Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
📣📣📣#ДИҚҚАТ #ЭЪЛОН

Пресс-турга иштирок этиш учун ОАВ вакилларини таклиф этамиз. Ушбу пресс-тур 16 апрель куни cоат: 11:00 да Тошкент шаҳридаги Президент мактабида бўлиб ўтади.

Пресс-тур ва тақдимот Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларни ривожлантириш агентлиги томонидан ташкил этилмоқда.

📌Пресс-тур ва тақдимотнинг бош мавзуси:
“Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактаблар: малакали кадрлар, шаффофлик ва қулайлик”

Дастурдан:
🔹job.piima.uz сайтининг тақдимоти;
🔹малакали педагог кадрларни ишга жалб қилиш мақсадида тайёрланган ижтимоий видеоролик намойиши;
🔹ўқитувчиларни қандай мезонлар асосида танлаб олиниши юзасидан мутахассислар маълумоти ва савол-жавоблар;
🔹Тошкентдаги Президент мактабида педагогик кадрларга яратилган имкониятлар юзасидан пресс-тур ўрин олган.

🏢Пресс-тур ва тақдимотга барча маҳаллий ва хорижий ОАВ вакиллари ва блогерларни таклиф этамиз.

☎️Рўйхатдан ўтиш учун (тел. ва телеграм): 90 974-99-22

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Эълон

TA’LIM MUASSASALARIDA DARSLAR 1 OY ONLAYN DAVOM ETADI

⚡️Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va Sog’liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining takliflarini inobatga olgan holda joriy yilning 24-yanvaridan 24-fevraliga qadar Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida darslar onlayn shaklda davom etishini ma’lum qilamiz.

👉Yangiliklarni Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali kuzatib boring.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Эълон

❗️DIQQAT! DIQQAT!

Hurmatli ota-onalar va o'quvchilar!

⚡️Ertadan boshlab ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlarining o'tgan yilgi test namunalarini e'lon qilishni boshlaymiz.

Test namunalaridan foydalanib, keyingi o'quv yili uchun imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Эълон

❗️DIQQAT! DIQQAT!
Hurmatli ota-onalar va o'quvchilar!

Tez orada Prezident maktablariga qabul imtihonlarining o'tgan yilgi saralash imtihoni namunalarini e'lon qilishni boshlaymiz.

Test namunalaridan foydalanib, keyingi o'quv yili uchun imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Эълон

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda "Madaniyat va ma'rifat" telekanali bilan hamkorlikda "Bilim doirasida" nomli intellektual ring ko'rsatuvi yo'lga qo'yildi.

📆 Bugun, soat 21:00 da mazkur ko'rsatuvning ilk soni efirga uzatiladi.

❗️Unda Xiva shahridagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Marg'ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zaro kuch sinashishadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Эълон

PDQ DASTURI BO'YICHA ISHCHI GURUH O'Z FAOLIYATINI BOSHLADI!

⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan PDQ (Professional development qualification) - kasbiy rivojlanish dasturini joriy etish bo'yicha ishchi guruh o'z faoliyatini boshladi!

❗️Unda Agentlik tizimidagi maktablar rahbar va pedagog kadrlari ishtirok etib, PDQ dasturini joriy etish bo'yicha o'z malakalarini oshirishadi.

Treninglarni olib boradigan Cambridge Assessment International Education tashkiloti mutaxassislari bilan tanishtiramiz:

✔️Stephen Burnage - PDQ dasturi bo'yicha xalqaro ekspert
✔️Sarah Turner - Kasbiy rivojlanish dasturlari bo'limi rahbari
✔️Lisa Sollet - PDQ dasturi bo'yicha xalqaro ekspert
.

📆Treninglar ikki yo'nalishda - rahbar va pedagog kadrlar uchun joriy yilning 5-15-aprel kunlari bo'lib o'tadi.

👉
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazining rasmiy sahifasi: https://t.iss.one/pmm_uz
#Эълон
#Diqqat_qabul

“YANGI O’ZBEKISTON” UNIVERSITETIGA QABUL JARAYONLARI BOSHLANMOQDA!

📣📣
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar!

⚡️Sizni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan "Yangi O'zbekiston" universiteti qabul jarayonlari yuzasidan DAVRA SUHBATIga taklif etamiz!

Unda “Yangi O'zbekiston” universitetiga hujjatlar qabuli hamda fakultet va yo’nalishlarga oid savollarga mutaxassislardan to’g’ridan-to’g’ri javob olishingiz mumkin.

❗️Shuningdek, shu kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligining 2021-yil yakuniga bag’ishlangan hisobot tadbiri bo’lib o’tadi.

Vaqti:
25-aprel kuni soat 15:00 da
🌏Manzil: Toshkent shahridagi Prezident maktabi
📬Savollar uchun: @piimasavollar_bot
#Эълон
#Qabul_2022

❗️DIQQAT E'LON!

📣
📣PRЕZIDЕNT VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 2022-2023-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUNdan-20-IYUNga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• anketa (ma’lumotnoma) shakli (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?

❗️Shuningdek, agar ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan talabgorlar xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadasida g‘olib (viloyat bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rin) bo‘lgan bo'lsalar, bu haqda o'z arizalarida ko'rsatishlari lozim.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul bo'lib o'tadi.

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning:

▶️ aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinflarga
▶️ tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo'lib o'tadi.

👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
#Эълон
#Qabul_2022

❗️DIQQAT E'LON!

📣
📣IJOD MAKTABLARI 2022-2023-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

Ijod maktablariga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUNdan 20-IYUNga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
Agentlik tizimidagi 9 ta ijod maktabi:
🔸Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi,
🔸 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi,
🔸Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi,
🔸Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi,
🔸Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi,
🔸Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi,
🔸Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi,
🔸Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi va
🔸Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga 7- sinfga qabul bo'lib o'tadi.

👉
Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
#Эълон
#Qabul_2022

❗️DIQQAT E'LON!

📣
📣PRЕZIDЕNT VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 2022-2023-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUNdan-20-IYUNga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• anketa (ma’lumotnoma) shakli (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul bo'lib o'tadi.

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning:

▶️ aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinflarga
▶️ tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo'lib o'tadi.

❗️Shuningdek, agar mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan talabgorlar xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadasida g‘olib (viloyat (uchinchi) bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rin) bo‘lgan bo'lsalar, bu haqda o'z arizalarida ko'rsatishlari lozim.

👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:

☎️Call-markaz raqami: 1206
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
#Эълон

📣📣DIQQAT, E'LON!

Ijod maktablarida ijodiy imtihonlar 24-iyun kuni boshlanadi!

☎️Imtihon vaqti va manzili haqida talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

Kirish imtihonlari necha bosqichdan iborat?
❗️Ijod maktablariga saralash imtihonlari uch bosqichda o‘tkaziladi. Yo‘nalishlar bo‘yicha saralash imtihonlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Ona tili yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (yozma ish)
2️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (suhbat)
3️⃣-bosqich: test sinovi - (ona tili va adabiyot, chet tili hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test).

Xorijiy til yo‘nalishi bo'yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (yozma ish)
2️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (suhbat)
3️⃣-bosqich: test sinov (chet tili, ona tili va adabiyot, IQ ni aniqlash bo‘yicha test).

Xorijiy til yo‘nalishida ijodiy imtihonlar xorijiy tilda o'tkaziladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube