#A_level_AS_level
⚡️Prezident maktablarida A/AS-level imtihonlari boshlandi
Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida A va AS-level imtihonlariga start berildi.
Maʼlumot uchun, AS va A-level sertifikati dunyoning 1750 dan ortiq OTMlari tomonidan tan olinadi.
A va AS-level imtihonlari 11-iyunga qadar davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Turon_yoʻlbarslari
#ikkinchi_kun
⚡️ "Turon yoʻlbarslari" harbiy-sport musobaqasi Agentlik bosqichi jarayonlaridan lavhalar

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
⚡️ Ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Vengriyaning nufuzli universitetiga 100 foiz grant asosida oʻqishga kirdi.
Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi HasanTursunqulov Debrecan universitetining 100 foizlik grantini qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, oʻquvchimizga Radford, Long Island, Canisius, Roosevelt universitetlari ham taʼlim grantlari ajratgan.
Ma’lumot o‘rnida, H. Tursunqulov IELTSdan 7.5 ballik natijaga ega.
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

#ishchi_guruh
#Navoiy
TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI OʻRGANISH DAVOM ETMOQDA
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi ishchi guruhi tomonidan hududlardagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati joyiga borib o‘rganilmoqda.
Xususan, Agentlik direktorining maslahatchisi E.Karimova Navoiy viloyatidagi Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini yaqindan oʻrganib, aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish yuzasidan metodik tavsiyalar berdi.
Agentlik direktorining maslahatchisi maktablardagi oʻqituvchi va oʻquvchi-yoshlar bilan muloqotda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, fan, robototexnika va "Teatr - ibratxonadir" shiori ostida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyatini yanada kengaytirish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni hamda “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati qayd etildi.
Taʼlim maskanlarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan suhbatlashib, ularning kelgusidagi rejalari va tanlagan kasblari haqida fikr almashdi.

#taqdirlash
⚡️"TURON YOʻLBARSLARI" HARBIY-SPORT MUSOBAQASI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi yakunlandi.
Musobaqaning Agentlik bosqichida 9 ta jamoa “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi shartlar asosida oʻzaro bellashdi.
Yakuniy natijalarga koʻra:
🥇Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining "Yosh gvardiyachilar" jamoasi 1-oʻrin;
🥈Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining "Vatanparvar" jamoasi 2-oʻrin;
🥉Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining "Sohibqiron" jamoasi 3-oʻrin.
Musobaqaning yopilish marosimida gʻoʻlib va sovrindorlar taqdirlandi.
Maʻlumot oʻrnida, mazkur musobaqa doirasida “Harbiy qismda bir kun”, “Gulxan atrofida ijodiy kecha”, “Uch avlod uchrashuvi”, Guliston shahri boʻylab, shuningdek, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga sayohat tadbirlari ham tashkil etildi.