Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Ilk_kitob

📚 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari orasida yaxshi ijodkor bo‘lib yetishishlari uchun dastlabki qadam o‘z ijod namunalarining saralari jamlangan birinchi kitoblarini chop etish vazifasi yuklatilgandi.

📌Ijod maktabi direktori Muhammad Ismoil eng sara kitoblarni munosib taqdirlashini bildirdi. Tanlov kuni barcha o‘quvchilar o‘zlarining birinchi kitoblarini sinf rahbarlariga topshirishdi. Eng sara kitoblar g‘oliblarini e’lon qilish va taqdirlash maqsadida barcha ijod maktabi o‘quvchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Kitoblarni saralash paytida barcha detallarga ya’ni ktobning ustki muqovasi, ustki va ichki dizayni, kitobning sarlavhasiga katta e’tibor qaratildi.

⚡️ Ushbu “Orzuyimdagi birinchi kitobim” tanlovi ijod maktabi o‘quvchilari uchun esda qolarli kun bo‘ldi va ular yaratgan birinchi kitob kelajakdagi ularning taniqli va buyuk shoir bo‘lishlari uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari

📚O‘zbek va ingliz tillaridagi tasviriy ifodalarning ikki tillik poetik lug‘ati o‘zbek adabiyotidan xorijiy tillarga badiiy tarjimalarni amalga oshirishda ilk innovatsion loyiha hisoblanadi.

Agentlik tomonidan mazkur lug‘at mualliflaridan biri Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Gulnoza Odilova bilan Zoom orqali uchrashuv tashkil etildi. Unda ushbu lug‘atdan qanday foydalanish, she’rlarni ingliz tiliga qanday tarjima qilish bo‘yicha mahorat darsi o‘tildi. Shuningdek, tarjima nazariyasidan saboq berildi hamda internetdagi sifatli bepul resurslar bilan tanishtirildi.

📌 Ushbu lug‘at ilm-fanni yana-da rivojlantirish, iqtidorli ijodkor yoshlarni badiiy tarjima va ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoit yaratish hamda o‘zbek adabiyotidan ingliz tiliga badiiy tarjima ishlari maksimal darajada yengillashtirishni maqsad etgan.
#xalqaro_olimpiada

Matematika va informatika fanlaridan nufuzli Xalqaro olimpiadalarda O'zbekiston sharafini himoya qiladigan terma jamoa a'zolari saralab olindi

Joriy yilning 25 aprelidan 3 mayga qadar Toshkentda matematika, kimyo hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan nufuzli Xalqaro fan olimpiadalariga saralashning 2-bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan jami 55 nafar o'quvchi bilan o'quv tayyorgalik
mashg'ulotlari olib borildi.

О'quvchilar orasidan nufuzli fan olimpiadalarida ishtirok etuvchi terma jamoa a'zolari saralab olindi.

19-25 iyun kunlari Singapurda bo'lib o'tadigan 33-Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI) da ishtirok etuvchi terma jamoa a'zolari orasida Agentlik tizimidagi maktabdan 2 nafar o'quvchi bor:

Azimjon Urinov — Namangan viloyati, Prezident maktabi 11-sinf;

Asliddin Ismoilov — Namangan viloyati, Prezident maktabi 9-sinf.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram |
#Seminar #Ijod_maktabi

Joriy yilning 3 may kuni Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Respublika "Iste'dodlar maktabi" hududiy seminari tashkil etildi. Seminarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi K. Karimov ochib berdi.

📝Shuningdek, seminarda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o'rinbosari G'ayrat Majid, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xalqoro aloqalar va tarjima bo'limi boshlig'i Rustam Musurmon va bir qator yozuvchi-shoirlar ishtirok etdi.

⚡️Ijodkor o'quvchilar nazm, nasr, bolalar adabiyoti, adabiyotshunoslik, publitsistika sohalari bo'yicha alohida guruhlarga ajratildi va suhbatdan o'tgan yosh yozuvchi-shoirlar seminar yakunida sovg'a va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Online #Ibroyim_Yusupov_maktabi

🔴Bugun Nukus shahrida joylashgan I.Yusupov nomidagi ijod maktabida O'zbekiston qahromoni, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov tavalludining 92 yilligi munosabati bilan "Ko'ngil ko'ngildan suv ichar" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tmoqda.

Tadbirda Prezident, ijod va ixtisoslashatirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova, Yoshlar ishlari agentligi direktori o'rinbosari Dilnozaxon Kattaxanova ishtirok etmoqda.

Tadbirni to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilishingiz mumkin.
👉i.yusupov_mektebi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
27 ta universitetga qabul qilingan maktab o'quvchisi hikoyasi

kun.uz sayti «Optimist» ruknining navbatdagi qahramoni Toshkent shahridagi Prezident
maktabining 11-sinf o'quvchisi Temurbek Sulaymonov bo'ldi. U maktabni tugatish arafasida, abiturientlik bosqichiga o'tib ulgurmay, hozirdanoq 27ta xorij universitetida o'qish huquqini qo'lga kiritgan.

Temurbek o'z maqsadlariga qanday erishayotgani va yana nimalarni maqsad qilgani haqida so'zlab berdi.

👉 Maqola va videoni to'liq ko'rish

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ibroyim_Yusupov_maktabi

Joriy yilning 5-may kuni I.Yusupov nomidagi ijod maktabida O’zbekiston qahramoni, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov tavalludining 92 yillik munosabati bilan o’tkazilgan Ayoziy haftaligining yakuniy “Ko’ngil ko’ngildan suv ichar” deb nomlangan konsert dasturi va hafta davomida tashkil etilgan tanlovlarda g’olib bo’lgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi o’tkazildi.

Konsert dasturida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori H.Umarova, O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori o’rinbosari D.Kattaxanova va bir qator mehmonlar tashrif buyurdi. Koncert dasturida maktab o’quvchilari tomonidan shoir qalamiga mansub asarlar asosida badiiy chiqishlar, teatrlashtirilgan sahna ko’rinishlari bilan bir qatorda Qoraqalpoq еstrada xonandalari tomonidan ijro etilgan chiqishlar bayram tadbiriga yanada ko’tarinki ruh bag’ishladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vakansiya #Сафимизда_бўлинг

📣 job.piima.uz sayti orqali yurtimizning barcha hududlaridan arizalar qabul qilinishi davom etmoqda.

📌Agar siz Prezident maktablarida ishlash, yetuk liderlarni tarbiyalash, xorijiy kasbdoshlar bilan hamkorlik qilishni istasangiz unda job.piima.uz sayti orqali ariza topshirishga shoshiling!

Arizalarni qabul qilish muddati 1- iyungacha. Arizalarni qabul qilish muddati tugagandan so‘ng, ustozlar test sinovlariga taklif etiladi.

⚡️Test natijasi 50 balldan yuqori bo‘lgan pedagoglar suhbatga chaqiriladi. Taklif etilgan pedagoglarga 1- iyundan 15-iyungacha sms xabarnoma yuboriladi. Darvoqe, professional pedagoglar uchun test savollariga javob berish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

❗️Biz uchun toifa, ish tajriba va test natijasidan ko‘ra ko‘proq sizning yangicha ta’lim berish hamda yangi yondashuvni bizning do‘stona jamoamiz bilan o‘rganishga tayyorligingiz muhim.

✔️Savol tug'ilsa [email protected]
+998712072017 (ichki raqam 192) murojaat qilishingiz mumkin.
#Сўраган_эдингиз

So‘ngi paytlarda Prezident maktablariga qabul hamda ushbu maktablarga ishga kirish yuzasidan ko‘plab savollar bo‘lmoqda. Eng ko‘p so‘ralgan savollar javoblarini taqdim etmoqdamiz:

1️⃣Prezident maktablariga 2021-2022 - o'quv yili uchun qaysi sinflarga qabul qilinadi?
👉Javob

2️⃣ Prezident maktablariga o'qishga kirish uchun qanday hujjatlar topshirish lozim?
👉Javob

3️⃣ Prezident maktablariga ishga kirish uchun qanday ariza topshirsam bo‘ladi?
👉Javob

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube