Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.9K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari “O'zaeronavigatsiya” Markazi mutaxassislari bilan
uchrashdi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida hududdagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari oʻrtasida sport musobaqasi
oʻtkazildi.

Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari IV Respublika kitoblar ko‘rgazmasida
ishtirok etdi.

Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "Liderlar kuni"
oʻtkazildi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabida biologiya fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening
tashkil etildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari fransuz pianinochisi Joanna Godal
konsertida bo’ldi.

Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Bobur milliy bog‘i majmuasiga
sayohat qildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabida hududdagi STEM fanlari pedagoglari uchun mahorat darslari
tashkil qilindi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida psixologik trening
oʻtkazildi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida O‘zFA akademiklari ishtirokida uchrashuv
tashkil etildi.

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Sardorjon Sunnatullayev Turon yakkakurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan "O‘zbekiston chempionati"da 3-o‘rinni
egalladi.

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari "Nurota tuman hududiy elektr tarmoqlari AJ" faoliyati bilan
tanishdi.

Jarqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari IELTS sertifikatiga
ega boʻldi.

Furqat tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Qo‘qon shahrida joylashgan harbiy qismga
ekskursiya qildi.

Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari xalqaro taʼlim grantlarini
qoʻlga kiritdi.

Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida xalqaro va milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar
taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

26-aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan.

Shoir adabiyotimizda betakror timsollar yarata olgan, hayot voqeligini chuqur va o‘ziga xos tarzda ifodalagan, ajoyib iste’dod sohibi sifatida munosib iz qoldirgan.

Muhammad Yusuf 2001-yil 47 yoshida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 2017-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda

Oʻzbekiston 24 | Gulistonlik bir oilaning uch nafar farzandi Prezident maktabida taʼlim olmoqda

Renessans TV
|Prezident maktabi oʻquvchisi URSINUS kollejiga 100 foizlik grant asosida qabul qilindi

Oʻzbekiston 24
| Prezident maktablari: ta’limdagi islohotlar samarasi

Oʻzbekiston 24| Президентские школы: достойные дети нового Узбекистана

Fargʻona MTRK | Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida oʻtkazilgan "Ijodiy olimpiada"ning Agentlik bosqichi, "Fargʻona oqshomlari" tadbirlari

Sirdaryo MTRK
| Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻrtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Namangan MTRK | Namangan shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi, informatika fanidan Xalqaro Jautikov olimpiadasida kumush medal sohibi, bir nechta mintaqaviy olimpiada va tanlovlar g'olibi hamda 2024-yilgi respublika fan olimpiadasida 1-o'rin sohibi Husanboy Mansuraliyev haqida reportaj

Andijon MTRK | Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan 1-rolik

Andijon MTRK | Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan 2-rolik

Andijon MTRK | Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan 3-rolik

Xorazm MTRK | "Assalom, Xorazm" dasturida Ogahiy nomidagi ijod maktabi faoliyati haqida lavha

Fargʻona MTRK | Pedagog kadrlarning attestatsiyasi

Xorazm MTRK | Ogahiy nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi Hilolaxon Jumanazarova "Assalom, Xorazm" teledasturi mehmoni

Oʻzbekiston 24 | "Yashil makon" umummilliy loyihasi: natija va samaradorlik

Xorazm MTRK | Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Gulshan Rahimova va 9- sinf oʻquvchisi, IELTS 7.5 ball natijani qoʻlga kiritgan Doniyor Matyakubov "Assalom, Xorazm" dasturi mehmoni

"Hurriyat" gazetasi | “Adabiy laylatul qadr"

Qashqadaryo MTRK | Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi vakillari "Fazyli kun" musiqiy dam olish dasturi mehmoni

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Seminar_trening

🔴 Ayni damda poytaxtimizda “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminari davom etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, ziyolilar, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlaridan kelgan pedagoglar ishtirok etishdi.

Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi:


Yoshlarimizni ma'naviy tahdidlardan asrash, ularni kamolotga yetkazishda eng katta mas'uliyat aynan ustozlarimiz yelkasiga yuklanadi. Zero, ta'lim tarbiya bilan chambarchas bogliq jarayondir

Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri:

Bugungi seminar orqali maktablardagi tarbiyaviy ishlarni zamonaviy metodlarda tashkil etish, bunga mas’ul rahbarlarning ish uslubi, malakasini oshirishni niyat qilganmiz.

❗️Shuningdek, tadbir davomida vazirlik tomonidan tayyorlangan “Ota-ona – murabbiy” kitobi taqdimoti ham tashkil etildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1576

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

⚡️Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida shoir Muhammad Yusufning turmush oʻrtogʻi Nazira as-Salom hamda taniqli adib Tog’ay Murodning rafiqasi, yozuvchi va tarjimon Maxsuma Ahmedova ishtirokida adabiy uchrashuv oʻtkazildi.

Muloqotda Nazira as-Salom Muhammad Yusuf haqidagi xotiralari bilan o’rtoqlashar ekan, shoir oʻz Vatanini xalqona ohang bilan madh etgani, cheksiz mehr bilan sevganini ta'kidladi.

Bunday uchrashuvlar o’quvchi-yoshlar qalbida adabiyotga, she'riyatga mehr uygʻotishi bilan bir qatorda, sevimli adiblarimizning ibratli hayot yo’llari ularda Vatanga muhabbat, sadoqat tuyg’ularining kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Washington fan va texnologiya universiteti professorlari bilan muloqot tashkil etildi.

Fargʻona shahridagi
Prezident maktabi, O’zbekiston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari "RoboKU-2024" tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Guliston shahridagi
Prezident maktabi, Boyovut tuman va Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktablarida Turkiyaning nufuzli universitetlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabida tabiiy fanlar oʻqituvchilari uchun trening
tashkil etildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida prokuratura sohasi mutaxassislari ishtirokida davra suhbati
o‘tkazildi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi delegatsiyasi Nurafshon shahridagi Prezident maktabi faoliyati bilan
yaqindan tanishdi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida “Ayaziy ixlosmandlari” tanlovi
tashkil etildi.

Farg’ona shahridagi
Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Shayxontohur, Uzun, Chust, Uchqoʻrgʻon, Buxoro,Gʻijduvon, Kosonsoy, Oltiariq, Uchkoʻprik, Yozyovon, Boyovut, Mirzaobod, Qarshi, Guliston tumanlari va Namangan, Kogon, Margʻilon, Yangiyo‘l, Guliston, Shahrisabz shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Farmatsevtika texnik universiteti vakillari bilan uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari ishtirokida "Harakatsiz nishonlarda oʻq otish" mavzusida amaliy mashgʻulot
oʻtkazildi.

Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Turon yo‘lbarslari” musobaqasi
tashkil etildi.

Quyi Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Milliy qadriyatlar-millat tayanchi” shiori ostida bayram tadbiri
boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O’zbekiston terma jamoasi Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etish uchun Bolgariyaga yetib bordi

  Joriy yilning 27-aprel-2 may kunlari Bolgariyaning Varna shahrida 41-Bolqon Matematika olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiadada turli mamlakatlardan jami 138 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.

❗️O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada jamoaviy tarzda ikkinchi marta ishtirok etmoqda.

Terma jamoamiz a’zolari bilan tanishing:


Boboqulov Asadbek– Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi,
Suyunova Madina —Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi,
Axtamov Ozodbek —  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi,
Zohidjonov Elbek —  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi,
G‘affarov Rasulbek — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi,
Jaylovov To‘lqin — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi.

❗️Eslatib o‘tamiz, 40-Bolqon Matematika olimpiadasida 4 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan edi.


Terma jamoamiz a’zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi.

20-26-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida 40 ga yaqin davlatlarning terma jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida yurtimiz o‘quvchilari 1 ta kumush, 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi

Medal sohiblari bilan tanishing:

🥈Kumush - Daler Rahimov,
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;

🥉Bronza - Ahrorbek Bahodirov,
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;

🥉Bronza - Saida Abdullayeva,
Navoiy viloyati, 11-son AFCHO'IM, 11-sinf o‘quvchisi;

🥉Bronza - Elyorbek Adhamov,
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;

🥉Bronza - Mirjaxon Muxammadov,
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi.

Barcha g’oliblarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini tabriklaymiz!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM