Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.2K subscribers
17.1K photos
2.21K videos
70 files
6.42K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
📣📣📣📣📣

Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar yo‘nalishidagi olimpiadaning IV (respublika) bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Olimpiadada respublikamizning barcha hududlaridan 7-8-sinf o‘quvchilari viloyat bosqichi goliblari ishtirok etdi va umumiy hisobda 84 nafar o‘quvchi 3 ta fandan bellashishdi.

G‘oliblar bilan tanishing
(7-sinflar ortasida):

▶️1-o'rin: Sarsenbayev Ali Islam ogli (Qoraqalpogiston Respublikasi, 33-sonli umumta'lim maktabi);

▶️2-o'rin: Sobirjonov Abrorbek Hayotjon o'g'li (Toshkent shahar, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab);

▶️3-o'rin: Nazarova Muslima Rifkat qizi (Xorazm viloyati, 45-IDUMI).


8-sinflar o‘rtasida:

▶️1-o'rin: Nomonova Rayhonaxon Akmaljon qizi (Farg'ona viloyati, O‘zbekiston tuman ixtisoslashtirilgan maktabi);

▶️2-o'rin: Asrorov Adxam Asqar o
gli (Samarqand viloyati, Payariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi);

▶️3-o'rin: Xolmahmatova Nozima Behzod qizi (Toshkent shahar, Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi).


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️⚡️⚡️ OʻQUVCHIMIZ GARVARD UNIVERSITETI TALABASI BOʻLDI

🗺 Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Abdulaziz Sobirov dunyo reytingida TOP 5 likka kiruvchi Garvard universitetiga 354,000 AQSh dollari miqdoridagi grant bilan o‘qishga qabul qilindi.

Shuningdek, Abdulaziz AQShning bakalavriat kollejlari orasida 11-o‘rinni egallaydigan Grinnell kollejining 300,000 AQSh dollari miqdoridagi grantini ham qo‘lga kiritgan.

📝Oʻquvchimiz IELTSdan 8,5 ball hamda SATdan 1560 ball sohibidir. Shuningdek, u "Zakovat O‘quvchilar Ligasi" 2022-2023-mavsumi mutlaq g‘olibi – "Et Cetera" jamoasi a’zosi.

📶 Qolaversa, Abdulaziz “Vice-head of the United students" vitse-prezidenti hamda "PSAD" klubi asoschilaridan biri hisoblanadi.

❗️Maʻlumot uchun, Garvard universitetida Jon Kennedi, Jorj Bush, Barak Obama, Bill Geyts, Mark Sukerberg, Robert Oppengeymer, Teodor Ruzvelt, Benazir Bhutto singari mashhur shaxslar tahsil olgan.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“O‘g‘illarimdan umidim katta”: Ikki farzandi prezident maktabida o‘qiyotgan novvoy
#kun_uz

Bog‘dod tumani Samarqand qishlog‘ida oddiy oilaning ikki farzandi Farg‘ona shahridagi prezident maktabiga o‘qishga kirgan. Daromadi novvoychilikdan bo‘lgan ota-ona farzandlari kamoli uchun tinmay mehnat qiladi. “Imorat qurmasak-da, bor mablag‘imizni o‘g‘illarimizning bilim olishi uchun sarflayapmiz, ular novvoyxonada qiyinchilikni his qilib ulg‘ayishdi”, deydi ota.

📹
TO‘LIQ VIDEONI KO‘RING

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#soha_qonunchiligi

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA STEM FANLARINI INGLIZ TILIDA OʻQITISH YOʻLGA QOʻYILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra:

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

O‘quvchilar oʻrtasida “Yosh akademiklar” klublari tashkil etiladi;

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari 13 ta hududda tashkil etiladi;

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi Oʻzbekiston" universiteti bilan integratsiyalashgan tarzda muhandislik yoʻnalishida oʻqitish yo‘lga qo‘yiladi;

Ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-oʻquv yilidan bosqichma bosqich STEM fanlarini toʻliq ingliz tilida oʻqitish tashkil etiladi;

Maktablarimizning ilgʻor va tajribali o‘qituvchilaridan iborat bo‘lgan STEM fanlari bo‘yicha fan kengashlari tashkil etiladi;

Agentlik tizimida "Bitiruvchilar kengashi" tashkil etiladi hamda har yili "Bitiruvchilar qurultoyi" oʻtkaziladi;

Oʻquvchilar oʻrtasida "Turon yoʻlbarslari" harbiy sport musobaqalari oʻtkaziladi;

Har yili umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ixtirochilikka qadam” tanlovi oʻtkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soha_qonunchiligi

⚡️TANLOVDA G‘OLIB BO‘LGAN 6-SINF O‘QUVCHILARI IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONISIZ QABUL QILINADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra:

“Yosh tarjimonlar” klublari yo‘lga qo‘yiladi;

O‘quvchilarning ijodiy ishlari toʻplam sifatida "Mening birinchi kitobim" loyihasi asosida nashr etiladi;

o‘quvchilarda axloqiy, ijtimoiy-emotsional va estetik didni rivojlantirish maqsadida “San’at” (ART) fani kiritiladi;

o‘quvchilarning sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishiga qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida robototexnika asoslari o‘rgatiladi;

oʻquvchilar ijodiy ishlarini onlayn platformalar orqali tijoratlashtirishga oʻrgatiladi;

ijodkor oʻquvchilar oʻrtasida "Ijodiy olimpiada" oʻtkaziladi;

Ikkita ijod maktabida taʼlim jarayoni xalqaro IB (International Baccalaureate) dasturi asosida yoʻlga qoʻyiladi;

ijod maktablarida Oliy taʻlim muassasalarining til, adabiyot va xorijiy tillari kafedralarining filiallari tashkil qilinadi;

Oʻqituvchilar elchixonalar tomonidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga joʻnatiladi;

Ijod maktablariga xorijiy oʻqituvchilar jalb qilinadi;

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida badiiy adabiyot va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi:

umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan ijodkor oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi;

ko‘rik-tanlov har yili tuman (shahar) va viloyat bosqichlarida o‘tkaziladi;

tanlovning viloyat bosqichida sovrinli 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 6-sinf o‘quvchilari ijod maktablariga umumiy qabul parametrlari doirasida kirish imtihonisiz o‘qishga qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 5-umumta’lim maktabida boʻldi.

#Mirziyoyev #tanishuv #xalqtalimi #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube