Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Hafta davomida o‘tkazilgan treninglar pedagog kadrlarning Prezident maktablarida Cambridge Assessment dasturidan samarali foydalanishini ta’minlashda ko'maklashadi.

Shuningdek, bugungi tadbir ularning yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlarida ham yordam beradi.

🔸Tadbirni Agentlik direktori Hilola Umarova ochib berdi:
“Zamonaviy ta'lim tizimida o‘quvchidan bilimga asoslangan ma'lumotlardan ko‘ra, amaliyot ko‘nikmalari talab etilmoqda. Shunday ekan, sifatli ta'lim tizimini tashkil qilish uchun malakali ustozlarga ehtiyoj bor. Pedagoglarimiz uchun tashkil etilgan mazkur o‘quv-trening haftaligi ularning ish tajribasida ko’makchi bo’ladi, deb o‘ylayman va kelgusi faoliyatingizda muvaffaqqiyat tilayman”.

🔸Cambridge Assesment tashkilotining o‘quv dasturlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abbygail Barnett:
“Malaka oshirish haftasi haqiqatda chuqur taassurotlarga boy bo’ldi. Kelgusida Agentlikning yangi pedagog kadrlari uchun ham treninglarni davom ettiramiz".

⚡️Tadbir davom etmoqda.
Bugungi ma'naviy-marifiy tadbir davomida xorijiy mutaxassislar ishtirokida milliy qadriyatlarimiz bo‘yicha interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

🔸Shuningdek, “Marvarid” bolalar guruhi, “Sabo”, “Ko‘k choy” guruhlari chiqishlari hamda taniqli san’atkorlar kuy-qo‘shiqlari yig’ilganlarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

⚡️Ma'lumot o'rnida, trening yakunlangach, ishtirokchilarga Cambridge Assesment tashkiloti tomonidan xalqaro sertifikatlar taqdim etiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Президент мактаблари ўқитувчиларининг ҳафталик ўқиши якунланди
#11sept #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Trening #xalqaro_hamkorlik

-Xalqaro tajriba
-Amaliyotga asoslangan bilim
-Interaktiv mashgʻulotlar
-Laboratoriya ishlari
-Oʻzaro fikr almashish imkoniyati...

🎥 Bularning barchasi Prezident taʼlim muassasalari agentligining pedagog kadrlari uchun Cambridge Assessment bilan hamkorlikda tashkil etilgan oʻquv-treningdan oʻrin oldi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Agentlikning mahalliy va xorijiy pedagoglari uchun tashkil etilgan xalqaro oʻquv-trening haftaligi yakuniga bagʻishlangan tadbirdan lavhalar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bor, joriy yilning 10-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Axborot texnologiyalari sohasida salohiyatli kadrlar tayyorlash va iqtidorli yoshlar bilan tizimli ishlash masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

🔸Mazkur mavzu yuzasidan Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova va xorijiy mutaxassislar "O'zbekiston24" telekanalining "Таҳлилнома" ko'rsatuvida fikr bildirishdi.
#Xorijiy_OAV

Hindistonning indiaeducationdiary.in saytida 8-sentabr-Xalqaro savodxonlik kuniga bag'ishlab O'zbekistondagi ta'lim tizimi haqida maqola e'lon qilindi. Unda, jumladan:

🔸O‘zbekistondagi ta'lim tizimida erishilayotgan yutuqlar;

🔸Prezident ta'lim muassasalari agentligi va UNESCO hamkorligida ishlab chiqilgan o‘qituvchilar malakasini oshirishning o‘zbek TDP@Scale modeli hamda

🔸mazkur model yordamida Agentlik tizimidagi maktablarda va kelajakda butun Respublikadagi o‘qituvchilar malakasini oshirishda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha imkoniyatlarning taqdim etilishi;

🔸O'zbekistonda maktablarning yangi modeli - STEAM o‘quv dasturi asosida ta'lim beriladigan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar haqida so‘z boradi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Хориждаги мактабларда ўқитувчилар камроқ сўзлаб, кўпроқ ўқувчи гапиради. Бизда эса акси ўқитувчи кўп гапиради, ўқувчилар фақат эшитади.

@yangidavr_rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandi Prezident maktabida o'qiydigan ota-onalar bilan suhbatlashishda davom etamiz.

🔹Alisher Bekniyazov - payvandchi, Muhabbat Eshimova esa uy bekasi. Uch farzandning ota-onasi Qoraqalpogʻistonning Taxıyatosh shahrida istiqomat qilishadi. Ularning kenja farzandi Jasurbek Eshniyazov Nukus shahridagi Prezident maktabining 8-sinfida tahsil oladi.

🔶 Jasurbek umumta’lim maktabida olgan bilimi asosida Prezident maktabiga o‘qishga kirgan bu iqtidorli o‘quvchi hozirgi kunda Prezident maktabining eng namunali o'quvchilaridan biri.

- Farzandim Prezident maktabiga kirish imtihonining birinchi bosqichidan o‘tganini eshitganimdayoq juda quvongandim. Hozirda uning ushbu maktabning o‘quvchisi ekanidan xursandman,-deydi Muhabbat opa.

- Prezident maktabida o'qish uchun barcha sharoitlar yaratilgan, o'g'lim bilan maktabi haqida gaplashganimda dunyoqarashi, fikrlashi kengayganini sezaman,-deydi Alisher aka.
#Infografika

PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TOMONIDAN
2021-YILDA AHOLIGA VA PEDAGOG KADRLARGA QULAYLIK YARATISH MAQSADIDA QUYIDAGI INTERAKTIV XIZMATLAR YARATILDI.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube