Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44.8K subscribers
17.9K photos
2.31K videos
70 files
6.64K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

JANUBIY KOREYA TAʼLIM TASHKILOTI VAKILLARI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA TASHRIF BUYURISHDI

Shu kunlarda Incheon Metropolitan City taʼlim boshqarmasi vakillari mamlakatimiz taʼlim tizimi bilan tanishish hamda ijodiy konvergensiya (Creative Convergence Education) boʻyicha xalqaro oʻquvchilar, oʻqituvchilar hamda talabalar almashish dasturi boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida respublikamizda boʻlib turibdi.

Delegatsiya vakillari bugun Muhammad al-Xorazmiy maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati bilan uchrashdi.

O‘zaro muloqotda  ta’lim yo‘nalishida hamkorlikni oshirish, tizimdagi o‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, maktab direktorlari uchun treninglar, turli yoʻnalishlar boʻyicha onlayn va oflayn tarzda seminarlar tashkil qilish, shuningdek, maktablarga koreyalik oʻqituvchilarni jalb etish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Mehmonlar maktablarimizdagi taʼlim dasturlari, baholash tizimi, o‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va robototexnika kabi yo‘nalishlarda yaratgan loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiya a’zolari va o‘quvchilar o’rtasida qiziqarli suhbatlar ham tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

TURKIYA ELCHIXONASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

Unda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Turkiya elchixonasi ta’lim bo’limi rahbari Ebubekir Aydın taʻlim sohasida oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz oʻrtasida taʻlim sohasi boʻyicha hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda. Hozirda Agentlik tizimidagi 4 ta ijod maktabiga turkiyalik mutaxassislar jalb qilingan bo’lib, ikkinchi xorijiy til sifatida turk tili ham oʻqitilmoqda.

Oʻquvchilar Turkiyada oʻtkazilayotgan forum-festivallarda faol qatnashmoqda. Boshqa tillar kabi turk tilini bilish sertifikatlarini ham qo’lga kiritishmoqda.

Muzokaralarda hamkorlikda oʻquvchilar va oʻqituvchilar almashinuv dasturlari, ijod maktablarida ikkinchi xorijiy til sifatida turk tilini oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqish kabi takliflar ilgari surildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Harbiy_vatanparlik

HARBIY-VATANPARVARLIK BOʻYICHA SEMINAR

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Oʻquvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maktabda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik  fanining oʻqitilishi” va “Maktabda samarali faoliyatni yoʻlga qoʻyishda ustuvor yondashuvlar” mavzularida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktor oʻrinbosarlari uchun tashkil etilgan mazkur tadbirda ishtirokchilar mazkur taʻlim maskanida oʻquv jarayonlarini kuzatish, faoliyatga doir normativ-huquqiy hujjatlarning yuritilishi, o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻldi.

Seminar doirasida uch avlod uchrashuvi, maktabning faol o‘quvchilari, seminar ishtirokchilari hamda xorijlik mehmonlar ishtirokida “Ustoz – bizning haqiqiy qahramonimiz” mavzusida davra suhbati ham o‘tkazildi. Shuningdek, harbiy qism bilan hamkorlikda harbiy texnikalar, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube