Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.1K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#yil_sarhisobi
#tanqidiy_tahlil

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR FAOLIYAT SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 2024-yildagi faoliyat samaradorligi, Agentlik ishchi guruhi tomonidan olib borilgan oʻrganishlar tahlili hamda 2025-yildagi dolzarb vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

ZOOM platformasi orqali oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda Agentlikning Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarning rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda taʼlim samaradorligi, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalari, milliy va xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, fuqaro murojaatlari bilan ishlash singari qator masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻquv jarayonida sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi (Cerebry) dan foydalanish masalasi ham yigʻilish kun tartibidan o‘rin olib, ayni yo‘nalishda monitoring yuritib borish va o‘quvchilarning bilimlari natijalaridan kelib chiqib qoʻshimcha kurslar va toʻgaraklar tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktablarda boʻsh ish oʻrinlariga xodimlarni ishga qabul qilayotganda malaka talablariga rioya qilish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qo‘ymasdan belgilangan tartibga muvofiq mehnat munosabatlarini oʻrnatish taʼkidlandi.

Qolaversa, ijro intizomi, shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilish, davlat xaridini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, moliyaviy mablagʻlardan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik masalalariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Agentlikning 2025-yildagi (KPI) eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablarning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilab olish hamda shu asosida tegishli ishlarni amalga oshirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Yig‘ilishda Agentlik direktori tomonidan tegishli mas’ullarga ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan zarur koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat samaradorligi tahliliga bagʻishlangan yigʻilishlar boshqa hududlar kesimida ham boʻlib oʻtadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#hamkorlik

🤩 Fargʻona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Margʻilon shahridagi "Raqamli texnologiyalar markazi direksiyasi" oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandum doirasida taʼlim muassasasi oʻquvchilari uchun "Axborot texnologiyalarining kelajakdagi imkoniyatlari" mavzusida oʻquv-amaliy mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy maktabining Samarqand filialida Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasalariga kirishga tayyorgarlikni kuchaytirish doirasida sinov testlari tashkil qilindi.

Oʻquvchilarni puxta bilim olish va kelajakda muvaffaqiyatli natijalarga erishish yoʻlida imkoniyatlar yaratish hamda yoshlarni oliy taʼlim muassasalarining kirish imtihonlarida test topshiriqlari kitoblari, javoblar varaqasini toʻgʻri belgilash va test jarayonlariga koʻnikma hosil qildirish maqsadida oʻtkazilgan ushbu sinovda barcha bitiruvchilar qamrab olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Farmon_ijrosi_amalda
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

PREZIDENT MAKTABLARI OʻQITUVCHILARI XALQARO TOIFAGA EGA BO‘LMOQDA


Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55 sonli “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan mahalliy o‘qituvchilarning xalqaro toifaga ega boʻlishlariga alohida eʼtibor qaratilayotgani samarasida xalqaro taʼlim dasturlari sertifikatlarni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar qamrovi kengaymoqda.

Nukus shahridagi Prezident maktabining kompyuter ta’limi fani o‘qituvchisi Nurlibek Tatlimuratov, Nurafshon shahridagi Prezident maktabining fizika fani o‘qituvchisi Islom Xo‘janov va Andijon shahridagi Prezident maktabining kompyuter ta’limi fani o‘qituvchisi Ulug‘bek Abidov shular jumlasidan.

Ushbu pedagoglarimiz Kembrij xalqaro ta’lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o‘qitish bo‘yicha maxsus kurslarni muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatlarga ega boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
An’anaga ko‘ra, yil yakunida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasida yurtimizning navqiron va bilimdon o‘g‘il-qizlari bilan uchrashdim.

2023/24-o‘quv yilida bu yoshlar – maktablarimiz o‘quvchilari nufuzli olimpiadalarda ajoyib natijalarga erishdi – 128 ta medal, jumladan, 15 ta oltin, 36 ta kumush va 77 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi! Ularning ko‘pchiligi asosan kimyo, matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha ustunlik qilib, e’tirofga sazovor bo‘lishdi. Bu O‘zbekiston tarixidagi rekord ko‘rsatkich bo‘lib, bundan barchamiz cheksiz faxrlanamiz.

Yosh qahramonlarimizni chin qalbimdan tabriklayman, bildirilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlash uchun esa ustozlar hamda ota-onalarga minnatdorlik izhor etaman. Bu muvaffaqiyat g‘alabalarga to‘la katta yo‘lning boshlanishi bo‘lsin. O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lida!


По сложившейся традиции в конце года я встретилась в Администрации Президента Узбекистана с юными умниками и умницами страны.

В 2023/24 учебном году наши ребята достигли невероятных результатов на престижных олимпиадах, завоевав 128 медалей, включая 15 золотых, 36 серебряных и 77 бронзовых!
Многие из них были лучшими по химии, математике, физике и информатике. Это рекордный показатель в истории Узбекистана, которым мы все гордимся.

Сердечно поздравляю наших героев и благодарю учителей и родителей за их вклад, веру и поддержку. Пусть этот успех станет лишь началом большого пути. За молодёжью —   будущее Узбекистана!
#xushxabar
#CIS

🤩 PREZIDENT MAKTABLARI XALQARO MAKTABLAR KENGASHI AKKREDITATSIYASIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTDI

CIS (Xalqaro maktablar kengashi) vakillari 2022-yildan boshlab Prezident maktablari faoliyatini oʻrganishni boshlagan edi. Oʻtgan davr davomida tashkilot tomonidan maktablarimizda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlar oʻrganildi.

⚡️ Oʻrganishlar natijasiga koʻra hozirda Agentligimiz tizimidagi Nukus, Toshkent, Xiva hamda Namangan shahridagi Prezident maktablari CIS (Xalqaro maktablar kengashi) akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarini qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi boʻlish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda toʻliq grant yutish imkoniyati oshadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"Assalom, Xorazm" | Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi Nigina Rustamboyevaning ijodiy yutuqlari
#xorazmMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Live
#Jadidlar_izidan

"Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblari Germaniyaga ta'lim sayohatini qo'lga kiritishdi

Avval xabar qilinganidek, hozirda poytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi qizgʻin davom etmoqda.

⚡️
Tadbirda har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 7 nafardan (6-, 7-, 8-sinflar va 9-10-sinflarlar o'rtasida) jami 14 nafar quyidagi oʻquvchilar gʻolib, deb topildi.

👉
6-7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida

Yoʻldoshaliyeva Farzonabonu Erkinboy qizi (Fargʻona viloyati)

Boxodirov Shoxjahon Kamoliddin oʻgʻli (Toshkent viloyati)

Boboxonov Akbar Sardor oʻg'li (Xorazm viloyati)

Sharapova Madinabonu Farruxovna (Buxoro viloyati)

Musulmanova Diyora Baxrom qizi (Toshkent shahar)

Abdumutalifova Sugʻdiyona Xushnudjon qizi (Namangan viloyati)

Komilova Zilola Faxriddin qizi (Navoiy viloyati)

👉
9-10-sinf o'quvchilari o'rtasida

Azimova Jasmina Toʻlqin qizi (Qashqadaryo viloyati)

Qodirov Bobur Dilshod oʻgʻli (Sirdaryo viloyati)

Rohataliyeva Dilnura Alisher qizi (Farg'ona viloyati)

Qoʻchqarova Ziyoda Mansurjon qizi (Namangan viloyati)

Ergasheva Farangiz Bahriddin qizi (Navoiy viloyati)

Raxmatjonova Shodiyobonu Xabibulla qizi (Andijon viloyati)

Yunusova Roʻzixon Burxon qizi (Toshkent viloyati)

❗️
Eslatib oʻtamiz: tanlov Nizomiga koʻra, mazkur gʻolib oʻquvchilar Germaniya davlatiga taʼlim sayohatiga yuboriladi hamda u yerda jadid bobolarimiz taʼlim olgan oliygoh faoliyati bilan tanishadi.

👉 Shuningdek, maʼrifatparvar jadidlar hayotiga doir koʻplab tarixiy maskanlarga sayohat qilishadi, mavzuga doir turli tadbirlar, jonli muloqot va uchrashuvlarda qatnashadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM