Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Abu_Ali_ibn_Sino
#xalqaro_olimpiada

⚡️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 9-14-iyun kunlari Buxoro shahrida ilk marotaba oʻtkazilayotgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi ishtirokchilari Buxoro shahridagi Prezident maktabida boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabida matematika fani boʻyicha "Quiz-Bee Competition" musobaqasi
oʻtkazildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Xorazm viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan chavandozlik mashgʻulotlarida
ishtirok etdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida "Ohanglar sehri" deb nomlangan badiiy-musiqiy kecha
boʻlib oʻtdi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari “Yangi Oʻzbekiston” universiteti professor-oʻqituvchilari bilan
muloqot qildi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari Samarqand davlat universitetining Muhandislik fizikasi instituti faoliyati bilan
yaqindan tanishdi.

Termiz shahridagi
Prezident maktabi, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida hududlarda shoshilinch yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlash, aholiga shoshilinch yordam ko‘rsatish faoliyatini boshqarishning yagona tizimi — “112” yagona dispetcherlik xizmati yuzasidan axborot-targʻibot tadbiri o‘tkazildi.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari WMI - Xalqaro matematika olimpiadasining final bosqichiga
yoʻllanma oldi.

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Ilhom va shijoat: qizlar kelajakni yozmoqda” mavzusida hisobot taqdimoti
o‘tkazildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabining bir guruh o‘quvchilariga Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasining maxsus esdalik sovgʻalari
topshirildi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi tomonidan “Qoraqalpoq sheʼriyatining soʻnmas yulduzi” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha
oʻtkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Samarqand filiali rahbariyati ishtirokida brifing
bo‘lib o‘tdi.

Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Dilshodbek Rajabov Eronda boʻlib oʻtadigan 54-Xalqaro fizika olimpiadasida qatnashish imkoniyatini
qoʻlga kiritdi.

Guliston, Jizzax shaharlari, Muzrabot, Norin, Namangan, Uchqoʻrgʻon, Chust, Kosonsoy, Shahrisabz, Olot, Qarshi tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari fanlarni bilish darajasi boʻyicha milliy sertifikatlarga ega boʻldi.

Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Gulchiroy Rahmatullayeva va Goʻzal Nurulloyeva ICT4 Girls olimpiadasining Respublika bosqichiga
yo‘llanma oldi.

Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Har 10 kunda bir kitob" chellenjiga start berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#xalqaro_olimpiada
#taqdirlash

⚡️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ilk marotaba oʻtkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

🏆Unda Agentlik tizimidagi maktab o’quvchilari quyidagi natijalarni qayd etishdi.

🥇OLTIN MEDAL:
Mehrangiz Ahtamova, Navoiy shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi.

🥈KUMUSH MEDAL:
Sardor Qurbonboyev, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
Abdurahmon Yokubjonov, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Mashhura Qudratova, Navoiy shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi.

🥉BRONZA MEDAL:
Rasul Nekkulov, Qarshi shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
Rayxona G‘ofurova, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Nursulton Ashiraliyev, Jizzax shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Forwarded from Hilola Umarova
Dunyoni bilimlilar boshqaradi, kelajakni iste’dodlilar yaratadi. Bu haqiqatni Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi jarayonlarini kuzata turib yana bir bor teranroq his qildim.

Yevropa va Osiyo qit’asidagi 18 ta davlat o‘quvchi-yoshlari ishtirok etgan ushbu bahs jarayonlari o‘tgan vaqt davomida chinakam ma’nodagi katta bilimlar bellashuviga aylanib ketdi. 120 nafarga yaqin dunyo yoshlarini bir nuqtaga jamlagan ushbu olimpiada bahslarining qizg‘in va murosasiz kechganligini ishtirokchi o‘quvchilarning taassurotlaridan ham anglash qiyin emas.

Albatta, O‘rta asr sharq ilm-fani va madaniyatiga katta hissa qo‘shgan bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino ilmiy me’rosi va katta hayot yo‘li dunyoning deyarli barcha davlatlarida hozirga qadar chuqur o‘rganib kelinadi. Va uning tabobatga doir asarlari va tavsiyalari dunyo tibbiyotida keng qo‘llaniladi.

Buxoro ana shu buyuk vatandoshimiz nomi bilan ataluvchi katta bir tadbirga mezbonlik qildi. Bunda bilimlar bahs olib borsada, o‘zaro hurmat va do‘stlik yetakchilik qildi. Bu do‘stona kayfiyat ayniqsa yoshlarning Buxorodagi turli tarixiy va madaniy maskanlarga qilgan sayohatlarida yaqqol namoyon bo‘ldi, deyishimiz mumkin.

Bir so‘z bilan aytganda, bugun yakunlangan ushbu xalqaro olimpiada bahslari O‘zbekiston yoshlari uchun ham bir maktab bo‘lishi qatorida, kelgusidagi muhim musobaqalar oldidan katta tayyorlov vazifasini o‘tagani aniq.

Men mazkur olimpiadaning barcha ishtirokchilariga kelajakda bundanda katta omadlar tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri