Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
46.8K subscribers
17.3K photos
2.23K videos
70 files
6.45K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#xorijiy_hamkorlik

🇺🇿🇹🇷Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Turkiyadan Turkiya Texnologiya Jamoasi Jamgʻarmasi (T3) direktori Elvan Kuzucu Hidir tashrif buyurdi.

💻 Tashrif chogʻida mehmonlarga kampus-tur tashkil qilindi. Maktab boʻylab sayohat paytida oʻquvchilarimizning "Mobil", "WEB", Robototexnika hamda maktab prezidenti, Infinity team va Eco Union jamoalarining loyiha taqdimoti namoyish qilindi. Shundan soʻng maktab faollar zalida 8-9-10-sinf oʻquvchilari bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

🧑‍💻 Muloqot davomida Technofest festivali milliy texnologiya(aviatsiya, texnologiya va kosmik texnologiya)larni targʻib qilish va rivojlantirish hamda odamlarning bu sohadagi xabardorligini oshirishga qaratilgan yagona festival ekanligi haqida maʼlumot berdi.

🚀Ushbu “Teknofest-2024” festivalida boshlangʻich va oʻrta maktab oʻquvchilari, kollej/akademik litsey oʻquvchilari, bakalavr va magistratura talabalari hamda bitiruvchilar 40 dan ortiq yoʻnalish boʻyicha turli musobaqalarda qatnashish mumkinligini ta’kidlab, tanlov ishtirokchisi uchun quyidagi manfaatli jihatlarini ham aytib o’tdi:
🔲 ishtirokchilarning loyihalarini moddiy jihatdan dastaklash uchun jami 1 mln 825 ming dollar ajratiladi;
🔲tanlovda sovrindor jamoalarga 995 ming dollar mukofot puli taqsimlab beriladi;
🔲final bosqichi Turkiyada boʻlib oʻtadi, qatnashish uchun transport va turarjoy xarajatlari qoplanadi, deb oʻquvchilarimizni “Teknofest-2024” festivaliga taklif qilishdi.

🔥 Muloqot soʻngida maktab oʻquvchilarimiz oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Finlandiya

Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi vakillari bugun kunning ikkinchi qismida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo’lishdi.

❗️Uchrashuv davomida xorijlik mehmonlar maktabdagi o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. O’quvchilar tomonidan yaratilgan ixtirolar, xususan robototexnika hamda mobil ilovalar finlyandiyalik ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

📍 Shundan so’ng, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Unda xorijlik ekspertlar hozirda Respublikamiz maktablarida joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimi bilan yaqindan tanishishdi.

✔️Baholash materiallarini tayyorlovchi mahalliy ekspertlar bilan muzokaralar o‘tkazgan holda, joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimini fin tajribasi asosida takomillashtirish, shuningdek mahalliy ekspertlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM