Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Digital_generation_ladies
#Taqdirlash_marosimi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari va "Digital Generation Uzbekistan" tomonidan tashkil etilgan "Raqamli avlod qizlari-2022" IT oromgohining yopilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- O'z ustingizda tinimsiz ishlashga bo'lgan intilishingiz tahsinga sazovor, aziz qizlar. "Raqamli avlod qizlari" bu yil ikkinchi marta o'tkazilmoqda va quvonarlisi, biz bu yil yanada ko'proq ishtirokchilarni qamrab ololdik. Umid qilamanki, siz bu yerda o'rganganlaringizni boshqa qizlarga ham o'rgatasiz. Bu yo'lda barchangizga muvaffaqiyat yor bo'lsin.

✔️Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi va eng yaxshi loyiha mualliflari qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

📌Eslatib o'tamiz, "Raqamli avlod-2022" IT tadbiri 28-fevral-4-mart kunlari bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar 5 ta yo'nalish bo'yicha tahsil olishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Taqdirlash
#Amaliyot

Bugun, 7-iyun kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi O'zbekiston universitetida Janubiy Koreyada amaliyot o'tash imkonini qo'lga kiritgan talabalarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova, Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi harbiy attashesi, polkovnik Pak An So, “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovlar ishtirok etishdi.

⚡️ Tadbir avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova so‘zga chiqib, talabalarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi va ularning keyingi faoliyatida zafarlar tiladi. Shundan so‘ng g‘olib jamoalar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

📌 Shu kunning o'zida Universitet va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

👉 Batafsil
#Raqamli_avlod_oromgohi
#Taqdirlash_marosimi

Joriy yilning 30-avgust kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi va "Digital Generation" NNT bilan hamkorlikda tashkil etilgan"Raqamli avlod-2022” inklyuziv IT oromgohi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi:

- "Raqamli avlod IT oromgohi" har yili axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarni o'zida qamrab oluvchi yaxshi an'anaga aylanib bormoqda. Yoshlarimiz bu oromgoh davomida ko'plab yangi bilimlarga ega bo'lish bilan bir qatorda yangi do'stlar ham orttirishmoqda. Bu quvonarli holat, albatta. Mazkur oromgoh va darslarni o'ziga xos taassurotlar bilan eslashingizga aminman. Kelgusi faoliyatingizda ham zafar yor bo'lsin!

Tadbir doirasida, shuningdek o‘quvchilarning loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, trening ishtirokchilari va mentor-o’qituvchilar sertifikat hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

📌Ma'lumot uchun, mazkur inklyuziv IT oromgoh 25-avgustdan 30-avgustga qadar bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar 8 yo'nalish doirasida tajribali mentorlardan saboq olishdi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Taqdirlash_marosimi
#Ўқитувчилар_олимпиадаси

“OLIMPIADA ISHTIROKCHILARI UCHUN XALQARO TRENINGLAR TASHKIL ETILADI” - VAZIR

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘qituvchilar olimpiadasi” g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

❗️Mazkur olimpiada matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan o’tkazildi.

Unda viloyat bosqichlaridan g’oliblikni qo’lga kiritgan o’qituvchilar o’zaro kuch sinashishdi.

Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Xilola Umarova ham ishtirok etdi.

Tadbirdan so’ng o’qituvchilar uchun vazir bilan “Ochiq muloqot” tashkil etildi. Unda pedagoglar yangi vazirga o’zlarini qiziqtirgan savollar va sohaga oid takliflar bilan murojaat qilishdi.

Muloqotda, jumladan:

✔️sinflar kesimida fanlarning murakkabligiga ko’ra dars soatlarini belgilash,
✔️fizika fanidan dars soatlarini ko’paytirish hamda
✔️bu kabi olimpiadalarni muntazam o’tkazib borish kabi takliflar berildi.

❗️Tadbir so’ngida Xilola Umarova har bir viloyat kesimida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining xorijiy mutaxassislari bilan seminar-treninglar tashkil etish haqida topshiriq berdi.

Ushbu treninglar o’quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlashga qaratiladi.

Pedagoglar jamoasi tomonidan mazkur tashabbus qizg’in qarshi olindi.

📍Ma’lumot o’rnida, taqdirlash marosimi Toshkent shahridagi 118-sonli umumta’lim maktabida bo’lib o’tdi.
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#Taqdirlash_marosimi

🔴 Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

❗️Unda O’zbekiston jamoasi 3 ta oltin, 6 ta kumush, 13 ta bronza medalini qo’lga kiritdi.

✔️ Olimpiada 2 bosqichda bo’lib o’tib, unda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Ozarbayjon davlatlaridan kelgan 70 nafar ishtirokchilar o’zaro kuch sinashishdi.

👉 G’olib jamoalar haqida saytimizda o’qing: https://uzedu.uz/uz/news/1094

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Agentlik_olimpiadasi
#Taqdirlash

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilgan STEM fan olimpiadasining Agentlik bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Sovrindorlar Agentlik tomonidan noutbook, televizor singari qimmatbaho sovg‘alar, sertifikat va diplomlar bilan taqdirlandi.

❗️Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti olimpiadaning fizika, informatika, kimyo yo‘nalishlarida 1-, 2-, 3- o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarning har biriga 4 yillik 152 million so‘mdan, matematika yo‘nalishida 1-, 2-, 3- o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarning har biriga 4 yillik 120 million so‘mdan jami 1 milliard 728 million so‘m ta’lim granti ajratdi.

🔹 Shuningdek, g‘oliblarga Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti, Perfect universiteti, Xalqaro Kimyo universiteti, PDP universiteti, Alfraganus universiteti tomonidan 1 yildan 4 yilgacha bo‘lgan jami 1,5 milliard so‘mga yaqin ta’lim grantlari uchun vaucherlar topshirildi.

🥇G‘oliblarimiz bilan tanishing:

📝 RO‘YXAT

🏆Olimpiadada 9 nafar o‘quvchilari g‘olib bo‘lgan Navoiy shahridagi Prezident maktabi Agentlik kubogi bilan taqdirlanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini
taqdirlash marosimi bo’lib o’tmoqda.

❗️
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g’oliblikni qo’lga kiritgan 13 nafar o’quvchimizni taqdirladi.

✔️Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq:

🥇 oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga BHMning 500 baravari (165 mln so‘m), ustoziga 450 baravari (148,5 mln so‘m);
🥈kumush medal uchun — o‘quvchi BHMning 300 baravar miqdori (99 mln so‘m), ustoziga 250 baravar (82,5 mln so‘m),
🥉bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

📍 Tadbir davom etmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

🔴 Xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi davom etmoqda.

⚡️ Mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g’oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Abdurahmon Ibrohimov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev, akademik Abdulla A’zamov tomonidan taqdirlandi.

❗️Ma'lumot o'rnida, bu yil o'quvchilarimiz mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda esa jami 52 ta medalni qo'lga kiritishgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Taqdirlash_marosimi
#Fotoreportaj

2022/2023-oʻquv yili davomida nufuzli va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimidan fotoreportaj.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Taqdirlash

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻqituvchisi Muborak Sharipova "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi.

Davlatimiz rahbari nomidan ushbu yuksak mukofotni oʻqituvchimizga Namangan viloyati hokimi Sh.Abdurazzoqov topshirdi.

💫 Oʻqituvchimizning kelajak avlodini tarbiyalashdek sharafli va olijanob ishlarida kuch-quvvat va yangi zafarlar tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taqdirlash

📶 "Robo-Coding" va “Lider o‘qituvchilar” olimpiadalari gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

#Robo_Coding #Lider_oʻqituvchilar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM