#xorijiy_hamkorlik
🇺🇿 🇹🇷 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Turkiyadan Turkiya Texnologiya Jamoasi Jamgʻarmasi (T3) direktori Elvan Kuzucu Hidir tashrif buyurdi.
💻 Tashrif chogʻida mehmonlarga kampus-tur tashkil qilindi. Maktab boʻylab sayohat paytida oʻquvchilarimizning "Mobil", "WEB", Robototexnika hamda maktab prezidenti, Infinity team va Eco Union jamoalarining loyiha taqdimoti namoyish qilindi. Shundan soʻng maktab faollar zalida 8-9-10-sinf oʻquvchilari bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
🧑💻 Muloqot davomida Technofest festivali milliy texnologiya(aviatsiya, texnologiya va kosmik texnologiya)larni targʻib qilish va rivojlantirish hamda odamlarning bu sohadagi xabardorligini oshirishga qaratilgan yagona festival ekanligi haqida maʼlumot berdi.
🚀 Ushbu “Teknofest-2024” festivalida boshlangʻich va oʻrta maktab oʻquvchilari, kollej/akademik litsey oʻquvchilari, bakalavr va magistratura talabalari hamda bitiruvchilar 40 dan ortiq yoʻnalish boʻyicha turli musobaqalarda qatnashish mumkinligini ta’kidlab, tanlov ishtirokchisi uchun quyidagi manfaatli jihatlarini ham aytib o’tdi:
🔲 ishtirokchilarning loyihalarini moddiy jihatdan dastaklash uchun jami 1 mln 825 ming dollar ajratiladi;
🔲 tanlovda sovrindor jamoalarga 995 ming dollar mukofot puli taqsimlab beriladi;
🔲 final bosqichi Turkiyada boʻlib oʻtadi, qatnashish uchun transport va turarjoy xarajatlari qoplanadi, deb oʻquvchilarimizni “Teknofest-2024” festivaliga taklif qilishdi.
🔥 Muloqot soʻngida maktab oʻquvchilarimiz oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Finlandiya
✅ Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi vakillari bugun kunning ikkinchi qismida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo’lishdi.
❗️Uchrashuv davomida xorijlik mehmonlar maktabdagi o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. O’quvchilar tomonidan yaratilgan ixtirolar, xususan robototexnika hamda mobil ilovalar finlyandiyalik ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
📍 Shundan so’ng, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.
➖ Unda xorijlik ekspertlar hozirda Respublikamiz maktablarida joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimi bilan yaqindan tanishishdi.
✔️Baholash materiallarini tayyorlovchi mahalliy ekspertlar bilan muzokaralar o‘tkazgan holda, joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimini fin tajribasi asosida takomillashtirish, shuningdek mahalliy ekspertlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Finlandiya
✅ Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi vakillari bugun kunning ikkinchi qismida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo’lishdi.
❗️Uchrashuv davomida xorijlik mehmonlar maktabdagi o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. O’quvchilar tomonidan yaratilgan ixtirolar, xususan robototexnika hamda mobil ilovalar finlyandiyalik ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
✔️Baholash materiallarini tayyorlovchi mahalliy ekspertlar bilan muzokaralar o‘tkazgan holda, joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimini fin tajribasi asosida takomillashtirish, shuningdek mahalliy ekspertlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
"Ingliz tilida so'zlashuvchi millat" (ESN) dasturining rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi
✅ Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi va ingliz tili ustozlari uchun ESN dasturining ahamiyati, o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish yo‘lida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.
➖ Shundan so‘ng AQSHning O'zbekistondagi elchisi Jonatan Henik vazirlik bilan samarali hamkorlik aloqalari olib borayotganini ta'kidladi hamda istiqboldagi rejalar haqida fikr bildirdi.
✔️Ma'lumot o‘rnida: ushbu dastur AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan va 2019-yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda.
ESN dasturi asosida bugungi kunga qadar O‘zbekistonda 18 000 nafar ingliz tili o‘qituvchilari malaka oshirishdi va ularning 452 nafari TESOL sertifikatlarini qo'lga kiritishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
"Ingliz tilida so'zlashuvchi millat" (ESN) dasturining rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi
✅ Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi va ingliz tili ustozlari uchun ESN dasturining ahamiyati, o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish yo‘lida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.
✔️Ma'lumot o‘rnida: ushbu dastur AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan va 2019-yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda.
ESN dasturi asosida bugungi kunga qadar O‘zbekistonda 18 000 nafar ingliz tili o‘qituvchilari malaka oshirishdi va ularning 452 nafari TESOL sertifikatlarini qo'lga kiritishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) vitse prezidenti Konstantin Limitovskiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Unda vazir o‘rinbosari Temur Komilov, vazirlik mas'ullari hamda OIIB vakillari ishtirok etishdi.
Muzokaralar davomida mamlakatimizda yangi maktablar barpo etish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
➖ Shu bilan birga, O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish va bolalar uchun zarur ta’lim sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar muhimligi ta’kidlandi.
❕Uchrashuv so‘nggida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga kelishib olishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) vitse prezidenti Konstantin Limitovskiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Unda vazir o‘rinbosari Temur Komilov, vazirlik mas'ullari hamda OIIB vakillari ishtirok etishdi.
Muzokaralar davomida mamlakatimizda yangi maktablar barpo etish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
❕Uchrashuv so‘nggida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga kelishib olishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Касб_ҳунарга_ўқитиш
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va oʻqitishda zamonaviy tendensiyalar” mavzusida oʻquv seminar tashkil etildi.
Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi, Savdo sanoat palatasi mutasaddilari va tadbirkorlik subyektlari hamda UNICEF, UNESCO, USAID kabi qator xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
➖ Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi va o‘quvchilarni o‘zlari qiziqqan sohaga yo‘naltirish, ularni katta hayotga tayyorlashning ahamiyati va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.
Tadbirda shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boshqarmalaridagi Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik xizmat koʻrsatish shoʻba masʼullari, poytaxtimiz va Toshkent viloyatidagi kasb-hunarga oʻqitish joriy etiladigan maktab direktorlari qatnashdi.
❗️Tadbir doirasida Hilola Umarova o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va o‘qitish yo‘nalishida mehnat qilayotgan tizimdagi bir guruh ustozlar va mutaxassislarni taqdirladi.
Bundan tashqari, tadbir doirasida bu yo‘nalishdagi samarali hamkorlik aloqari olib borilayotgan – Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati GIZ “TexVET” loyihasi rahbari Mattias Klingenbergga "Tashakkurnoma" topshirildi.
🏢 Shuningdek, seminar doirasida maktab hududi bo‘ylab kampus-tur tashkil etildi.
Unda o‘quvchilarni kasb-hunarga hamda o‘zlari qiziqqan sohalarga yo‘naltirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar taqdimot qilindi.