Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
78.7K subscribers
21K photos
2.64K videos
73 files
7.68K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Faxrimiz
#Xalqaro_olimpiada

AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTAB O'QUVCHILARI DUBAYDA BO'LAYOTGAN TABIIY FANLAR OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISHMOQDA

⚡️Birlashgan Arab Amirliklarida 12-21-dekabr kunlari bo'lib o'tadigan 18-Xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasida (IJSO) O'zbekistondan 6 nafar o'quvchi ishtirok etmoqda.

Ular orasida Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi maktablar o'quvchilari ham bor:

🔸Ahror Bahodirov (Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi)

🔸Shahzoda Hakimova (Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi)

🔸Sohibjon Dilmurodov (Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi)

Mazkur olimpiadada O'zbekiston terma jamoasiga zafar yor bo'lishini tilab qolamiz.

🔰Ma'lumot o'rnida, bu yilgi olimpiada gibrid formatda, ya'ni har bir ishtirokchi davlatdan 1 nafar terma jamoa rahbari bevosita qatnashadi, terma jamoa a'zolari hamda 2 nafar jamoa rahbari esa onlayn shaklda ishtirok etishi belgilangan.
#El_bayraǵı_erligińniń_belgisi

14-dekabr Qaraqalpaqstan Respublikası Mámleketlik bayraǵınıń qabıl etilgenine 29 jıl tolıwı múnásibeti menen I.Yusupov atındaģı dóretiwshilik mektebinde ádebiy keshe shólkemlestirildi.

🌳 Ilájdan fotokórinisler

___

🔸14-dekabr Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat bayrog'ining qabul qilinganligiga 29 yil to'lishi munosabati bilan I.Yusupov nomidagi ijod maktabida bayram kechasi tashkil etildi.
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Интерактив_машғулот

🏢 Joriy yilning 14-dekabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti prorektori Zokirjon Yuldashev Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurib, maktab o'quvchilari bilan uchrashdi.

🔹 Uchrashuv davomida o'quvchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

✔️Tadbir so'nggida o'quvchilar oliygohning "Rektor stipendiyasi" sohiblari bo'lgan eng faol talabalari tomonidan tashkil etilgan interaktiv mashg’ulotlarda qatnashish bilan birga o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Фарзандим_Президент_мактаби_ўқувчиси
#Buxoro_Prezident_maktabi

FARZANDI PREZIDENT MAKTABIDA O‘QIYDIGAN OTA-ONALAR BILAN SUHBATLASHISHDA DAVOM ETAMIZ.

🔸Sadriddin Sayfiyev - bog'bon, Gulnora Sayfiyeva esa uy bekasi. Oilada yagona farzand bo'lgan Azizbek Saidov Buxoro shahridagi Prezident maktabining 8-sinfida tahsil oladi.

- Imtihon natijalari e'lon qilinib, o'g'lim 7-o'rinda Prezident maktabiga o'qishga kirganini eshitganimdagi quvonchimizni tasvirlab berolmayman. Umid qilamanki, Azizbek yurtimizga foydasi tegadigan inson bo'lib yetishadi, deydi Gulnora opa.

- Haqiqat bor ekan... Biz Prezident maktabining ochilish marosimiga bordik, yaratilgan qulayliklar bilan tanishdik. Bunday shaoitlar avval bo'lmagan. O'g'lim kelajakda diplomat bo'laman, deydi - niyatiga yetqazsin, deydi Sadriddin aka.
__
We continue to make interviews with the parents whose children study at the Presidential School. Sayfiyev Sadriddin is a gardener and Sayfiyeva Gulnora is a housewife. Azizbek is a eighth-grade pupil.
#Seminar_trening

🔰 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan direktor o‘rinbosarlari, pedagoglar, Yoshlar yetakchilari va psixologlar uchun seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Ushbu treninglar Agentlik direktori maslahatchisi E’zoza Karimova tomonidan olib borilmoqda.

📌 Jumladan, Samarqand, Andijon va Qarshi shaharlaridagi Prezident maktablarida tashkil etilgan seminarlarda Abdulla Oripov va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablari pedagog xodimlari ham ishtirok etdilar.

✏️ Seminar-treninglar doirasida:
oʼquvchilarning darsdan boʼsh vaqtlarini mazmunli va samarali oʼtkazishni ta’minlash;
o‘quvchilarda jamiyatda boʼlayotgan oʼzgarishlar va islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish;
ommaviy madaniyat taʼsiridan himoya qilishga qaratilgan maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlari samaradorligini oshirish;
psixolog va tarbiyachilarning ish jarayonini tashkil qilish bo'yicha zaruriy bilim va ko'rsatmalar berildi.
#Xushxabar
#Faxrimiz

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabining 2 nafar bitiruvchi sinf o'quvchilari Amerika Qo'shma Shtatlarida joylashgan nufuzli universitetlarga talabalikka qabul qilindilar.

🏢 Jumladan, nufuzli Templ Universitetiga qabul qilingan 11-sinf o'quvchisi Janibek Aytbayev uchun universitet tomonidan $40.000 miqdorida grant ajratildi. Hofstra Universiteti talabasiga aylangan Nodira Kazakova esa ushbu universitetning $108 000 miqdoridagi Prezident stipendiyasiga sazovor bo'ldi.

📌Ma'lumot o'rnida, Templ Universiteti milliy universitetlar reytingida 103-o'rinda, Hofstra Universiteti esa 162-o'rinda turadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube