Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Bahodir Jalolov nomidagi boks hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastika maktablarida yangi oʻquv yili boshlandi

#16sep #uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#SAT_result

⚡️Oʻquvchimiz SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi

🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Shohruhmirzo Xudoyqulov 1540 ballik natija bilan SAT sertifikatiga ega boʻldi.

🗣Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.

💫Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#harbiy_vatanparvarlik
#Prezident_maktabi

🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabi hamda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari bilan hamkorlikda oʻquvchi-yoshlar ishtirokida “Harbiy qismda bir kun” loyihasi amalga oshirildi.

Tadbir doirasida Prezident maktabi oʻquvchilari Namangan garnizonidagi harbiy qismda kutib olindi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizga hurmat, yurtga muhabbat va sadoqatini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda oʻquvchilar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Qurol-aslahalar va vositalar koʻrgazmasi oʻtkazildi.

Shundan soʻng, oʻquvchilar “Gʻurumsaroy” dala oʻquv maydonida boʻldi. Bu yerda yoshlar amaliy mashgʻulotlarda toblanayotgan harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yangi davr| Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yangi oʻquv yili boshlandi

#16sep #yoshlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#uch_avlod_uchrashuvi

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Mudofaa vazirligi xodimlari bilan "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar

Buxoro, Nurafshon shahridagi Prezident maktablarida 16-sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni doirasida maʼnaviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabi hamda Qashqadaryo viloyat Milliy gvardiyasi Chavandozlar maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabida adabiy uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida mashgʻulotlarda yaratilgan oʻyin va dasturlar taqdimoti
oʻtkazildi.

Andijon, Toshkent, Qarshi shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilari xalqaro SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi.

Jizzax, Navoiy, Xiva sharidagi Prezident maktablarida sport musobaqalari tashkil etildi.

Toshkent, Nukus, Guliston shahridagi Prezident maktablari, Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida olimpiada va tanlovlarda faxrli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar
taqdirlandi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot–kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan
tanishdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida haftaning har shanbasi "sport kuni" deb
belgilandi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Oratory club" loyihasi
yoʻlga qoʻyildi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi  “Mushoira” tanlovida
gʻolib boʻldi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi va Namangan Qirol Sejong koreys tili markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Qahramoni Muhabbat Sharapova bilan uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Jamoada ahillikni oshirish” mavzusida psixologik trening
tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Shayxontohur, Asaka tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida ilm-fan namoyandalari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida matematika fanidan maktab olimpiadasi
oʻtkazildi.

Olmazor, Peshku, Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari hududlardagi tarixiy-madaniy maskanlarga sayohat qildi.

Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻqituvchilari ishtirokida hududdagi umumta’lim maktablari uchun yangi baholash tizimi boʻyicha seminar-treninglar
oʻtkazildi.

Janubiy Koreyaning "Robotics Ware" jamoasi Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan
yaqindan tanishdi.

Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Germaniyada ta’lim olish imkoniyatlari" mavzusida davra suhbati
tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube