Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#onlayn_muloqot

XALQARO MUNOSABATLAR OQUVCHILAR MUHOKAMASIDA

Agentligimiz tomonidan mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan hamkorlikda tizimdagi Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarning xalqaro hayot, O‘zbekistonning tashqi siyosati va milliy manfaatlari borasida bilim va tushunchalarini mustahkamlash maqsadida onlayn mahorat darslari tashkil etilmoqda.

ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan navbatdagi mahorat darsida O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi maslahatchisi Anvar Abduhalimov o‘quvchilarimizga mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy sohalardagi aloqalar, qo‘shma investitsiya loyihalari, ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berdi.

O‘quv jarayonining uzviy qismiga aylangan shu kabi muloqotlar o‘quvchilarimizni o‘zlari qiziqqan sohalar bo‘yicha bilimlarini oshirishga xizmat qilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Oʻzbekiston terma jamoasi 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi!

Joriy yilning 2-12-dekabr kunlari Ruminiyaning Buxarest shahrida 52 ta davlatdan jami 303 nafar oʻquvchi ishtirok etgan 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasining yakuniy natijalari eʼlon qilindi.

Sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Bronza medal – Bonu Sheripboyeva, Xorazm viloyati, Urganch shahar, 1-son ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi;

Bronza medal – Oybek Farhodov, Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi;

Bronza medal – Jasur Mustafoyev, Navoiy viloyati, Navoiy shahar 11-sonli AFChO‘IM 9-sinf oʻquvchisi;

Ushbu xalqaro olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri boʻlib, gʻoliblar va ularning oʻqituvchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan yoshlarimizga kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

🤩 Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan xalqaro tajribaga ega xorijlik pedagoglarimiz oʻquv jarayonlari samaradorligiga faol hissa qoʻshmoqda.

Ana shunday malakali oʻqituvchilarimizdan biri – Janubiy Koreyalik Kim Nae Ri Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida oʻquvchilarga STEAM fanlaridan saboq bermoqda.

Xalqaro tajriba hamda milliy taʼlim tizimi uygʻunlashtirilgan dars jarayonlarida qiziqarli taqdimotlar, interfaol oʻyinlar mavzularni chuqur oʻrganishda muhim oʻrin egallamoqda.

Ingliz tilida oʻtilayotgan ushbu dars mashgʻulotlarida oʻquvchilar juda faol ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Surxondaryo

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Agentlikning Termiz shahridan olis hududlarda joylashgan Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Qumqoʻrgʻon va Jarqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.

Xususan, dars jarayonlari kuzatilib, oʻquvchilarni fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatgichlari tahlil qilindi. Shu bilan birga o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi. Shuningdek, bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Agentlik rahbariyatining Surxondaryo viloyatida joylashgan tizimdagi maktablar faoliyatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ayol baxti | Xoʻjaobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sevara Hakimovaning ish faoliyati, hayoti davomida erishgan muvaffaqiyatlari haqida
#andijonMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident bu yil ijtimoiy himoya bo‘yicha qilingan 34 ta muhim yangilikka qo‘shimcha 28 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.

Kelgusi yilda 1 million 200 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish uchun ta’lim, to‘garak, kasb-hunar, tibbiyot masalalarini hal qilish va yashash sharoitini yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.

Toyloq va Kosonsoyda “Ilk rivojlanish markazlari” ochilib, kambag‘al oiladagi va nogironligi bo‘lgan 4 ming 200 nafar bolaga bog‘cha ta’limi berildi.

Viloyat hokimlariga o‘zidagi har bir tumanda bittadan shunday tajribani tashkil qilish topshirildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri H.Umarova 2025-yilda kambag‘allik yuqori 1 mingta mahallada bittadan oilaviy bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.

Yangi yildan oilaviy bog‘cha o‘rinlarini 15 foiziga kambag‘al oila farzandlari qabul qilinadi va bog‘cha to‘lovi qisman qoplab beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube