Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44.5K subscribers
18K photos
2.32K videos
70 files
6.68K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#teatr_ibratxonadir
#hududiy_bosqich

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarining “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr - ibratxonadir” shiori ostidagi tanlovning hududiy bosqichiga start berildi.

Bugun, Agentlikning Toshkent shahri va Farg’ona viloyatlarida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Turon yulduzlari" jamoasi "Toʻmaris" spektakli bilan gʻolib boʻlib, tanlovning Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

Hududiy bosqich Agentlikning Fargʻona viloyatidagi maktablari teatr jamoalari oʻrtasida ham davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlov Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida 17-fevral - 6-mart kunlari o‘tkaziladi. 14 ta hududdan eng yaxshi deb topilgan teatr jamoasi keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hafta_dayjesti

⚡️OʻTGAN HAFTADA AGENTLIK HAYOTIDA ROʻY BERGAN MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Buyuk Britaniyaning Oxford AQA taʼlim tashkiloti vakillari bilan muzokara oʻtkazdi.

Agentlikning Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan maktablari oʻquvсhilаri oʻrtasida “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi yakunlandi.

Oqdaryo tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari oʻzlari tanlagan OTM yoʻnalishi boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligining barcha sertifikatlariga ega boʻldi.

Agentlik tizimidagi maktablarda buyuk sarkarda, davlat arbobi va mumtoz adabiyot namoyandasi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi keng nishonlandi.

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Namangan viloyat hokimi oʻrinbosari Dinara Yakubova bilan uchrashuv tashkil etildi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Sarvar Muxiddinov IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

Prezident maktablarining ish tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan amaliy seminar bo’lib oʻtdi.

Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tuman hokimi Ahrordek Mansurov, sektor rahbarlari hamda mutasaddi idora vakillari bilan muloqot tashkil etildi.

Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida OʻzFA akademigi, Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institut direktori Xolboy Ibraimov ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali rahbari Ahadjon Akbarov bilan uchrashdi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” kafedrasi professori, bir qator xorijiy universitetlarning faxriy professori, biologiya fanlari doktori, akademik Bahriddin Zaripov ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️REKORD NATIJA: BITIRUVCHIMIZ XORIJIY UNIVERSITETNING 420 000 AQSH DOLLARIGA TENG TOʻLIQ GRANTINI QOʻLGA KIRITDI

🤩 Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashurov AQShning Chikago universitetiga toʻliq grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Bitiruvchimiz yutgan grant miqdori 420 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Eʼtiborlisi, Asilbek Chikago universitetining toʻliq grantiga sazovor boʻlgan ilk oʻzbekistonlik oʻquvchi boʻldi.

Maʼlumot oʻrnida, Chikago universiteti dunyo miqyosida 14-oʻrinda, iqtisod sohasi bo‘yicha 4-oʻrinda turadi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

🤩 Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Sitora Otaboyeva IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#iqtibos

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz yoshlari bilan muloqotidagi nutqidan
#uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#teatr_ibratxonadir
#hududiy_bosqich

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘rtasida "Teatr – ibratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning hududiy bosqichi qizg‘in davom etmoqda.

Bugun, Agentlikning Sirdaryo, Fargʻona viloyatlarida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻzaro bellashdi. Yakuniy natijalarga koʻra:

Sirdaryo viloyati bosqichida – Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi teatr jamoasi;

Farg‘ona viloyati bosqichida – Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabining teatr jamoasi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Hududiy bosqich Agentlikning Toshkent viloyatidagi maktablari teatr jamoalari oʻrtasida ham davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Teatr – ibratxonadir" shiori ostidagi mazkur tanlov 17-fevraldan 6-martgacha Agentlik tizimidagi barcha maktablarda o‘tkaziladi. 14 ta hududdan eng yaxshi deb topilgan teatr jamoalari Respublika bosqichiga yo‘llanma olish uchun kurashadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM