Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
70.3K subscribers
21K photos
2.63K videos
73 files
7.65K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Biz_bir_jamoamiz
#Ijod_maktablari

"Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi. Bu yerda fondning “Zamin Creative” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🔸Loyiha doirasida ijod maktabida mediasavodxonlik, dizayn, teatr san'ati yo'nalishlarida ijodiy studiyalar tashkil etilgan.

“Zamin Creative” loyihasi har bir inson o‘zaro muloqot qilish, ijodiy ko‘nikma va yangi kasblarni egallashi mumkin bo‘lgan inklyuziv muhit yaratishni maqsad qilgan.

📍 “Zamin Creative” studiyalari istiqbolda Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ham ochilishi rejalashtirilgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi suhbatdoshimiz - "Yangi O'zbekiston" universitetida faoliyat boshlagan hindistonlik professor Dr. Minesh S. Ade.

📝 Doktor Minesh "Yangi O'zbekiston" universitetida Dasturiy ta'minot fakultetida dars beradi.

- Mazkur universitetning aynan Prezident tashabbusi bilan tashkil etilganligi meni o'ziga jalb qildi. Zero, ushbu universitetda men va menga o'xshagan o'qituvchi mutaxassislarning rivojlanishi uchun juda ko'p imkoniyatlar mavjud ekanligini ko'ryapman.
_______

We have interviewed today an Indian professor, Dr. Minesh S. Ade, who is continuing his professional career at the New Uzbekistan University.

📌 Dr. Minesh has almost 21 years of Teaching and Research experience.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

✳️ O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag'ishlangan chora-tadbirlar davom etmoqda...

⚡️ Navbatdagi tadbir Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda Milliy gvardiya boshqarmasi o'rtasidagi o'zaro hamkorlik memorandumiga muvofiq tashkil etildi.
🔴 O'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'ularini yanada mustahkamlash, ularda sport-sog'lomlashtirish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o'ziga xos tadbirda faxriylar, ite'fodagi harbiylar ham ishtirok etishdi.
Dastlab, yoshlarimiz kamondan otish va ko'pkurash musobaqalarida o'zaro bellashdilar.
Qizg'in va murosasiz kechgan bahslarda g'alaba qozongan o'quvchilarimiz maxsus diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
📌 Tadbir davomida, ayniqsa, Milliy gvardiya boshqarmasi maxsus guruhining ko'rgazmali chiqishlari barchada birdek iliq taassurot qoldirdi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram|Facebook
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sirdaryo_Prezident_maktabi

🔸Sirdaryo MTRK telekanali tomonidan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabi faoliyati haqida lavha tayyorlandi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#3_декабрь_халқаро_ногиронлиги_бўлган_инсонлар_куни

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabi va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari "Mehrimiz sizga" xayriya aksiyasida ishtirok etdi.

Tadbir "Mening yurtim" telekanalining "Hudud" information dasturida yoritildi.
#Ўзбегим_журнали

🔰 Joriy yilning 1-3-dekabr kunlari Farg'ona viloyati bo'ylab "Adabiyot kunlari" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir doirasida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Inson o'zing" adabiy-badiiy tadbir va ijod maktablari o'rtasida "Tong nafasi ilhomlari" ijodiy tanlovi bo'lib o'tdi.

📕Shu munosabat bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi tomonidan tayyorlanadigan "O'zbegim" adabiy-badiiy jurnalining maxsus bayram soni chop etildi.

📌 Jurnalning to'liq varianti bilan quyida tanishishingiz mumkin.
#Konstitutsiya_29_yil
#Chavandozlik

📖 Bugun, 6-dekabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Konstitutsiya qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- Har bir fuqaro o'z Konstitutsiyasini bilishi kelajakda unga qo'yayotgan har bir qadamida, ustuvor rejalarida yuqori natijalarga erishishiga katta yordam beradi. Fursatdan foydalanib, barchangizni bosh qomusimiz - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

📌 Tadbirdan o'rin olgan badiiy chiqishlar davomida o'quvchilar o'z mahoratlarini namoyish etdilar. Tadbir so'nggida O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi rahbariyati ishtirokida "Chavandozlik" harbiy sport to'garagining ochilish tadbiri bo'lib o'tdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💻👥GDG DevFest Tashkent 2021!

Yilning eng kutilgan IT konferensiyalaridan biri Google Developer Groups DevFest 2021 yana qaytmoqda! Ushbu yirik konferensiyada xalqaro ekspertlar 1000dan ortiq ishtirokchilar bilan Android, Web, Dizayn, AI va Cloud texnologiyalari haqida o’z tajribalarini bo’lishadilar!

🗓📍Qachon va Qayerda?
11-dekabr: Online
12-dekabr: Yangi O’zbekiston Universiteti

✍️Ro’yxatdan o’tish:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-gdg-devfest-tashkent-2021/

🤩Konferensiya davomida sizni IT sohasida unutilmas tajriba, networking va jamoamiz nomidan ajoyib sovg’alar kutmoqda! Shoshiling, joylar chegaralangan!
__________
Digital Generation Uzbekistan
#Xalqaro_nogironlarni_himoya_qilish_kuni
#Prezident_maktabi

⚡️BMT Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi "3 -dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" deb e'lon qilish to'g'risidagi qarori va “O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida”gi Qonunning amaldagi natijasi o'laroq Respublika bo'ylab turli ijtimoiy hayriya aksiyalari, loyihalar va tadbirlar o’tkazilmoqda .

⚡️Shu munosabat bilan Toshkent shahridagi Prezident maktabining o’qituvchi va o’quvchilaridan iborat jamoa ham Imkoniyati cheklangan bolalar uyida bo'lib, ,"Mehr ulash" xayriya aksiyasi doirasida madaniy dastur tashkil etildi va sovg'alar ulashildi.

⚡️O’quvchilar tomonidan kuylangan kuy-qo’shiq va raqslar jajji mehrga tashna qalblarga bir olam shodlik ulashdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube