Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun “Menejerlik o‘quv kurslari”ning ilk 64 nafar bitiruvchilariga sertifikat topshirdik.

Bilasiz, bu yildan umumta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish amaliyotini yo‘lga qo‘ydik.

1 oy davomida nomzodlar amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etib, liderlik va o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishdi.

Mazkur o'quv kursida jami 105 nafar nomzodlar o'qishdi. Shundan mashgulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan 64 nafar
"ilk qaldirgochlar" sertifikatga ega bolishdi.

Shuni alohida ta'kidlashni istardim, har qanday sohada bo'lgani kabi ta'limda ham samarali boshqaruv tizimning rivoji uchun juda muhim.

Chunki, direktorning o'zi ijodkor, zamonaviy ko‘nikmalardan xabardor va yangiliklarni qo'llab-quvvatlaydigan bo'lsagina, jamoaning tashabbuslari qo'llab-quvvatlanadi. Yangiliklar yaratiladi.

Umid qilamanki, bu tizim ko‘plab iqtidorli rahbarlarni, ta'lim tizimiga katta hissa qo‘shuvchi chinakam fidoyi kadrlarni yetishtirib chiqaradi. Biz esa ularni butun faoliyatlari davomida qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Qarshi shahridagi Prezident maktabida ''Books bowl" tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida AS va A-Level imtihonlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida kimyo fanidan laboratoriya imtihonlari
oʻtkazildi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabida "Milliy libosimiz - maʼnaviy boyligimiz" nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir
tashkil qilindi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi Nigora Asrorqulovaning maqolasi xalqaro nashrda
eʻlon qilindi.

Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Ilhomjon Parmonov Navoiy viloyati hokimi tashabbusi bilan e’lon qilingan “Onamga maktub” tanlovida
gʻolib boʻldi.

Shofirkon va Kosonsoy tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi.

Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Quvnoq startlar" musobaqasi
oʻtkazildi.

Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf oʻquvchisi Ahrorbek Ernazarov AQSHning “McKendree” universitetiga grant asosida oʻqishga
qabul qilindi.

Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Yoshlar milliy oʻyinlari" festivali
bo‘lib o‘tdi.

Mirzaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Guliston davlat pedagogika instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zukko kitobxon" tanlovi
tashkil etildi.

Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oʻquvchisi Zargiyo Ibrohimjonova Fargʻona viloyat kutubxonasi tanlovida
gʻolib boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

⚡️Agentligimiz tizimidagi Pastdargʻom tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Nurjaxon Rustamov IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.

Listening – 8.5
Reading – 9
Writing – 6.5
Speaking – 7

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yangicha taʼlim tizimi va yangicha yondashuvlar

#uzbekiston24

📍Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Infografika

📊 "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.

❗️Statistika 20-mart soat 12:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.
____________

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabi, Uzun, Chiroqchi, Nukus, Sardoba tumanlari va Andijon shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o’quvchilari chet tilini bilish darajasi boʻyicha milliy hamda xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.

Nukus shahridagi Prezident maktabida 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida AS va A-Level imtihonlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida fizika fanidan laboratoriya ishi
oʻtkazildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Jaloliddin Manguberdi sharafiga Urganch shahrida bunyod etilgan harbiy akademik litseyga
ekskursiya qildi.

Andijon shahridagi Prezident maktabida varrak uchirish musobaqasi
boʻlib oʻtdi.

Abdulla Qodiriy hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o’quvchilari “Yangi O’zbekiston” universiteti faoliyati bilan tanishdi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida olima Jamila Shermuhammedova hamda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Toshpoʻlat Matkarimov ishtirokida targʻibot tadbiri
oʻtkazildi.

Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Made in Uzbekistan” tanlovi
tashkil etildi.

Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida kitob marafoni
oʻtkazildi.

Nukus tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Aybek Paraxatov xalqaro taʼlim grantiga
sazovor boʻldi.

Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida milliy sport oʻyinlari boʻyicha
musobaqa oʻtkazildi.

Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabida fizika fani boʻyicha loyiha ishlari koʻrgazmasi
boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube