Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
70K subscribers
20.9K photos
2.63K videos
72 files
7.64K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#DigitalGenerationGirls
#XalqaroHamkorlik

🇦🇪 Emirates National School (BAA) o'quvchilari “Raqamli avlod qizlari” loyihasida ishtirok etishmoqda.

🔴  Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan AKT maktabda "Raqamli avlod qizlari-2024" loyihasi doirasida mahorat darslari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Respublikamiz bo‘ylab jami 100 nafarga yaqin ishtirokchilar o‘z mahoratlarini oshirishmoqda. Ular orasida Birlashgan Arab Amirliklarining Emirates National School maktabining 30 nafar o‘quvchilari ham qatnashmoqda.
Mahorat darslari tajribali mutaxassislar tomonidan:

STEAM
Digital Art,
Robototexnika,
Media kabi yo‘nalishlardan tashkil etilgan.

📍 Shuningdek, xorijiy mehmonlar uchun maktab bo‘ylab kampus-tur o‘tkazilib, maktab hayoti, yaratilgan sharoitlar hamda o‘quvchilar yutuqlari haqida batafsil ma'lumot berildi.
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi quyidagi lavozim va yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislarni tanlov asosida ishga taklif qiladi:

Ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimi;

Ingliz tili fani oʻqituvchisi;
San'at (tasviriy sanʼat, chizmachilik, musiqa) fani oʻqituvchisi;
Geografiya fani oʻqituvchisi;
Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi;
Ikkinchi xorijiy til (nemis, koreys, fransuz, ispan, italyan, xitoy, yapon, turk tillari) mutaxassisi;
Tarbiyachi-pedagog (ingliz tili, ona tili va adabiyot, tarix, matematika).

📁Kerakli hujjatlar:
• nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
• bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
• malaka toifa sertifikati;
• til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikati.

👨‍🏫Talabgor o‘qituvchilar eng kamida 2-malaka toifasiga ega bo‘lishlari shart, til bilish va mutaxassislik fani bo‘yicha sertifikat tanlovda ustuvorlik beradi.

📥Hujjatlarni joriy yilning 15-avgust kuniga qadar quyidagi manzilga yoki telefon raqamlariga yuborishingiz mumkin:  

📞 +998914707320
📞 +998914602329
📞 +998888114484

📍Manzil: Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 219-uy.
📌Mo‘ljal: "Sanam" MChJ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#transfer_piima_uz

📣OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🔎 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2023/2024-o‘quv yilida sinfdan-sinfga ko'chirilgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi orqali amalga oshirish mumkinligini eslatib o‘tamiz.

🗺 Arizalarni joriy yilning 2-avgust sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali arizalaringizni Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
Arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
O‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi.

❗️ESLAB QOLING!
⚠️ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

📌 Eslatma: Yangi 2024/2025-o‘quv yili uchun imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar tegishliligi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilar safiga qabul qilinganidan keyin ko‘chirilishi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Avtomobilsiz_kun

AGENTLIK XODIMLARI “AVTOMOBILSIZ KUN” TADBIRIDA FAOL QATNASHMOQDA

Mazkur tadbirningning asosiy maqsadi – sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratishdir.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi xodimlari “Avtomobilsiz kun” tadbirida faol qatnashib, ishga jamoat transportlarida, velosipedda, piyoda kelishdi. Ish vaqti tugab, uyga ketishda ham avtomobillardan foydalanmaslik rejalashtirilgan.

Barchani “Avtomobilsiz kun” tadbirida faol qatnashishga chaqirib qolamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#oʻquv_yiliga_tayyorgarlik

YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida tizimdagi maktablarda 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari yuzasidan ZOOM platformasi orqali onlayn yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Agentlik rahbariyati, mas’ul xodimlar, tizimdagi maktab direktorlari ishtirok etdi.

Bugungi kunda Agentlik direktori A.Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan tizimdagi ta’lim muassasalari faoliyati, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda. Yig‘ilishda o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchilik va muammolar tahlil qilindi. Agentlik tizimida faoliyat olib borayotgan, lekin lavozim majburiyatlariga sovuqqonlik bilan yondashayotgan rahbar xodimlar qat’iy ogohlantirildi.

Xususan, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini yuqori sifatda va jadal sur’atda davom ettirish lozimligi qat’iy ta’kidlanib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Марғилон

Kuni kecha Margʻilon shahridagi 10-maktabda o‘tkazilayotgan seminar doirasida Мaktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova fargʻonalik davlat va xususiy umumtaʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari bilan uchrashdi.

Samimiy kechgan muloqot davomida bugungi kunda sohada olib borilayotgan islohotlar, muammolar va ularning yechimi, taʼlim tizimida amalga oshirilishi zarur boʻlgan vazifalar xususida fikr almashildi.

Direktorlarning "besh yil universitetda oʻqib, 4 ta prefossor koʻrgandik, 5 kunlik seminarda 10 dan ortiq professorlarni tingladik, koʻp narsa oʻrgandik", degan eʼtiroflari bu tashabbus naqadar hayotiy zarurat boʻlganligini koʻrsatdi.


Bu kabi seminar va muloqotlarni doimiy ravishda barcha hududlarda tashkil etish rejalashtirildi. Albatta, jonli suhbatlarda yangi-yangi tashabbuslar tugʻiladi va sekin-asta real hayotga ko‘chadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣DIQQAT E'LON!

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 3-12-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 3-avgust sanasidan boshlab topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Qo‘qon shahridagi 27-maktabda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Mazkur maktab binosining asosiy qismi 2012-2014-yillarda ta’limdan boshqa sohalarga berib yuborilgan edi.

Hozirda maktab to‘liq ta’lim tizimiga qaytarildi va Investisiya dasturi doirasida butunlay ta’mirlanmoqda.

Yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan ushbu ziyo maskani hudud maktablari uchun har jihatdan namuna bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fargʻona viloyatida xizmat safarida boʻlib qaytdik. Belgilangan uchrashuv, yigʻilishlarimizdan soʻng Xayrixon ayani koʻrishga bordim.

Bu uchrashuvning qiziq tarixi bor. Xayrixon Meliboyeva 90 yoshni qarshilagan, bu inson butun hayotini ta’lim berishga sarflagan. Biroz vaqt avval onaxonning yaqinlari menga murojaat yuborib, salomatligi va yashash sharoiti ogʻir ahvoldaligini bildirgan edi. Vaziyatni oʻrganganimizda haqiqatan onaxonda sogʻliq, dori-darmonlar, uy-joy bilan bogʻliq muammolar borligini aniqladik. Mahalliy hokimlik, homiylar ham chetda turmadi, moddiy yordam, xonadon taʼmiri boshlab yuborildi. Shu oʻrinda ularga ham minnatdorlik bildiraman.

Albatta, pedagoglarimiz, faxriylarimizning ijtimoiy himoyasi, salomatligini tiklashi borasida qilishimiz kerak boʻlgan ishlarimiz koʻp. Buning uchun vazirlik kasaba uyushmalari bilan oʻqituvchilar uchun turli ijtimoiy paketlar, dam olish maskanlariga yuborish choralarini oʻylayapmiz.

Sizlarni ham faxriy pedagoglar, taʼlim bergan ustozlaringiz holidan xabar olib turishga chaqiraman. Shaxsan men oʻquvchilarga 41 yil fidoyilik bilan taʼlim bergan Xayrixon aya kabi pedagoglarimiz oldida hamisha taʼzimdaman.
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislarni tanlov asosida ishga taklif qiladi:

Koreys tili bo‘yicha mutaxassis;
Geografiya fani o‘qituvchisi;
San’at fani o‘qituvchisi;
Musiqa fani oo‘qituvchisi;
Biologiya fani o‘qituvchisi;
Texnologiya (robototexnika) fani o‘qituvchisi;
Ijodiy to‘garak rahbari;
Musiqa to‘garagi rahbari;
Tasviriy va raqamli san’at to‘garagi rahbari;
Aktyorlik mahorati to‘garagi rahbari;
Koreys tili to‘garagi rahbari;
Kompyuter grafikasi to‘garagi rahbari;
Yosh tarjimon to‘garagi rahbari;
Umumiy amaliyot shifokori.

📁Kerakli hujjatlar:
• nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
• bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
• malaka toifa sertifikati;
• til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikati.

👨‍🏫Talabgor o‘qituvchilar eng kamida 2-malaka toifasiga ega bo‘lishlari shart, til bilish va mutaxassislik fani bo‘yicha sertifikat tanlovda ustuvorlik beradi.

📥Hujjatlarni joriy yilning 10-avgust kuniga qadar quyidagi manzilga yoki telefon raqamlariga yuborishingiz mumkin:  

📞 +998945901683
📞 +998934884171

📍 Manzil: Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tuman, To‘raqo‘rg‘on koʻchasi, 21-uy.
📌Mo‘ljal: Isʼhoqxon To‘ra Ibrat memorial majmuasi yonida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM