#Bitiruvchilar_qurultoyi
⚡️ BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDI
✅ Bugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi.
📍 Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi.
➖ Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi.
✔️ Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
📆 Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025 o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichiga o'qishga hujjatlar qabulining so‘nggi kuni!
✅ Eslatib o‘tamiz, saralash imtihoni 6-iyul kuni yurtimizning barcha hududlarida o‘tkaziladi.
📩 O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#ijod_maktablari
📣 DIQQAT, E’LON 📣
📆 Ijod maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi ertaga, 27-iyun kuni boshlanadi!
😀 Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.
⬇️ Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.
📝 Talabgor uchun eslatma:
🪪 shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi hamda ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomani olib kelishi talab etiladi.
⏳ Imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir soat oldin kelish shart.
❌ Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi:
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelsa;
➖ imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelsa.
📶 Eslatib o'tamiz:
✏️ Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi.
1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi.
📍 IMTIHON BOʻLIB OʻTADIGAN MANZILLAR.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#ijod_maktablari
1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#ishchi_guruh
#Samarqand
YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYLARGA BORIB OʻRGANILMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.
Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Samarqand viloyati Oqdaryo tuman 2-son, Pastdargʻom tuman 2-son hamda Nurobod tuman ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Agentlik direktori oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Assalomu alaykum!
Hurmatli ota-onalar!
Aziz oʻgʻil-qizlarimiz!
Sizlar bilan yana bir muhim xabarni boʻlishmoqchiman.
Mazkur farmonga koʻra tizimimizda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi.
Hech shubhasiz, Davlatimiz rahbarining ushbu farmoni Agentligimizga boʻlgan yuksak ishonchni ifodalaydi.
Shu bilan bir qatorda, bunday ulkan ishonchni oqlash, ixtisoslashtirilgan sport maktablarini zamon bilan hamnafas, eng soʻnggi ta’lim va sport metodlari hamohangligida ham bilimda ham bilakda baquvvat boʻlgan yoshlarni kamolga yetkazishdek zalvorli mas’uliyatni anglatadi.
Qolaversa, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarimiz safiga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining qoʻshilgani zimmamizga har tomonlama salohiyatli, xalqaro talablarga mos yosh sportchilarni jahon arenalarida Vatanimiz bayrogʻini yuqori koʻtaradigan, millatimiz faxri boʻlajak yigit-qizlarimizni kashf etishdek jiddiy vazifani yuklaydi.
Albatta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda ushbu farmonda koʻrsatib oʻtilgan, oldimizda turgan oʻta mas’uliyatli va shu bilan birga sharafli boʻlgan vazifalarning ijrosini oʻz vaqtida, sifatli bajarish uchun bor kuch-gʻayratimizni sarflaymiz.
Endilikda bilimli, iqtidorli, ulkan yutuqlarga erishayotgan oʻgʻil-qizlarimizdan iborat “Oltin fond”imiz Alpomishdek zabardast hamda Toʻmarisdek yovqur sportchi yoshlarimiz bilan ham yanada boyishi shubhasiz.
Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hurmatli ota-onalar!
Aziz oʻgʻil-qizlarimiz!
Sizlar bilan yana bir muhim xabarni boʻlishmoqchiman.
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga koʻra tizimimizda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi.
Hech shubhasiz, Davlatimiz rahbarining ushbu farmoni Agentligimizga boʻlgan yuksak ishonchni ifodalaydi.
Shu bilan bir qatorda, bunday ulkan ishonchni oqlash, ixtisoslashtirilgan sport maktablarini zamon bilan hamnafas, eng soʻnggi ta’lim va sport metodlari hamohangligida ham bilimda ham bilakda baquvvat boʻlgan yoshlarni kamolga yetkazishdek zalvorli mas’uliyatni anglatadi.
Qolaversa, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarimiz safiga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining qoʻshilgani zimmamizga har tomonlama salohiyatli, xalqaro talablarga mos yosh sportchilarni jahon arenalarida Vatanimiz bayrogʻini yuqori koʻtaradigan, millatimiz faxri boʻlajak yigit-qizlarimizni kashf etishdek jiddiy vazifani yuklaydi.
Albatta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda ushbu farmonda koʻrsatib oʻtilgan, oldimizda turgan oʻta mas’uliyatli va shu bilan birga sharafli boʻlgan vazifalarning ijrosini oʻz vaqtida, sifatli bajarish uchun bor kuch-gʻayratimizni sarflaymiz.
Endilikda bilimli, iqtidorli, ulkan yutuqlarga erishayotgan oʻgʻil-qizlarimizdan iborat “Oltin fond”imiz Alpomishdek zabardast hamda Toʻmarisdek yovqur sportchi yoshlarimiz bilan ham yanada boyishi shubhasiz.
Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi.
Sizlarga mustahkam sog‘lik va xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz.
Xalqimizni xolis va haqqoniy axborot bilan ta'minlashdek mas’uliyatli vazifangizda kuch-quvvat yor bo‘lsin!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi.
Sizlarga mustahkam sog‘lik va xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz.
Xalqimizni xolis va haqqoniy axborot bilan ta'minlashdek mas’uliyatli vazifangizda kuch-quvvat yor bo‘lsin!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#ijodiy_imtihon
⚡️IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI
Bugun, 27- iyundan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish uchun kirish imtihonlarining 1-bosqichi boshlandi.
Agentlik tizimida 9 ta ijod maktabi mavjud:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
❗️Ushbu ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun Respublikamiz boʻylab jami 5 511 ta ariza qabul qilingan.
Eslatib oʻtamiz:
Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi.
1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi
🗣 Imtihon jarayonlari davom etmoqda.