Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44K subscribers
18.4K photos
2.36K videos
70 files
6.78K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#EcoITOromgoh
#Hamkorlik

⚡️Bugungi kunga qadar "Zamin" fondi bilan hamkorlikda bir necha loyihalarni amalga oshirdik.

Mana bugundan boshlab, "Zamin" fondining "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida "Eco IT oromgoh" loyihasiga start berildi.🔥

📍Oromgoh yoshlar orasida ekologik madaniyatning rivojlanishiga, ekologik loyihalar yaratish bo'yicha bilimlarini boyitishga juda katta hissa qo'shishiga ishonaman.

Oromgoh faoliyatiga omad tilayman!

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#watan_qorǵawshıları_kúni
#jarıs
#birge_islesiw

Ózbekstan Respublikası Milliy Gvardiyası Qaraqalpaqstan Respublikası Qorǵaw basqarması menen birgelikte jaslardıń bos waqıtın mazmunli ótkeriw, jaslar arasında salamat turmıs tárizin keń en jaydırıw, olardı dene tárbiya hám sportqa qızıqtırıw, sonıń menen birge, 14- yanvar "Watan qorǵawshıları kúni" múnásibeti menen sporttıń oq jaydan oq atıw túri boyınsha jarıs shólkemlestirildi.

❇️Jarıs juwmaǵında sıylı orınlardı iyelegen oqıwshılarǵa shólkemlestiriwshiler tárepinen dárejeli diplom, medal hám estelik sawǵaları tapsırıldı.

_____________________________________________

#vatan_himoyachilari_kuni
#musobaqa
#hamkorlik

O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo'riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, shuningdek, 14- yanvar "Vatan himoyachilar kuni" munosabati bilan sportning kamondan o'q otish turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

❇️Musobaqa yakunida sovrinli o'rinlarni egallagan o'quvchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va sovg'alar topshirildi.

Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Hamkorlik
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Agentlik tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi bilan hamkorlikda o'quvchilar uchun 36 soatlik o'quv mashg'ulotlari tashkil etildi.

💡
Esalatib o'tamiz, 36 soatlik o'quv mashg'ulotlarining 6 soati tibbiyot klinikalarida, 10 soati esa klinika o'quv laborotoriyalarida o'tqazilishi rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#hamkorlik

📍 Olmaliq shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktabda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Nurafshon shahridagi Prezident maktabi hamda "Gennis Campus" nodavlat ta'lim markazi trenerlari tomonidan "Ta'limga zamonaviy yondashuv" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔰 Seminarda Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi maktablarning salohiyatli o'qituvchilari hamda tashabbuskor o'quvchilari ishtirok etishdi.

⚡️Trening davomida xorijiy OTMlarga kirishdagi grandlar to'g'risida to'liq ma'lumotlar berildi. Shuningdek, o'qituvchilar va o'quvchilarga amaliy mashg'ulotlar, ta'limiy mahoratini oshirishga, tanqidiy va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga doir ma'lumotlar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#hamkorlik

📍 Yangi yo'l shahridagi maktabda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Nurafshon shahridagi Prezident maktabi hamda "Gennis Campus" nodavlat ta'lim markazi trenerlari tomonidan "Ta'limga zamonaviy yondashuv" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

"Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda butun respublika bo'ylab mazkur loyihani ommalashtirishni oldimizga asosiy maqsad qilib olganmiz" - deydi loyiha asoschisi, Nurafshon shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori M. Yo'ldoshev.

🔰 Seminarda Yangiyo'l shahridagi maktablarning salohiyatli o'qituvchilari hamda tashabbuskor o'quvchilari ishtirok etishdi.

⚡️Trening davomida xorijiy OTMlarga kirishdagi grandlar to'g'risida to'liq ma'lumotlar berildi. Shuningdek, o'qituvchilar va o'quvchilarga amaliy mashg'ulotlar, ta'limiy mahoratini oshirishga, tanqidiy va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga doir ma'lumotlar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik
#xalqaro_islom_akademiyasi

⚡️ Xabar berganimizdek, bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – kelajagimiz poydevori” shiori ostida ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi oʻtkazildi.

🔺 Unda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev, “Yangi asr universiteti” nodavlat taʼlim muassasasi rektori Q.Zahidov, Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi direktori Q.Sobirov, Xalqaro Nordik Universiteti rektori Sh. Mustafakulovlar qatnashdi.

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Uchrashuvda Akademiyaning Mumtoz sharq filologiyasi, Islomshunoslik hamda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetlarining bakalavriat yoʻnalishi bitiruvchi talabalari ishtirok etdi.

✍️ Tadbir davomida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi oʻrtasida Memorandum imzolanib, soʻngra bitiruvchilar bilan suhbat jarayonlari tashkil etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik

⚡️Uzluksiz kasbiy rivojlanish (CPD) bilan shug‘ullanish o‘qituvchilarga pedagogik mahoratini oshirish, innovatsion o‘qitish usullarini qo‘llash va o‘z sinflariga zamonaviy texnologiyalarni kiritish imkonini beradi.

🗺Nurafshon Prezident maktabida Chirchiq pedagogika universiteti va Turon xalqaro maktabi bilan hamkorlikda Uzluksiz kasbiy rivojlanish (CPD) trening sessiyalari o‘tkazilmoqda.

🔥Mazkur seminarlar o‘quvchilarni o‘qitish va ta’lim sifatini oshirish orqali o‘zaro tajriba almashish va ta’lim tajribasini oshirish maqsadida har haftaning juma kuni o‘tkaziladi.

Birinchi mashg‘ulot matematika o‘qituvchisi Foman De La Kruz tomonidan "Metacognition" mavzusi bo‘yicha o‘tkazildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlarga ixtisoslashgan sinf oʻquvchilari Kimyo fanidan laboratoriya mashgʻulotlarida ishtirok etish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish maqsadida kelishdi.

🔬Kimyo fani boʻyicha oʻtkazilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar, fanlar integratsiyaga asoslangan tajribalar oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi va ularning fan asoslarini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqlarining yanada oshishiga zamin yaratdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlarga ixtisoslashgan sinf oʻquvchilari Kimyo fanidan laboratoriya mashgʻulotlarida ishtirok etish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish maqsadida kelishdi.

🔬Kimyo fani boʻyicha oʻtkazilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar, fanlar integratsiyaga asoslangan tajribalar oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi va ularning fan asoslarini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqlarini yanada oshishiga zamin yaratdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#memorandum
#hamkorlik

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi hamda Nukus harbiy prokuraturasi o‘rtasida Memorandum imzolandi.

Tomonlar, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishni hisobga olib, ijod maktabi o‘quvchilarini Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga Jadid bobolarimizning g‘oya va dasturlarini singdirish, huquqiy savodxonligi va ongini yuksaltirish hamda ularni turli mafkuraviy tahdidlardan asrash, Vatan kelajagi uchun mas’uliyatni his etish, mamlakatimiz barcha sohalari uchun vatanparvar, o‘z kasbiga sadoqatli, fidoyi, mard, jasur va har tomonlama yetuk kadrlar zaxirasini yaratish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qonunchilik_ijrosi_amalda
#hamkorlik

🗺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-aprel kuni qabul qilingan "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi.

Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Andijon viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Seminar ishtirokchilari ijod maktabida yo‘lga qo‘yilgan ijodiy va kasbiy to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ijodkor o‘quvchilar ishtirokida badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM