Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
70.4K subscribers
21K photos
2.63K videos
73 files
7.66K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Hudud | Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilarining barchasi talaba boʻldi.
#mening_yurtim

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#sport_maktablari

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

🤩 Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi joriy yilning 27-28-29-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

🗺IMTIHON OʻTKAZILADIGAN MANZIL:

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sarikoʻl koʻchasi, moʻljal: 175-umumiy taʼlim maktabi).

Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga o‘quvchilar ikki bosqichli imtihon (jismoniy tayyorgarlik va test sinovlari) asosida qabul qilinadi.


Birinchi bosqich:
umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha;
maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha.

Badiiy gimnasika yoʻnalishi boʻyicha umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
• yotgan holda qo‘l va oyoqlarni juftlashtirish (Pres) 10 soniya;
asosiy holat oldinga egilib, oyoqlarni quchoqlab ko‘krak qafasi bilan tizzalarga yopishib (5 soniya) ushlab turish;
30 soniya davomida arqonda sakrash;
arqon bilan bir urinishda ikki martalik sakrash;
50 sm balandlikdan o‘ng va chap oyoqda shpagatga o‘tirish hamda ikkita o‘rindiqda o‘rta shpagatga o‘tirish;
qoʻllarni bukmagan holda tananing old va orqa qismiga oʻtkazish.

Badiiy gimnastika yoʻnalishi boʻyicha maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
yerga yotib, belni vertikalga ko‘tarish;
qorinda yotgan holda ikki oyoqni ushlash;
risk mashqlari (arqon bilan mashq
bajarish);
risk mashqlari (halqa yoki to‘p bilan);
risk mashqlari (arqondan tashqari barchasi);
aylanishlar mashqi ikkisidan biri (Fuyete yoki Koltco);
aylanishlar mashqi ikkisidan biri (Fuyete yoki Panshe);
aylanishlar mashqi (Fuyete);
muvozanat saqlash o‘ng va chap oyoqlarni yonga ko‘tarish;
katta sakrashlar (shpagatga);
katta sakrashlar (shpagat koltsoga);
jette anturnan.

Sport gimnastikasi yoʻnalishi boʻyicha umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
joyidan uzunlikka sakrash;
gimnastika narvonida oyoqlarni ko‘tarish;
30 soniya davomida sakrash (marta) N = 60 sm;
60 soniya davomida sakrash (marta) N = 40 sm;
gimnastika devorida osilib oyoqlarni ko‘tarish (bajarish sifatiga qarab marta);
halqaga chiqish va tushish (marta)
oyoqlarni ochgan holda (spichag);
gimnastika devorida osilgan holatda oyoqlarni to‘liq ko‘tarish (10 marta vaqtga).

Sport gimnastikasi yoʻnalishi boʻyicha maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
qo‘lda tik turish;
qo‘shpoyada tayanch yordamida 90 gradus;
qo‘shpoyada tayanch yordamida 180 gradus oyoqlarni ushlab turish;
doira shaklida aylanish (soni);
oyoqlar ochilgan holatda spichag (marta);
kuch bilan aylanib chiqish;
60 soniya tayanch holatda qo‘llarda depsinish (bajarish sifatiga qarab marta);
past turnikda 45 gradusda tebranish (bajarish sifatiga qarab marta);
egiluvchanlik uchun mashqlar;
oyoqlar juft holatda oldinga egilish;
ko‘prik;
shpagat (o‘ng, to‘g‘ri, chap).

Ikkinchi bosqichda test sinovlari
(har ikkala yoʻnalish uchun):
1-2-3-4-sinflar uchun psixologik test 10 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 15 ta test (jami 25 ta test 35 ball beriladi);
5-6-7-8-sinflar uchun psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test ( jami 35 ta test topshiriqlariga 50 ball beriladi).

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#favqulodda_vaziyatlar
#axborot_targʻibot_tadbiri

🤩 Agentlikda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda kuchli zilzila va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlarda to‘g‘ri harakat qilish mavzusi yuzasidan axborot-targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Unda Agentlik rahbariyati va xodimlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari, shuningdek, ZOOM platformasi orqali tizimdagi maktab jamoalari ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni qabul qilingan.

Ushbu farmonning tegishli bandida favqulodda vaziyatlar va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator, jumladan kuchli zilzila va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash tizimini rivojlantirish singari vazifalar belgilab berilgan.

Mazkur farmon ijrosi doirasida tashkil etilgan axborot-targʻibot tadbirida mutaxassislar tomonidan favqulodda vaziyatlar, xususan kuchli zilzila va tabiiy ofatlar vaqtida qanday harakatlanishga oid zarur tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar eʼtiboriga mavzuga oid taqdimotlar havola etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#oʻquv_trening

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida 3 kunlik Respublika o‘quv-treningi boshlandi.

Unda Agentlik tizimidagi ijod maktablarining o‘quv ishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika, informatika va biologiya fanlari o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_oʻquv_yili
#maktablarimiz_haqida

🤩Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari 2024-2025 oʻquv yiliga tayyor holatga keltirilib, Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon oʻquvchilarini kutmoqda.

📍Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

MARKAZIY STUDIYA | IKKINCHI BOR 100 FOIZ NATIJA

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilarining barchasi talaba boʻldi

#mening_yurtim

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#New_Uzbekistan_university
#xalqaro_ilmiy_konferensiya

🤩 Agentlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetida Oʻzbekiston va Xitoy olimlari oʻrtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida vakillik nazariyasi boʻyicha birinchi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu muhim ilmiy anjuman doirasida nafaqat Oʻzbekiston hamda Xitoy, shunindek, Janubiy Koreya, Chexiya, Avstraliya, Kanada kabi davlatlarning yetakchi olimlari oʻzaro tajriba almashib, sohadagi eng soʻnggi yutuqlarni muhokama qilishadi.

Konferensiya ikki davlat oʻrtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash, matematik va ilmiy tadqiqotlar sohasida yangi imkoniyatlar yaratish uchun ham katta ahamiyatga egadir.

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti ilm-fan taraqqiyoti uchun muhim maydon boʻlib, ushbu tadbir kelgusida yanada koʻplab xalqaro ilmiy loyihalarga zamin yaratadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM