Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
61.2K subscribers
20.7K photos
2.62K videos
72 files
7.58K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Mustaqillik_30yil #Bayram_shukuhi

Bugun, 30-avgust kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi va “Digital Generation Uzbekistan” NNT tomonidan tashkil etilgan “Raqamli avlod IT oromgohi” tadbirining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

✔️Unda faol ishtirokchilar va “Hackathon” (Respublika dasturchilar musobaqasi) g‘oliblari taqdirlandi.

🔰Tadbirda Agentlik rahbari Hilola Umarova so'zga chiqib, ishtirokchilarni tabrikladi:

“Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida bunday tadbirlarning tashkil etilishi yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan ulkan e’tibordan darakdir. Sizlar bizning umidimizsiz. Har biringizni bu yerda ko’rib turganimdan xursandman. Omad doimo yor bo'lsin”.


🔸Ma'lumot o'rnida, Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Raqamli avlod IT oromgohi” 23-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar Web-dasturlash, .NET dasturlash, 2D dizayn, Raqamli media va marketing, Robototexnika kabi yo'nalishlar bo'yicha bilim olishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod

Prezident ta'lim muassasalari agentligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi va “Digital Generation Uzbekistan” NNT tomonidan tashkil etilgan “Raqamli avlod IT oromgohi” faoliyatidan lavhalar.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 30 йиллигига бағишланган байрам тантанасини қуйидаги ҳаволалар орқали томоша қилинг:

YouTube

Facebook
#Tabriknoma
#Mustaqillik_30_yil

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

1-sentabr— biz uchun yangi davrni boshlab bergan bu qutlug‘ sana Vatanimiz taraqqiyoti va ravnaqi ramziga aylangan. Ezgu intilishlarga qanot bag‘ishlovchi ham, inson manfaatlari yo'lidagi islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlovchi qudratli kuch ham - mustaqillikdir.

Shunday ekan, ko‘p millatli xalqimizni O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy qutlaymiz! Barchangizga mustahkam sog'liq, xotirjamlik va farovonlik tilab qolamiz.

Hurmat bilan, Prezident ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
#Mustaqillik_shukuhi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi ilk bitiruvchilarining tabrigi

Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami bilan "El-yurt umidi" jamg'armasi stependiantlari, Amerika Qo'shma Shtatlarida ta'lim olayotgan ilk bitiruvchilarimiz - Shahrizoda Rizaqulova, Rahmatjon Gaipov, Temurbek Sulaymonov, Abdulaziz Mirsagatov, Anvarbek Normurodovlar aziz yurtdoshlarimizga o'z tabriklarini yo'llashdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_OAV #Mustaqillik_30yil

Cambridge Assessment tashkilotining rasmiy veb saytida Prezident maktablari haqida maqola va video e’lon qilindi.

⚡️"Ochilganiga endigina 2 yil bo‘lgan Prezident maktablarining o‘quvchilari A level imtihonlarida tarixiy natija qayd etib, bitiruvchilarning katta qismi xorijiy o’quv yurtlariga o‘qishga qabul qilindilar”.

🔹 "Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova: “Ta'limga kiritilgan investitsiya juda muhim sarmoyadir. Chunki, biz bu orqali mamlakat kelajagiga investitsiya kiritmoqdamiz".

🔸"Cambridge Assessment tashkilotining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi Steve King: "Prezident maktablari Kembrij bilan hamkorlikda tashkil etilgan va bu yerdagi natijalar ikki tarafning ham yutug‘i hisoblanadi.Prezident maktablarida tahsil olayotgan yoshlar mamlakat kelajagiga katta hissa qo‘shadilar, deb o’ylayman"

📌Videoda, shuningdek, Agentlik tomonidan UNESCO bilan hamkorlikda o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan treninglar haqida so‘z boradi.
#Xorijiy_OAV #Mustaqillik_30yil

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universiteti haqida Cambridge University Press saytida maqola e'lon qilindi.

📌Unda Universitetning Markaziy Osiyo va butun dunyoda birinchi darajali fan va texnologiya markaziga aylanishi xususida so'z boradi.

⚡️Yurtimizdagi kelajakda eng muhim bo'lishi kutilayotgan kasblar aniqlandi va "Yangi O'zbekiston" universitetida aynan mazkur yo'nalishlar bo'yicha tahsil olish joriy etildi.

🔰Hamkorlik
▶️Myunxen texnika universiteti (TUM) faxriy prezidenti, professor doktor Volfgang A.Herrmann "Yangi O'zbekiston" universitetining faxriy prezidenti
▶️ TUM Yangi O'zbekiston Universitetining strategik va operativ hamkori
▶️ Massachusets Texnologiya Instituti o'quv dasturlarini ishlab chiqish, almashish dasturlari va malakasini oshirish bo'yicha hamkor
▶️ Cambridge Admission Testing tashkiloti kirish imtihonlarini ishlab chiqadi va qo'llab-quvvatlaydi.
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlab Prezident ta'lim muassasalari agentligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi va “Digital Generation Uzbekistan” tomonidan “Raqamli avlod IT oromgohi” loyihasi tashkil etildi

Unda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, Toshkent shahridagi “SOS-O‘zbekiston bolalar mahallalari” va eshitish qobiliyati zaif bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari uchun dasturlash, 2D dizayn, robototexnika, raqamli media /marketing bo'yicha onlayn darslar tashkil etildi. Shuningdek eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun dasturiy ta'minot bilan oflayn robototexnika darslari o'tkazildi.

Prezidentimizning Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrifi chog‘ida Samarqand shahridagi Prezident maktabida o‘qish istagini bildirgan Sevinch O‘roqboyeva ham ushbu oromgoh loyihasida ishtirok etdi.

Yoshlarimizga berilgan intensiv bilim va ko'nikma ularning yangi loyihalar ustida ishlashida ko'makchi bo'lishiga ishonaman.
#Diqqat_imtihon

📣"Yangi O'zbekiston" universitetiga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

Tanishtiruv va kirish imtihon kunlari vaqti aniq bo'ldi!

Pandemiya talablarini hisobga olgan holda, tanishtiruv va kirish imtihoni joyi "Bunyodkor" stadioniga (Milliy stadion) o'zgartirildi.

📲“Yangi O'zbekiston” universitetiga kirish imtihonining RUXSATNOMASI tayyor.
Ruxsatnomani ariza.piima.uz saytiga ID raqamingizni kiritgan holda yuklab oling. ID raqamingiz sms orqali ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingizga jo'natildi.

✔️"Yangi O'zbekiston" universitetiga tanishtiruv kuni:
🔴Sanasi: 5-sentabr
Vaqti: 14:00
🌏Manzil: “Bunyodkor” stadioni (Milliy stadion)
🧭Geolokasia: shu yerda👈

✔️"Yangi O'zbekiston" universitetiga kirish imtihoni:
🔴Sanasi: 6-sentabr
Vaqti: 18:00
🌏Manzil: “Bunyodkor” stadioni (Milliy stadion)
🧭Geolokasia: shu yerda👈

❗️Imtihonga va tanishtiruv kuniga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va chop etilgan ruxsatnoma bilan kelish so‘raladi.

Imtihon vaqtidan 1 soat oldin kelishni unutmang!
#Сўраган_эдингиз

So‘nggi paytlarda imtihon natijalari bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushmoqda. Ulardan eng ko‘p so‘ralgan savollarga javob beramiz.

Prezident maktabiga kirish imtihoni javoblari qachon e’lon qilinadi?
▶️Kirish imtihoni natijalari Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan 16-sentabrgacha e’lon qilinishi ko’zda tutilgan.

Prezident maktabi imtihon natijalari e’lon qilingunga qadar farzandim o'zi tahsil olgan maktabda o‘qib tursa bo‘ladimi?
▶️Ha. Prezident maktablari natijalari chiqqunga qadar har bir o’quvchi o’zi tahsil olgan maktabida o‘qishni davom ettirishi mumkin. Prezident maktablarida o‘qish taxminan oktyabr oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Farzandim Prezident ta’lim muassasalari tizimidagi ixtisoslashtirilgan va Prezident maktabga imtihon topshirgan edi. Ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qishga kirdi. Hozir ushbu maktabda o‘qishni boshlab, keyin Prezident maktabi imtihon natijalariga ko'ra, o'qishini o‘tkazsa bo‘ladimi?
▶️ Agar o‘quvchi Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilingan bo‘lsa va Prezident maktabi imtihoni natijalari e’lon qilingandan so‘ng, ushbu o‘quvchining Prezident maktabi imtihonidan ham o‘tganligi ma’lum bo‘lsa, bu o‘quvchi o‘qishini ko‘chirib, ta’limni Prezident maktabida davom ettirish imkoniyatiga ega.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar

PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARINING 98 % BITIRUVCHISI TALABA BO‘LDI

✔️Bu yil Agentlik tizimidagi 6 ta ijod maktabi:

▶️ Nukus shahridagi I. Yusupov nomidagi ijod maktabi;
▶️Marg'ilon shahridagi E.Vohidov nomidagi ijod maktabi;
▶️ Andijon shahrida joylashgan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
;
▶️Namangan viloyatidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
▶️ Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;
▶️Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktablarini jami 160 nafar bitiruvchi tugatdi.

✔️Shundan 98 foizi xorijiy va mahalliy OTM larga o'qishga kirishdi.

⚡️Jumladan, Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 39 nafar bitiruvchisining hammasi mahalliy va xorijiy oliygohlar talabasi (ulardan 27 nafari mahalliy OTM larga, 12 nafari esa xorijiy oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilingan) bo‘lishdi.

📌Agentlik tizimidagi qolgan 3 ta ijod maktabida 2020/2021-o'quv yilida bitiruvchi sinflar mavjud emas.