Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44K subscribers
18.4K photos
2.36K videos
70 files
6.78K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Trening

Namangan shahridagi Prezident maktabida "Face to face with the leader" loyihasining navbatdagi soni o'tkazildi.

⚡️Loyiha mehmoni "Super xotira" egasi, O’zbekiston Mnemosport federatsiyasi prezidenti Davron Turdiyev bo'ldi.

🔹Loyiha interaktiv tarzda savol - javoblar bilan olib borildi. Davron Turdiyev treningni amaliy jarayonda ko'rsatib, xotirani kuchaytirish sir-sinoatlarini ochib berdi. O'quvchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga munosib javoblar oldilar. Ushbu treningda o'quvchilarni kasbga yo'naltirish bo'yicha muhim tavsiyalar berildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Trening

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda Agentlik huzuridagi maktablar o'qituvchilari malakasini oshirish maqsadida trening mashg'ulotlari o'tkazilmoqda. Mazkur treninglarning ilk manzili Nukus shahridagi Prezident maktabi bo'ldi.

🔸Trening jarayonini ZOOM platformasi orqali Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova ochib berdi va ishtirokchilarga trening ishida muvafaqqiyat tiladi.

🔰Treningda Nukus shahridagi Prezident maktabi va Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi o'qituvchilari ishtirok etishdi. Mashg'ulotlardan ko'zlangan maqsad, ishtirokchilarni zamonaviy yondashuvlarni ta'lim jarayoniga tatbiq qilish va ta'limda baholash metodikasi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

✔️Trening mashg'ulotlari xalqaro toifadagi o'qituvchi-trener Tomas Topham va mahalliy trener-o'qituvchilar boshchiligida o'tkazildi.

📌Bu kabi treninglarni muntazam ravishda gibrid shaklda (ham onlayn, ham offlayn tarzda) tashkil etish ko'zda tutilgan.