Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.9K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#jarayon

🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺 Xabar berganimizdek, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining hududiy bosqichi oʻtkazilmoqda.

📝Hududiy bosqichda har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib mazkur olimpiadada ishtirok etmoqda.

📆 Har bir hududdan yuqori va quyi sinflardan 1 tadan gʻolib jamoa ishtirok etadigan Agentlik bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

🚀 Barcha jamoalarga ushbu olimpiadada omad tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor

🇺🇿 10-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!

🗺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

📝Unda viloyatdagi harbiy qismlar, huquq-tartibot organlari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, faxriy ustozlar, Qarshi shahridagi bir qancha umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlari, ijod maktabi oʻqituvchi va oʻquvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

🎼 Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi garnizoni tomonidan orkestr sadolarida madhiyamiz ijrosida Davlat bayrogʻi koʻtarildi.

Shundan soʻng, tadbir ishtirokchilari Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri, madhiyamiz muallifi Abdulla Oripov haykali poyiga gulchambar qoʻydi. Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig'i Ubaydulla Oripov madhiyaning yaratilish tarixi, ulugʻ shoir nomi bilan ataluvchi ijod maktabining tashkil etilishi, Abdulla Oripov siymosi haqida soʻz yuritdi. Oʻz navbatida, ijod maktabi oʻquvchilarining madhiya haqidagi sheʼrlari tinglandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi Tailandda o‘tkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 3 ta KUMUSH va 2 ta BRONZA medallarini qo‘lga kiritdi!

📆 Shu yilning 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o‘tkazildi. Mazkur xalqaro olimpiadada dunyoning 56 davlatidan jami 308 nafar iqtidorli o‘quvchilar kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Shuni alohida qayd etish joizki, xalqaro olimpiadaning amaliy bosqichi jamoaviy tarzda o‘tkazildi, unda o‘quvchilarimiz eng yaxshi natija qayt etgan davlatlar qatoridan joy oldi!

📝Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:
🥈Javohir Mamadaliyev – Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisiKUMUSH medal;
🥈Daler Raximov – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisiKUMUSH medal;
🥈Murodbek Yuldashev – Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o‘quvchisi – KUMUSH medal;
🥉Nursulton Ashiraliyev – Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi BRONZA medal;
🥉Azizbek Erkinov – Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi – BRONZA medal.

📈19-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 4 ta BRONZA medali qo‘lga kiritilgan edi.

💫 Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham yoshlarimizga omad tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM