yakunlangandan so'ng, tanlov natijalari haqida joriy yilning IYUL oyida nomzodlarning job.piima.uz saytidan ro'yxatdan o'tgan telefon raqamiga sms-xabarnoma yuboriladi.

Tanlovning suhbat bosqichida nomzodning test jarayonlarida to'plagan bali ham inobatga olinadimi?

Test pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovining 2-bosqichi bo'lib, mazkur bosqichda to'plangan ball nomzodning 3-bosqichga o'tishini belgilaydi. Tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlarga yakuniy natijalar haqida sms-xabarnoma yuboriladi.

❗️Suhbat bosqichi natijalari teng bo'lib qolgan nomzodlarning test ballari inobatga olinadi.
#Statistika_qabul
#Qabul_2022

🔰Agentlik tizimidagi yangi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul yuzasidan ariza.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 28-iyun soat 11:00 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

❗️SHOSHILING! QABUL JARAYONLARI TUGASHIGA SANOQLI KUNLAR QOLDI.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video
#Professors_about_NUU

⚡️ Yangi O'zbekiston universiteti professor-o'qituvchisi Islam AlHadary universitet faoliyati va bu yerda talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

________________

⚡️ Islam AlHadary, a professor at NUU, talked about the university structure and the conditions created for students.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi umumxalq muhokamasida

Ushbu Qonun loyihasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar, xususan taʼlimga oid 41-modda to‘g‘risida Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari D.Kenjayev bilan "Zo‘r TV" telekanalida suhbat bo‘lib o‘tdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Matbuot_anjumani
#Qabul_2022

📣Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar!

⚡️Sizni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan “Prezident maktabiga qabul: imtihonlar, qabul kvotasi va tayyorgarlik jarayonlari” mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif etamiz!

🔺Matbuot anjumanida Siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik rahbariyati va mas'ul xodimlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olishingiz mumkin.

Vaqti: 29-iyun kuni soat 15:00 da
🌏Manzil: Maxtumquli ko'chasi, 1-uy

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Imtihon_2022

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

Prezident maktablari 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorlarga PIIMA nomidan sms-xabarnoma yuborilmoqda.

❗️Sms-xabarnoma 24 soat ichida jo’natiladi.

🔹Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, maʼlumotdan oʻz vaqtida boxabar boʻlish uchun telefoningizga sms-xabarnoma kelganmi yoki yoʻqligini, shuningdek ariza.piima.uz sayti orqali "Shaxsiy kabinet" ni tekshirib turishni unutmang.

🔰Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

📌Yuklab olingan ruxsatnomani chop etib olish shart.

Prezident maktabiga kirish imtihonining 1-bosqichi 1-iyulda bo‘lib o‘tadi.

🏃🏻Imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin kelishingiz shart!
#OAV_biz_haqimizda

“UYG‘OQ FIKR TARBIYASI YOXUD YANGI RENESSANSNI BUNYOD ETISH YO'LIDAGI SA'Y-HARAKTLAR”

🔸Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova "Янги Ўзбекистон" gazetasiga intervyu berdi.

✔️Unda Hilola Umarova Agentlik tizimida amalga oshirilayotgan loyihalar, qo'lga kiritilgan yutuqlar, xalqaro hamkorlik hamda istiqboldagi rejalar haqida so'z yuritdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Эълон

YANGI TASHKIL ETILGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA QABUL BUGUN YAKUNLANADI

⚡️ Shoshiling! Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o'qishga hujjatlar qabuli bugun soat 24:00da yakunlanadi.

✔️ Eslatib o'tamiz, hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_jarayoni
#TV

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish bo‘yicha imtihon jarayonlari

📌Ijodiy imtihonning 7-, 8-, 9-sinflar uchun 2-bosqich suhbat jarayoni TVda yoritildi

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Statistika_qabul
#Qabul_2022

🔰Agentlik tizimidagi yangi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul yuzasidan ariza.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 29-iyun soat 11:00 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube