Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
DG Design Week- dizayn haftaligi mentori bilan tanishing!

Nurjahon Farmonov - grafik dizayner, eventmaker. Design Club Uzbekistan asoschisi.

Dizayn sohasida 3 yildan beri professional faoliyat olib boradi. Shu kungacha ko’plab milliy va xalqaro (UNDP) tashkilotlar hamda asaxiy.uz va boshqa proyektlarda ishlagan. O’zbekistonda ilk bor chop etilgan “Stiv Jobs”, “Raqamli Qal'a” kabi jahon bestsellerlari dizayni muallifi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_shahri

Prezident maktablariga qabul qachondan boshlanadi.

—————————————————

#Тошкент_шаҳри

Президент мактабларига қабул қачондан бошланади.

@markaziytv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatlar #Video

Prezident maktablariga onlayn ariza topshirish bo‘yicha savollaringiz bormi?

Unda ushbu bosqichma-bosqich yo‘l ko‘rsatuvchi video-qo‘llanma siz uchun!
——
У вас есть вопросы о подаче заявления в Президентские школы онлайн?

Данная пошаговая видеоинструкция специально для вас!
——
Do you have any question about applying to Presidential schools online?

This step-by-step video-guide is for you!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Olimpiada

“Agentlik Ingliz tili olimpiadasi"ga start berildi

Oʻzbekison Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida 2021-yil chet tillarini oʻqitishni rivojlantirish ustuvor yoʻnalish sifatida tanlandi.

👩🏻‍💻🧑🏻‍💻Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik direktorining buyrugʻi asosida Agentlik tizimidagi maktablar uchun ikki bosqichli “Agentlik Ingliz tili olimpiadasi”ni tashkil etish belgilandi. Olimpiada 6-7, 8-9 va 10-11 sinf oʻquvchilari uchun oʻtkaziladi.

Bugun olimpiadaning 1-bosqichi onlayn tarzda test.piima.uz platformasida oʻtkazildi. 1-bosqichda har bir maktabdan 9 tadan, jami 144 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Natijalarga koʻra, har bir yosh toifasida eng yaxshi 10 tadan, jami 30 oʻquvchi finalga yoʻllanma oladi.

🥇Har bir yosh toifasida gʻoliblar mos ravishda smartfon (3-oʻrin), televizor (2-oʻrin) va noutbuk (1-oʻrin) bilan taqdirlanadi.
#Xotira

Bugun Guliston shahrida O‘zbekiston xalq shoiri, “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi Halima Xudoyberdiyevaning tavallud kuni munosabati bilan ma’rifiy-adabiy tadbir o‘tkazildi.

Unda ishtirok etgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova o‘z nutqida Halima Xudoyberdiyevaning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida to‘xtaldi:

- Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijod olami vakillarining haqiqiy maʼnoda qadr topishi yo‘lida keng islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shoira izdoshlarini kashf etish va ularning o‘z isteʼdodlarini keng namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan Halima Xudoyberdieva nomidagi ushbu ijod maktabida ko‘plab Halimalar tahsil olmoqda va maktabni bitirib chiqadigan oʼquvchilarimiz Halima Xudoyberdievaning vorislari bo'lishiga ishonamiz. Bugungi xotira kechasi yoshlarga shoira hayotini ibrat sifatida yanada yaqindan o‘rganishlari uchun imkon beradi
.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul #Prezident_maktablari

Prezident maktablariga 2021/2022 o'quv yili uchun qabul jarayonlari boshlangani haqida "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturida lavha efirga uzatildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Sayyor_trening

✈️ Qabul bo‘yicha sayyor trening Andijonda

Agentlik tomonidan 2021-2022-o‘quv yilida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh ayni paytda Andijon shahrida bo‘lib turibdi.

🔰 Qabul jarayonini to‘g‘ri tashkillashtirish, talabgor-o‘quvchilarning onlayn topshirilgan hujjatlarini ko‘rib chiquvchi operatorlar uchun trening olib borilmoqda.

🔹Trening davomida mazkur jarayonga mas’ullar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik muammolarni oldindan hal etish bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishdi. Shuningdek, trening jarayoniga Zoom orqali Agentlik mutaxassislari ham ishtirok etishdi, mavjud savollarga o'z o'rnida javob berildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube