Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#New_Uzbekistan_university

🤩 “Yangi Oʻzbekiston” universitetda amalga oshirilayotgan ishlar, natija va kelgusidagi rejalar yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi

Maʼlumot uchun, universitet tomonidan yil davomida jami 537 ta tadqiqot ishlari amalga oshirilib, ularning natijasi dunyoning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etildi.

Jumladan, dunyoning eng top 1% jurnallarda 9 ta, top 10% jurnallarda 136 ta, Q1 reytingiga kiruvchi jurnallarda 338 ta va Q2 reytingida turuvchi jurnallarda 158 ta maqola chop etilgan.

Shuningdek, universitet tadqiqotchi olimlarining ikkita kitobi nashr etilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj| 10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
#10dec #uzbekiston24

📍Namangan shahridagi Prezident maktabi
📍Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
📍Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻzbekiston_Qahramoni_bilan_muloqot

O‘ZBEKISTON QAHRAMONIDAN MAHORAT DARSI


Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda muntazam ravishda olimlar, ijodkorlar, turli sohalar namoyandalari ishtirokida mahorat darslari, uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida pedagogika sohasi namoyandasi, O‘zbekiston Qahramoni Anor Mahmudova bilan bo‘lib o‘tgan mahorat darsi ham o‘g‘il-qizlarimizni fanlar sohasi bo‘yicha bilim va tushunchalarini oshirib, o‘qituvchilik kasbiga qiziqishlarini kuchaytirdi.

Muloqotda A.Mahmudova o‘z hayot yo‘li, 60 yillik o‘qituvchilik tajribasi haqida so‘zlab, bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlar mazmun-mohiyati Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir avlodlarni kamolga yetkazish ekanligi alohida ta’kidladi.

Mahorat darsida atoqli pedagog o‘quvchilarga zamonaviy ta’lim sharoitlari va imkoniyatlaridan samarali foydalanish, matematika, xorijiy tillarni mukammal o‘rganishning oson va qulay usullari, kitobxonlik va musiqa madaniyatini oshirish, bosh vaqtni to‘g‘ri taqsimlash borasida qimmatli tavsiyalarini berdi.

Shu bilan birga A.Mahmudova mazkur maktab yoshlari bilimiga yuqori baho berib, ularning tanlagan sohalari bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lishlariga tilak bildirdi.

O‘quv jarayonining uzviy qismiga aylangan shu kabi muloqotlar o‘quvchilarning o‘zlari qiziqqan sohalar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Najot bilimda | Andijon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati, zamonaviy taʼlim sharotlari, oʻquvchilar erishgan yutuqlarga nazar

#andijonMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋😊 Hammaga salom!

👨‍🏫 Bir muhim voqeani chetlab o‘ta olmadik: "Eco-schools Uzbekistan" va "Yosh fermer" loyihalari ishtirokchilari Butunjahon tuproq kuniga bag‘ishlangan ochiq dars o‘tkazdi. Bolalar sinfdoshlarining e’tiborini yer unumdorligini saqlashning muhimligiga qaratdilar, tuproqning noyob xossalari hamda uning ekotizimlar va odamlar hayotidagi ahamiyati, biologik xilma-xillikni saqlash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi roli haqida so‘zlab berdilar.

👍 Tabiatga mas’uliyatli munosabatingiz uchun katta rahmat!

~~~

👋😊 Всем привет!

👨‍🏫 Не смогли пройти мимо одного важного события: участники проектов Eco-schools Uzbekistan и «Юный фермер» провели открытый урок, посвященный Всемирному дню почв. Ребята привлекли внимание одноклассников к важности сохранения плодородия земли, рассказали об уникальных свойствах и значении почвы в экосистемах и жизни людей, её роль в поддержании биоразнообразия и обеспечении продовольственной безопасности.

👍 Большое спасибо за ответственное отношение к природе!

#WorldSoilDay

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM