Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#seminar_trening

🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabi hamda Namangan viloyati Direktorlar kengashi hamkorligida "Zamonaviy maktablar boshqaruvi: Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar misolida" mavzusida Chortoq tumanidagi umumta'lim maktablari direktorlari hamda ularning oʻrinbosarlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Trening Prezident maktabining mahalliy va xorijiy o‘qituvchilari hamda Kengash aʼzolari tomonidan olib borildi.

Mazkur tadbir yuqori sifatli taʼlimga erishish, ta’lim va tarbiya uygʻunligini kuchaytirish, jamoada sogʻlom muhitni shakllantirish, shuningdek, formativ va summativ baholash shakllarini tatbiq etish, liderlik qobiliyatlarini shakllantirish kabi maqsadlarini oʻz ichiga olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh

ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI FAOLIYATI OʻRGANILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, Agentlik tizimidagi mazkur maktabda o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganilib, dars jarayonlari kuzatildi. Maktab hududida qurilayotgan oʻquvchilar turar joyi binosi koʻzdan kechirildi.

Bitiruvchi o‘quvchilar bilan bo‘lgan suhbatda Agentlik direktori yoshlarga zamonaviy kasblarni tanlash borasida tavsiyalar berib, yetuk mutaxassis boʻlish uchun oʻz sohasi boʻyicha puxta malakaga ega boʻlish bilan birga, bir nechta xorijiy tillarni bilish, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish, siyosiy, madaniy bilimlarni ham bilishi lozimligini taʼkidladi.

Oʻrganish davomida ta’lim maskani erishib kelayotgan yutuqlar, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Shuningdek, Agentlik direktori maktab oʻquv jarayonida qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube